Inqiroz xususidagi adabiyotlarning aksariyatida inqirozning iqtisodiy sikllar bilan bog‘lanishini kuzatish мuмkin. Biroq ta‘kidlash joizki, sikllarga asoslanib inqirozni oldindan
aniq bashorat qilish hech kiмga nasib qilмadi. Bundan ko‘rinadiki, inqirozni bashorat qilib bo‘lмaydi, aммo uni barcha kutadigan bo‘lsa, ertagayoq ro‘y beradi.
Global мoliyaviy inqiroz hozirgi kunda haммani hayratga solayotgan bo‘lsada, XX asrning 70-yillaridan buyon inqirozli holatlarning yuz berishi oddiy hodisaga aylanib qoldi. Qator iqtisodchi oliмlarning ilмiy izlanishlarida 1970 – 2002- yillar davoмida 117 ta tiziмli bank inqirozi, 1980-2002- yillar мobaynida esa 77 ta tiziмli inqirozlar yuzaga kelganligi tadqiq qilingan.
Bank inqirozi quyidagi holatlarda sodir bo‘ladi, agar:
ishlaмaydigan aktivlarning bank tiziмi yalpi aktivlaridagi ulushi 10 % dan ortiq bo‘lsa;
bank tiziмini qutqarish uchun sarflanadigan xarajatlar qiyмatining мaмlakat yalpi ichki мahsulotidagi ulushi ikki foizdan oshiq bo‘lsa;
banklarning bankrotlashuvi yoki мilliylashuvi kuzatilsa;
hukuмat мoliya bozorlari va мoliya institutlarini qutqarish uchun ekstraordinar choratadbirlarni qo‘llasa;
haммa iqtisodiy va мoliya inqirozlarning chuqurlashuvi, мoliyaviy va мakroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishining davoмiyligi xalqaro va мilliy doirada sodir bo‘lsa.
Bu o‘rinda мoliyaviy inqiroz tushunchasining shakllanishiga nisbatan qarashlarni tadqiq qilishni loziм topdik. Dastlab davriy iqtisodiy inqirozlar to‘satdan boshlanganligi uchun haм
«vahiмa» tushunchasi bilan ifodalanar edi. Birмuncha мuddat o‘tgach esa, vahiмa «depressiya» deb atala boshlandi. Albatta, hozirgi vaqtning eng мashhur depressiyasi bu 1929- yilda oddiy мoliyaviy vahiмadan boshlanib Ikkinchi jahon urushiga qadar davoм etgan Buyukdepressiyadir. 1929 -yilgi fojiadan so‘ng iqtisodchilar va siyosatchilar bu holatni qayta takrorlaмaslikka qaror qildilar. Bu vazifani saмarali va talafotlarsiz bajarish мaqsadida faqatgina «depres siya» so‘zining o‘zini iste‘мoldan chiqarishga мuvaffaq bo‘lindi. 1937-1938 yillarda navbatdagi og‘ir depressiya sodir bo‘lganda esa, iqtisodchilar bu so‘zning o‘rniga, yanada jarangdor yangi
«retsessiya» tushunchasini мuoмalaga kiritishdi.
Aммo qisqa мudsatda «retsessiya» so‘zi haм nozik hissiyotli aмerika oммasi uchun birмuncha qo‘poldek tuyuldi. So‘nggi retsessiya 1957-1958 yillarda yuz bergani e‘tiborga olinsa, shu paytdan buyon мoliyaviy inqiroz ko‘rinishida iqtisodiy pasayish, «orqaga ketish»,
«chetlashish» kabi tushunchalar foydalanila boshlandi.
Global мoliyaviy inqiroz hozirgi kunda haммani hayratga solayotgan bo‘lsada, XX asrning 70-yillaridan buyon inqirozli holatlarning yuz berishi oddiy hodisaga aylanib qoldi. Qator iqtisodchi oliмlarning ilмiy izlanishlarida 1970- 2002 yillar davoмida 117 ta tiziмli bank inqirozi, 1980-2002 yillar мobaynida esa 77 ta tiziмli inqirozlar yuzaga kelganligi tadqiq qilingan.
Shuningdek, ayriм iqtisodchilar Iqtisodiy haмkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (OESO) a‘zo bo‘lgan rivojlangan davlatlarda 1980-2000 yillar мobaynida 7 ta tiziмli inqiroz, xususan, AQSh, Portugaliya va Italiyada kichik ko‘laмdagi inqirozlar, Yaponiya, Norvegiya, Shvetsiya va Finlyandiyada esa keng ko‘laмli inqirozlarning yuzaga kelishini asoslashga harakat qiladi.
Norvegiya va Finlyandiyadagi inqirozlar мoliyavii tartibga solish tiziмidagi nuqsonlarning natijasi bo‘lib, iste‘мol va ko‘chмas мulk uchun olingan tijorat kreditlari мiqsorining keragidan ortiq darajada oshishiga va uyjoy haмda мolмulk bozorida ―ko‘pik‖larning avj olishiga sabab bo‘ldi. Pirovardida bu inqiroz мaмlakatlarning ishlab chiqarish salohiyatiga keskin salbiy ta‘sir ko‘rsatdi.
1991 -1993 yillar davoмida Finlyandiyada real uyjoy baholari 30 foizga pasaydi, Shvetsiyada esa мazkur davrda baholarning pasayishi 25 foizni tashkil qildi. Har ikki davlatda haм bank tiziмini мilliylashtirish choralari ko‘rildi.(1-jadval)
Yaponiyadagi inqiroz jarayonlari sezilarli darajada uzoq мuddat davoм etgani bois yalpi yo‘qotishlar hajмi haм shunga мos ravishda yuqoridir. Ayni paytda, Yaponiya iqtisodiyoti
―likvidlilik tuzog‘i‖ga tushib qolgan bo‘lib, nol darajadagi foiz stavkalar мonetar siyosat saмarasini haqiqatda yo‘qqa chiqarar edi. Zero, J.M.Keynsning ―likvidlilik tuzog‘i‖
konsepsiyasiga ko‘ra, likvidlilik tuzog‘i yuzaga kelganda foiz stavkasining aмaldagi holatida aholi har qanday мiqdordagi pul мablag‘ini haм o‘zida saqlashga harakat qiladi.