Quruq usul qo‘llanilganda baraban ichidagi tuyilgan materialni havo, materialni tuyish va quritish jarayonlari birlashtirilgan hollarda esa hosil bo‘lgan gazlar surib chiqaradi. Zoldirli tegirmonlar yoqilg‘i (ko‘mir, slanes)ni tuyish uchun, shuningdek, xomashyoni quruq usulda tuyish hamda quritish uchun moljallangan;.
Zoldirsiz barabanli tegirmon.
Zoldirsiz barabanlarda maydalash (tuyish) uchun materialning yirik
parchalaridan foydalaniladi. Bunday tegirmonlar material o‘zini-o‘zi
maydalaydigan tegirmon va kaskadli tegirmon deb ataladi. Ularda
material ho‘l va quruq usullarda tuyiladi. Birinchi holda tegirmon
“Gidrofol” deb, ikkinchi holda “Aerofol” deb ataladi. Kaskadli
“Aerofol” tegirmoni katta diametrli qisqa barabandan iborat bo‘lib,
ikki yon tom onida tubi bor, kovak sapfalari sirpanib ishqalanadigan podshipniklarga tayanib turadi. Tegirmon barabanini elektryuritgich,
reduktor va gardishli shestema, ya’ni tishli g‘ildirak orqali aylantiradi.
Barabanning ichki yuzasiga zirh taxtalar qoplangan, yon tomonlariga
(tublariga) esa uchburchak shaklidagi konsentrik chiqig‘i bo‘lgan zirh
taxtalar o‘rnatilganki, ular materialning yirik bolaklarini o ‘rtaga
(markazga) uloqtirishga ko‘maklashadi, shu bilan birga, materialning
yirik-mayda bo‘laklarga taqsimlanishining oldini oladi
Barabanning bir minutdagi aylanishlar soni kritik sonning 85—90foizini tashkil etganda material uzluksiz ravishda yuqoriga ko‘tarilib tushib turadi, shunda, yirik parchalar zarbidan kichikroq bo‘laklar maydalanadi, yirik bolaklarning o‘zi ham plitaga urilib maydalanadi. Lekin ba’zi materiallami maydalaganda 12—25 mm yiriklikdagi (kritik o’lchamli) bo‘laklar ko‘payib ketadi, ular o‘z-o‘zini maydalashga qodir emas, shu bilan birga, mavjud yirik parchalar ulami jadal maydalay olmaydi. Shunday hol ro‘y bermasligi uchun tegirmonga ozgina miqdorda (baraban jami hajmining taxminan 2,5 foizi) metall zoldirlar tashlash tavsiya etiladi.