Mavzu. Bank inqirozlari


-jadval:Ayrim bank inqirozlari va ularning ta‟siri



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/27
tarix23.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#120750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
19- mavzu Банк инқирозлари

1-jadval:Ayrim bank inqirozlari va ularning ta‟siri 
Yillar 
Davomiyligi 
Soliq 
to‗lovchilarga 
keltirgan 
bevosita 
zarari* 
YAlpi 
yo‗qotish 
(YAIMga 
nisbatan 
%da) 
Yaponiya 
1991-2001 
10 yil 
14,0 
71,7 
Norvegiya 
1989-1992 
4 yil 
3,4 
27,1 
Shvetsiya 
1991-1994 
4 yil 
2,1 
3,8 
Finlyandiya 
1991-1994 
4 yil 
10,0 
44,9 
Izoh: Inqiroz yakunida YAIMga nisbatan foizda. 
Foiz stavkasi nol darajaga tushganda likvidlilik tuzog‗i yuz beradi. Foiz 
stavkasining nollik darajasida aholi saqlagan puli ham biror daromad keltirmasada, 
obligatsiyalarni ushlab turishni xohlamaydi. Bundan tashqari, bo‗sh pul 
mablag‗larini investitsiya qilmay ushlab turish nol foiz daromad keltiradigan 
qimmatli qog‗ozlarga investitsiya qilishga nisbatan ustunlikka ega. Chunki pulning 
hukumat qimmatli qog‗ozlariga nisbatan likvidliligi yuqori hisoblanadi. 
2000-2007 yillarda Xitoy kabi davlatlarda savdo balansining muntazam 
profitsitga ega bo‗lishi, yuqori miqdordagi xorijiy valyuta zaxiralari valyuta kursini 
sun‘iy ravishda past darajada ushlab turishga qaratilgani holda, global 
likvidlilikning sezilarli darajada ortishiga va pirovardida past foiz savkalarining 
shakllanishiga olib keldi.(2-jadval)
2-jadval:Banklarda leverajning oshishi: aktivlarning kapitalga nisbati 
koeffitsienti 
Banklarning nomi 
 
2005 yil 
 
2007 yil 
 
Bear Steams 
26 
33 
Morgan Stanley 
31 
33 
Lehman Brothers 
25 
31 


Merrill Lynch 
18 
28 
Goldman Sachs 
25 
27 
Shuningdek, yuzaga kelgan qulay vaziyat bank aktivlarining kapital bilan 
ta‘minlanishi ko‗rsatkichining yomonlashuviga, ya‘ni leveraj koeffitsientining 
oshishiga olib keldi. 
Quyidagi jadval ma‘lumotlarining ko‗rsatishicha, 2008- yilda dunyoning 
barcha asosiy fond indekslari 2007 -yilga nisbatan keskin pasaygan. Ayniqsa, 2008 
-yilning 15 -sentyabriga kelib AQSHning yirik investitsiya banki Lehman Brothers 
bankrot deb e‘lon qilingach, jahon fond bozorlarida aksiyalarni yoppasiga sotish 
avj oldi. 15 -sentyabr savdolarida Rossiyaning RTS (RTS) indeksi 4,8 foizga 
tushgani holda, MMVB indeksi (Moskva banklararo valyuta birjasi indeksi) 6,2 
foizga pasaydi. Agar 2008 -yilning 15- sentyabr kuni indeksning keskin tushishi 
natijasida Moskva banklararo valyuta birjasida bir qator qimmatli qog‗ozlar 
bo‗yicha savdolar to‗xtzdilgan bo‗lsa, 16 sentyabr kuni o‗ndan ortiq yuqori likvidli 
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha savdolar amalga oshirilmadi. SHunday qilib, birgina 
15 - 16 sentyabr kunlari MMVB indeksi 23 foizga, RTS esa 21 foizga pasaydi. 
2008 -yilning 6 -oktyabriga kelib esa RTSning pasayishi rekord natijani qayd etdi, 
ya‘ni bir kunlik pasayish 19,1 %ni tashkil qildi. Umuman olganda, Rossiyaning 
RTS indeksi 2008 -yilning oxiriga kelib 632 punktni tashkil etib, 2007 -yilga 
nisbatan 1659 punktga, boshqacharoq aytganda, 72,4 foizga tushib ketgan. 
Taqqoslash uchun keltiramiz: bu davrda AQSHda S&R 500 38,5 foizga; 
YAponiyaning Nikkei 225 indeksi 42,1 foizga; Braziliyaning Vovespa indeksi
41,2 foizga pasaygan. 
Tadqiqot natijalariga asoslanib, dunyo mamlakatlarini inqirozdan qutqarish 
choratadbirlarini quyidagi asosiy to‗rt guruhga ajratish mumkin: 
 
banklarning qarz majburiyatlari bo‗yicha davlat kafolatini berish
 
moliya muassasalarini qayta kapitallashtirish; 
 
muammoli aktivlarni xarid qilish; 
 
iqtisodiy talabni rag‗batlantirish. 
G‗arb davlatlarining inqirozga qarshi choralar dasturlarida ajratilishi ko‗zda 
tutilgan mablag‗lar tarkibida banklarning qarz majburiyatlari bo‗yicha davlat 
kafolatini berish eng yuqori salmoqni egallagan (qariyb 49%). Umuman olganda, 
2008 -yilning dekabr oyiga kelib jahon moliyaviy inqirozini bartaraf etish uchun 
dunyo mamlakatlari qutqaruv choralari va moliyaviy ko‗maklar uchun sezilarli 
miqdorda pul mablag‗larini ajratdilar. Tahlillarimizning ko‗rsatishicha, inqirozning 
oqibatlarini yumshatish uchun ajratilgan mablag‗larning YAIMga nisbati 


ko‗rsatkichi Islandiya, BAA, Vengriya, Rossiya va Buyuk Britaniya davlatlarida 
sezilarli darajada yuqori bo‗lgan. Biroq bu ko‗rsatkich yuqoridagi davlatlarning 
ajratilgan moliyaviy mablag‗larning mutloq miqdori jihatidan etakchiligini 
anglatmaydi. Chunki YAIM hajmi jihatidan etakchilar ro‗yxati yuqorida qayd 
etilgan davlatlar bilan boshlanmaydi 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin