Sement zavodlarida xomashyo ho‘l usulda tuyilganda bu agregatdan suyuq holdagi material aralashmasini tayyor mahsulotga va takror tuyiladigan chala mahsulotga ajratish uchun foydalaniladi. U bo‘r yoki gilni ho‘l usulda dastlabki m arta tuyadigan agregatlar ketidan o‘rnatiladi. G‘alvirlar korpus 1 dan iborat bo‘lib, yuzasi yoysimon kolosnikli panjara shu korpus ichiga joylashtirilgan.
Ajratiladigan zarralaming yirik-maydaligiga qarab yoyning kattaligi
Ajratiladigan zarralaming yirik-maydaligiga qarab yoyning kattaligi
o‘zgaradi. Tayyor mahsulot qanchalik mayda bo‘lsa, yoy shunchalik
katta bo‘ladi. Tayyor va chala mahsulotlarga ajratiladigan, namlik
darajasi 32—39 foiz bo‘lgan xomashyo aralashmasi patrubok 3 ga
1,5—2 atmosfera bosimi ta ’sirida uzatiladi; patm bok teshigining
ko‘ndalang kesimini klapan 4 yordamida o‘zgartirib turish mumkin bu esa oqimni shakllantirish va uning harakat tezligini rostlash
imkoniyatini tug‘diradi. Panjara teshiklarining o‘lchamidan maydaroq mahsulot markazdan qochirma kuchlar ta’sirida kolosnikli panjaradan o‘tib, patrubok 5 va 6 lar orqali chiqib ketadi. Panjarada
ushlanib qolgan yirik zarralar esa oqimga ergashib, patrubok 7orqali
tegirmonning xomashyo qaytadan tuyiladigan qismiga o‘tadi.