Mavzu. Bank inqirozlari


Rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozlarning dinamikasi



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/27
tarix23.05.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#120750
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
19- mavzu Банк инқирозлари

Rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozlarning dinamikasi 
1
Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp. 
2013. pp. 227-242 


Rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozning dinamikasi bozor 
iqtisodiyoti rivojlanishining dastlabki bosqichlaridagi iqtisodiy tuzumlar 
xisoblanib, dunyoning boshqa davlatlaridan tovarlar, xizmatlar va kapital oqimini 
liberallashtirishga erishishgandir. Qaysidir jihatdan ushbu davlatlarning mazkur 
iqtisodiy siyosati rivojlangan mamlakatlar, jumladan AQSHning tovalar, xizmatlar, 
va kapital oqimiga nisbatan erkinliklar berish siyosatiga o‗xshasada biroq ayrim 
muhim jihatlari bilan farqlanadi.1rasm biz ushbu bo‗limda tadqiq 
qilayotganrivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqiroz sodir bo‗lishiga oid 
hodisalarni natijasi va bosqichlarini tasvirlaydi.
Birinchi bosqich. Moliyaviy inqirozlarning boshlanishi. 
Rivojlangan davlatlarda moliyaviy inqiroz bir nechta omillar hisobiga sodir 
bo‗lgan. Ammo rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqiroz ikkita asosiy yo‗lda 
rivojlanib borgan: moliyaviyliberallashuv va globallashuvni noto‗g‗ri boshqarilishi 
yoki kuchli fiskal dizbalans.(3-rasm) 
3-rasm 
 


 
Moliyaviy liberallashuv,globallashuvni noto‗g‗ri boshqarishning birinchi yo‗li 
eng umumiy jinoyat hisoblanib, 1994 -yilda Meksikada va 1997- yilda ko‗plab 
SHarqiy Osiyo davlatlarida moliyaviy inqirozlarni keltirib chiqargandir.
A yo„l: moliyaviy liberallashu,globallashuvni noto„g„ri boshqarish. Xuddi 
AQSHda bo‗lganidek, rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy liberallashuv
jarayoni sodir bo‗ldi. Zero,rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy inqirozning 
yuzaga kelish ildizi mazkur mamlakatlarda mahalliy moliyaviy institutlar va 
bozorlarda mavjud cheklovlarni olib tashlash orqali moliyaviy tizim 
liberallashtirildi. SHuningdek, rivojlanayotgan davlatlarda moliyaviy globallashuv 
jarayoni ham yuzaga kelib, boshqa mamlakatlarning kapital oqimiga va moliyaviy 
firmalariga eshiklar keng ochib berildi. Mamlakatlar teztez jarayonni qattiq fiskal 
siyosat bilan boshlashdi. Inqiroz boshlangungacha bo‗lgan davrda, Meksikoda 
byudjet defitsiti YAIMga nisbatan 0,7% ni tashkil qilib, bu darajadagi 
makroiqtisodiy ko‗rsatkichni ko‗plab rivojlangan davlatlar orzu qilishi mumkin 
edi. Xatto SHarqiy Osiyo davlatlarida moliyaviy inqiroz boshlangunga qadar 
davlat byudjeti YAIMga nisbatan profitsit bilan bajarilayotgan edi. Ko‗p marotaba 
ta‘kidlanishicha, rivojlanayotgan davlatlar moliyaviy tizimi qarz oluvchilarning 
faoliyatini samarasiz kuzatish va monitoringiga ega bo‗lgan kuchsiz ―kredit 
madaniyati‖ ga ega bo‗lishgan. Hukumat tomonidan bank nazoratini amalga 
oshirishning takomillashmagan mexanizmi mavjud bo‗lgan. Rivojlanayotgan 
davlatlarda moliyaviy liberallashuvni yuzaga keltirgankredit ekspansiyasi bevosita 
yuqori riskli moliyalash amaliyotlari bilan bog‗liq edi. Natijada yirik kreditlar 
uchun ―hosil yig‗ib olingan‖ da, bosib o‗tilayotgan yo‗l noto‗g‗ri ekanligi ko‗rinib 
qoldi.Moliyaviy globallashuv jarayoni yonib turgan olovga ―yog‗ sepish‖ bo‗ldi. 
CHunki moliyaviy globallashuv jarayoni tijorat banklariningxorijdan qarz olish 
imkonini yaratdi. Tijorat banklari xorijiy kapitalni jalb etish maqsadida katta 
foizlar to‗lashdi, o‗z navbatida, kreditlash hajmini yanada oshirishga erishdi. 
Kapital oqimining mamlakatlarga kirishi hukumat siyosati tomonidan yanada 
rag‗batlantirilishi natijasida milliy valyutalarning AQSH dollariga nisbatan 
fiksirlanishi ta‘minlandi.Bu iqtisodiy holat xorijiy investorlarda qulaylik yaratdi.
Rivojlangan davlatlarda bo‗lgan kabi, xususan AQSH dagidek, kredit 
ekspansiyasini keng ko‗lamda amalga oshirilishi kreditlash amaliyotini barbod 
bo‗lishi bilan tugadi. Kreditlash amaliyotida yuzaga kelgan katta yo‗qotishlar uzoq 
muddatli riskli moliyalash natijasida sodir bo‗lib, tijorat banklari balansi ahvolini 
yomonlashtirdi va banklar tomonidan beriladigan kreditlar hajmini keskin 
pasayishiga olib keldi.Rivojlanayotgan davlatlarda bank balansi holatining 


yomonlashuvi rivojlangan mamlakatlarga nisbatan kreditlash va iqtisodiy 
faoliyatga juda katta salbiy ta‘sir ko‗rsatdi.Rivojlangan davlatlarda takomillashgan 
qimmatli qog‗ozlar bozori va yirik nobank moliyaviy sektorning mavjudligi 
banklarning moliyaviy holati yomonlashganda yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan 
iqtisodiy tushkunlik holatini sog‗lomlashtirish imkoniyatiniyuzaga keltiradi. 
Rivojlanayotgan 
davlatlardaagarda 
banklarining 
kreditlash 
faoliyatini 
to‗xtatiladigan bo‗lsa, teskari tanlov va psixologik risk muammosini hal qila 
oladigan boshqa institutlar mavjud emas. 
Hozirgi kungacha aytib o‗tilgan hikoyada rivojlanayotgan davlatlarda kredit 
ekspansiyasini yanada kengayishi va inqirozni sodir bo‗lishi bevosita moliyaviy 
liberallashuv va globallashuvning natijasi xisoblansada, biroq bu muhim sabab 
hisoblanmaydi. 
Ushbu 
hodisalar 
samarali 
liberallashuv/globallashuv 
jarayonlaridan 
cheklovchi kuchsizinstitutsional tuzilmada mavjud bo‗lganda yuzaga keladi. 
Yanada aniqroq aytadigan bo‗lsak, agarda prudensial tartibga solish va nazorat 
qilish haddan tashqari risklarni yuzaga kelishini cheklaganda edi, kredit 
ekspansiyasining kuchayishi va inqiroz sodir bo‗lmas edi. Nima uchun tartibga 
solish va nazorat tizimi kuchsiz edi? Buning javobi Siyosatchilar va prudensial 
nazoratchilar saylovchi –soliq to‗lovchilar (prinsipal) uchun asosiy agentlar 
hisoblanadi: siyosatchilar va prudensial nazoratchilarning maqsadi soliq 
to‗lovchilarning manfaatlarini himoya qilish hisoblanadi. Agarda moliyaviy 
yo‗qotishlar boshlanadigan bo‗lsa, bank tizimini sog‗lomlashtirish xarajatlari soliq 
to‗lovchilarning mablag‗lari hisobidan qoplanadi.
Moliyaviy bozorlar liberallashtirilgan bo‗lsada, ammo, banklarning kuchli 
tijoriy manfaatlari nazoratilarning o‗z ishlarini to‗g‗ri bajarishlariga xalaqit berishi 
natijasida prudensial nazoratchilar jamiyatning manfaatini himoya qilmasligi 
mumkin. Siyosatchilarning kompaniyasiga katta hissa qo‗shgan tijoriy manfaatlar 
teztez siyosatchilarni banklarning yuqori risk/yuqori daromadstrategiyasini 
cheklovchi normativhuquqiy xujjatlarni ta‘sirini kamaytirishga ishontiradi. Nihoyat 
agarda bank egalari tezda bank faoliyatini o‗stirishsa va kreditlash faoliyatini 
kengaytirishga erishsa, katta boylikka ega bo‗lishadi. Ammo banklar inqirozga yuz 
tutadigan bo‗lsa, xukumat ularni sog‗lomlashtiradi va soliq to‗lovchi xarajatni 
qoplaydi.SHuningdek, qattiq tartibga soluvchi qonunlar mavjud bo‗lganda ham 
tijoriy manfaatlar nazorat agentliklarini bank institutlarini samarali monitoring 
qilish yoki ularning faoliyatini to‗xtatish uchun etarli resurslarga ega emasliklariga 
ishontirishadi.


AQSHga o‗xshagan rivojlangan davlatlarda ham kuchli tijoriy manfaatlar 
nazorat organlarining o‗z ishlarini to‗g‗ri bajarishlariga xalaqit beradi. 
Rivojlanayotgan davlatlardagi kuchsiz institutsional muhit moliyaviy liberallashuv 
jarayonlarini yanada kuchaytirib yuboradi. Rivojlanayotgan davlatlarda tijoriy 
manfaatlar yuqori bilim salohiyatiga hamda jamiyat manfaati uchun xarakat 
qilmaydigan siyosatchilar va byurokratlarni erkin monitoring (yoki jazolash) qilish 
imkoniyatiga 
ega 
bo‗lgan 
rivojlangan 
davlatlarga 
nisbatan 
ancha 
kuchliroqdir.SHubhasiz, shu erda muhokama qilingan rivojlanayotgan davlatlar 
iqtisodiyotida prinsipalagent muammosi jamiyatga keltiradigan zarariancha 
yuqoridir.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin