omonatchilar bankdanxaftasiga faqatgina 250$ olishlari mumkin edi. Corralito
ayniqsa kunlik tranzaksiyalari faqatgina naqd pulga bog‗liq bo‗lib
qolgan
kambag‗allar uchun juda katta taxlikali edi. Argentina jamiyatining ijtimoiy
tuzilmasi zaiflashishni boshladi. Qattiq namoyishlarda salkam o‗ttizga
yaqin
odamlar xalok bo‗ldi. (
10 -rasm)
10-rasm
Valyuta inqirozi izchillik bilan sodir bo„ldi.
Bank taxlikasi xukumat pesoning qadrini ushlab turish maqsadida foiz
stavkalarni baland ushlab turishidan, shuningdek, bir argentina pesosini bir AQSH
dollariga fiksirlangan kursda sotib olish va sotishiga
rozilik beruvchi tuzilma
valyuta kengashini saqlab turishning iloji yo‗qligidan ogohlantirdi. Allaqachon
kuchsizlangan banklar faoliyatini barbod qilishi sababli valyuta kengashini saqlab
turish uchun foiz stavkalarni oshirish echim sifatida o‗zining ahamiyatini yo‗qotdi.
Xalq kelajakda peso o‗zining qiymatini yo‗qotishini tan
olishi oqibatida odamlar
dollar uchun pesoni sotishi bevosita spekulyativ xujumni boshlab berdi.
SHuningdek, xukumatning og‗ir fiskal holati o‗z qarzini to‗lash imkonini
bermasligi investorlarning pulni mamlakatdan olib chiqib
ketishiga shartsharoit
yaratib berdi. Bu holat qo‗shimcha peso savdosiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: