Valyuta inqirozi to„liq masshtabli moliyaviy inqirozni keltirib chiqardi. 2002 -yilning iyunigacha 1,00$ qiymatdan 0,30$dan pastroqgachapesoning
kursi erkin ravishda pasaydi va keyinchalik 0,33$ atrofida barqarorlashdi. Boshqa
inqiroz yuz berayotgan davlatlarga qaraganda Argentinada AQSH dollarida
ifodalangan yuqori foizli qarz mavjudligi boispesoning qadrini tushishining
ta‘siriayniqsa banklar balansiga juda xalokatli edi.Inqirozdan oldin pesoqadrini
uchdan bir martagapasayishi, dollarda ifodalangan barcha qarzlarning pesoda uch
barobarga oshib ketishiga olib keldi. Argentinasavdo sektori kichik bo‗lganligi
bois, ko‗plab tijoratchilarning ishlab chiqarishi pesoda baholangan edi. Agarda ular
barcha dollardagi qarzlarini qaytarishga to‗g‗ri kelib qolsa, deyarli barcha firmalar
to‗lovga layoqatsiz bo‗lib qolar edi. CHunki sof qiymat tanlovning yomonlashishi
hamda psixologik risk muammosini yumshata olmasligi sababliyaratilgan shunday
muhitda moliyaviy bozorlar faoliyat ko‗rsata olishmaydi.
Defoltga uchragan xukumat qarzidan yo‗qotishlar va kreditdan
yo‗qotishlarning oshishi Argentina banklarining balansini juda yomon ahvolga olib
keldi. Keyinchalik, banklarlan depozitlarni talab qilinib olinishiyirik hajmda
depozitlarni oqib chiqib ketishiga olib keldi.YAngidan kreditlar ajratish uchun
resurslarni etishmasligi banklar tomonidan tanlovning yomonlashuvi va psixologik
risk muammosini xal qila olmasligiga olib keldi. Xukumat obligatsiyalarining
defolti va Argentina moliya bozorlaridagiholat xorijliklarning ortiq kredit berishini
xoxlamasligini va xaqiqatda o‗zlarining pullarini mamlakatdan olib chiqib
ketayotganliklarini anglatar edi.
Moliyaviy tizim xavfda turganligi bois, moliyaviy oqimni sekinlik bilan
to‗xtashiga olib keldi. Kreditlashning pirovard qisqarishi keyinchalik iqtisodiyotni
pasayishiga etakladi. Corralito iqtisodiyotni pasayishida muhim rol o‗ynadi. Naqd
pul olishning qiyinlashishi Argentinada yirik bo‗lgan va asosan naqd pulda faoliyat
yurituvchiyashirin iqtisodiyotning keskin pasayishiga sabab bo‗ldi. (11-rasm)