Donalash — berilgan o'lchamdagi va shakldagi qattiq zarrachalarni hosil qilishdir. Sanoatda turlicha tuzilishga ega bo'lgan donalagichlar,kukunlangan materiallarni tabletka shakliga keltiruvchi mashinalar, xamirsimon materiallarni donalovchi ekstruderlar, eritmalarni donalovchi minoralar bilan birgalikda faoliyat ko'rsatuvchi markazdan qochma va tebranma purkagichlar ishlatiladi.
Barabanli donalagich
Barabanli donalagich
Barabanli donalagich belbog' (bandaj)lari bilan tirak roliklarga tayangan ichi bo'sh baraban bo'lib, chetiga uning to'lish darajasini oshiruvchi bo'sag'a halqalar o'rnatilgan. Donalashda qo'llaniladigan suyuqlik (suv, eritma) purkagich (forsunka) yordamida barabanning kirish joyidan ma’lum masofada purkaladi. Baraban devorlarini yopishib
qolgan materialdan tozalab turish uchun diabazdan yasalgan qator pichoqlar o'rnatilgan. Ba’zi bir donalagichlarda barabanning ichki qismi
devorning ayrim nuqtalariga mahkamlab o'rnatilgan (taxminan har 0,5m da)rezina listlar bilan qoplanadi
Bunday tuzilishga ega bo'lgan qurilmalarda devorning yopishgan ortiqcha materialdan tozalanishi,baraban aylanib, rezinalar yuqori holatni egallaganda og'irlik kuchi ta’sirida egilishi va shu tufayli yopishgan massaning ko'chib tushishi hisobiga amalga oshadi.
Bunday tuzilishga ega bo'lgan qurilmalarda devorning yopishgan ortiqcha materialdan tozalanishi,baraban aylanib, rezinalar yuqori holatni egallaganda og'irlik kuchi ta’sirida egilishi va shu tufayli yopishgan massaning ko'chib tushishi hisobiga amalga oshadi.
Barabanli donalagich
larda donalash va quritish jarayonini birgalikda olib borsa bo'ladi. Donalash bilan birga, yana boshqa jarayonlami bitta qurilmada olib borish mumkinligi ularning afzallik tomonlari hisoblanadi, masalan, neytrallashni (ammoniylashtirgich-donalagich); quritish va returni (issiq havo bilan uchgan zarralami) qaytarish (BGS); returni qaytarib quritish va donlami sovitish (BGSX).