Kuchli fiskal dizabalans.
Meksika va SHarqiy Osiyo davlatlaridan farqli ravishda Argentinadasamarali
boshqariladigan bank tizimi mavjud edi va iqnirozdan oldin keng ko‗lamli kredit
ekspansiyasi amalga oshirilmadi. 1998 yilda kuchli retsessiya boshlanganiga
qaramasdan inqirozdan oldin banklarning moliyaviy holati juda yaxshi edi.Afsuski,
Argentinada doimo o‗z byudjetini nazorat qilish bo‗yicha
qiyinchilik mavjud
bo‗lgan. Argentinada viloyatlar (AQSHdagi shtatlarga o‗xshab) davlat xarajatining
katta foizini nazorat qilishadi. Ammo daromadlarni oshirish javobgarligi asosan
federal xukumatga yuklatiladi. Bu tizim doirasidaviloyatlar o‗zlarining vakolatidan
tashqari xarajatqilishdaimtiyozgaega edi va ular
federal xukumatdan davriy
ravishda o‗zlarining qarzdorligi yuzasidan javobgarlik to‗g‗risida o‗ylab ko‗rishga
chaqirib turishdi.Natijada, Argentina doimo defitsitda bo‗lgan.
1998-yilda boshlangan turg‗unlik vaziyatni yanada yomonlashtirdi. CHunki
turg‗unlik davri soliq daromadlarini pasaytirdi va davlat xarajatlari hamda soliqlar
o‗rtasidagi chuqurlikni kengaytirdi. So‗nggi kuchli fiskal
dizbalans shu darajada
juda katta ediki, xukumat maxalliy rezidentlar va xorijliklarga
etarli darajada
o‗zining obligatsiyalarini sota olmadi. SHu boisbu holatdabanklar katta miqdorda
xukumat qarzini sotib olishga majburlandi. 2001- yilgacha investorlar Argentina
xukumatining ushbu qarzni qayta to‗lay olish qobiliyatiga
shubha bilan qaray
boshladi. Banklarning balansida katta chuqurlar qoldirib,
qarzning narxi keskin
tushib ketdi. Rivojlanayotgan davlatlar orasidaqachonlardir eng zo‗r nazorat
qilinadigan va kuchli bank tizimiga ega Argentina depozitlarni yo‗qotishni
boshladi.
Dostları ilə paylaş: