Merrill Lynch
18
28
Goldman Sachs
25
27
Shuningdek, yuzaga kelgan qulay vaziyat bank
aktivlarining kapital bilan
ta‘minlanishi ko‗rsatkichining yomonlashuviga, ya‘ni leveraj koeffitsientining
oshishiga olib keldi.
Quyidagi jadval ma‘lumotlarining ko‗rsatishicha, 2008- yilda dunyoning
barcha asosiy fond indekslari 2007 -yilga nisbatan keskin pasaygan. Ayniqsa, 2008
-yilning 15 -sentyabriga kelib AQSHning yirik investitsiya banki Lehman Brothers
bankrot deb e‘lon
qilingach, jahon fond bozorlarida aksiyalarni yoppasiga sotish
avj oldi. 15 -sentyabr savdolarida Rossiyaning RTS (RTS) indeksi 4,8 foizga
tushgani holda, MMVB indeksi (Moskva banklararo valyuta birjasi indeksi) 6,2
foizga pasaydi. Agar 2008 -yilning 15- sentyabr kuni indeksning keskin tushishi
natijasida Moskva banklararo valyuta birjasida bir qator qimmatli qog‗ozlar
bo‗yicha savdolar to‗xtzdilgan bo‗lsa, 16 sentyabr kuni o‗ndan ortiq yuqori likvidli
qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha savdolar amalga oshirilmadi. SHunday qilib, birgina
15 - 16 sentyabr kunlari MMVB indeksi 23 foizga, RTS esa 21 foizga pasaydi.
2008 -yilning 6 -oktyabriga kelib esa RTSning pasayishi rekord natijani qayd etdi,
ya‘ni bir kunlik pasayish 19,1 %ni tashkil qildi.
Umuman olganda, Rossiyaning
RTS indeksi 2008 -yilning oxiriga kelib 632 punktni tashkil etib, 2007 -yilga
nisbatan 1659 punktga,
boshqacharoq aytganda, 72,4 foizga tushib ketgan.
Taqqoslash uchun keltiramiz: bu davrda AQSHda S&R 500 38,5 foizga;
YAponiyaning Nikkei 225 indeksi 42,1 foizga; Braziliyaning Vovespa indeksi
41,2 foizga pasaygan.
Tadqiqot natijalariga asoslanib, dunyo mamlakatlarini inqirozdan qutqarish
choratadbirlarini quyidagi asosiy to‗rt guruhga ajratish mumkin:
banklarning qarz majburiyatlari bo‗yicha
davlat kafolatini berish;
moliya muassasalarini qayta kapitallashtirish;
muammoli aktivlarni xarid qilish;
iqtisodiy talabni rag‗batlantirish.
G‗arb davlatlarining inqirozga qarshi choralar dasturlarida ajratilishi ko‗zda
tutilgan mablag‗lar tarkibida banklarning qarz majburiyatlari bo‗yicha davlat
kafolatini berish eng yuqori salmoqni egallagan (qariyb 49%). Umuman olganda,
2008 -yilning dekabr oyiga kelib jahon moliyaviy inqirozini
bartaraf etish uchun
dunyo mamlakatlari qutqaruv choralari va moliyaviy ko‗maklar uchun sezilarli
miqdorda pul mablag‗larini ajratdilar. Tahlillarimizning ko‗rsatishicha, inqirozning
oqibatlarini yumshatish uchun ajratilgan mablag‗larning YAIMga nisbati
ko‗rsatkichi Islandiya, BAA,
Vengriya, Rossiya va Buyuk Britaniya davlatlarida
sezilarli darajada yuqori bo‗lgan. Biroq bu ko‗rsatkich yuqoridagi davlatlarning
ajratilgan moliyaviy mablag‗larning mutloq miqdori jihatidan etakchiligini
anglatmaydi. Chunki YAIM hajmi jihatidan etakchilar ro‗yxati
yuqorida qayd
etilgan davlatlar bilan boshlanmaydi
Dostları ilə paylaş: