holda o‘z omonatlarini bank muvaffaqiyatsizlikka uchraguniga qadar qaytarib
olishga harakat qiladilar.
Oxir oqibatda davlat va xususiy korxonalar to‘lovga qobilyati bo‘lmagan
firmalarni sotib yuborishdi yoki yopib yuborishdi.
Moliya bozorida noqaniqlik
kamaydi, fond bozori qayta tiklandi va natijada balans yaxshilandi. Moliyaviy
yemirilish kamayib, natijada moliyaviy inqiroz ham pasaydi.
Yaxshi amal
qilayotgan moliya bozorlari yana sahnaga chiqdi.
3-bosqich: Qarzlar deflyatsiyasi (1-chizma)
Agar iqtisodiyotdagi pasayish narxlarning keskin tushib ketishiga ta‘sir
ko‘rsatsa, tiklanish jarayonida qisqa muddatli uzilish bo‘ladi. Inflyatisya darajasi
o‘rtacha bo‘lgan ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda qat‘iy
belgilangan foizli
ko‘p uzoq muddatli shartnomalar 10 yil yoki undan yuqori bo‘lgan muddatlarga
berilgan. Uzoq muddatli shartnomalarda qat‘iy belgilangan foiz stavkalari nominal
qiymatda bo‘lishiga qaramasdan, narxlarning to‘satdan tushib ketishi qarz oluvchi
firmalarning majburiyatini oshiradi. Lekin qarzning real qiymatiga ta‘sir
ko‘rsatmaydi. Demak, shunday qilib qarz oluvchi firmaning aktiv va majburiyatlari
real qiymatda tushib ketadi.
Sof qiymatdagi pasayishlar qanday yuzaga kelganini aniqroq tushunish uchun
quyidagi holatga e‘tibor qarataylik. Firma 2013-yilda $100 million aktivga va $90
million uzoq muddatli majburiyatga ega. Demak, firma $10 million sof qiymatga
ega bo‘ladi ya‘ni firma aktivlari va majburiyatlari o‘rtasidagi farq. Agar 2014yilda
narxlarda 10%
tushish kuzatilsa, 2013-yilda majburiyatlaning real qiymati $99
million ga oshib ketadi. Lekin aktivlar miqdoriga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Oxir
oqibatda, 2013-yilda real sof qiymat $10 milliondan $1 million ga tushib
ketadi($100 million $99 million).
Narxlar darajasidagi kutilmagan pasayish, qarz oluvchi firmalar aktivlarining
real sof qiymati tushib ketishi va kreditning riski yuqori bo‘lishi kabi
muammolarni keltirib chiqaradi. Amerika tarixidagi iqtisodiyot o‘sish darajasining
pasayishi va kreditlash sohasidagi yuqori darajadagi inqiroz Buyuk turg‘unlik davri
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: