Barqaror rivojlanish jarayonida ishchi guruhlar mohiyati.
Dunyo hamjamiyatining yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasi birinchi marotaba 1987 yil BMTning Butunjahon atrof muhit va rivojlanish bo‘yicha Komissiyasi tomonidan ishlab chiqildi. Mazkur Komissiya o‘zining Gro Xarlem Brundtland konsepsiyasi degan nomini olgan «Bizning umumiy kelajagimiz» ma’ruzasida hozirgi avlod odamlarni hayotiy ehtiyojlar qondirilishini kelasi avlodning munosib hayotga bo‘lgan huquqini hisobga olib, dunyo hamjamiyatining barqaror rivojlanish konsepsiyasi modelini yaratdi.
BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil dekabr oyidagi 44(428-sonli rezolyusiyasida barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish maqsadida BMTning maxsus konferensiyasini chaqirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi va u alohida mavzu tariqasida ko‘rib kun tartibiga kiritildi.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi – bir me’yorda(stabil) rivojlangan davlatlar va butun dunyo hamjamiyatining xususiyat, mohiyat va tarkibiy qarashlar tizimidir,
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqarish va iste’mol qilish, aholining o‘sishi va ijtimoiy himoyasi o‘rtasidagi muvozanatni rivojlangan va rivojlanish yo‘lida turgan barcha davlatlarda saqlashni hisobga oladi. CHunki Er sayyorasidagi atrof-muhit holati ularning birgalikdagi harakat majmuasidir. Ekologik muammolarning echimi biron bir davlat (masalan, AQSH) yoki biron bir davlatlar (masalan, “katta sakkizlik“) faoliyatiga bevosita bog‘liq emas ekanligini biz yuqorida aytib o‘tgan edik. Bu o‘rinda yana bir bor Orol va Orolbo‘yi muammosiga to‘xtalib o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Yangi barqaror rivojlanish konsepsiyasida Inson va tabiatning garmonik rivojlanishi uchun quyidagi asosiy qoidalar nazarda tutilgan:
-Davlatlarning tabiiy resurslardan foydalanishdagi suveren huquqi boshqa, milliy yurisdiksiyasi kirmaydigan davlatlar va mintaqalarning atrof muhitiga zarar qilmasligi kerak. Mazkur qoida 1945 yilda qabul qilingan BMTning Nizomiga to‘la muvofiq keladi;
- davlatlar yoki alohida bir transkontinental kompaniyalarning rivojlanish huquqi hozirgi va kelajak avlodlarning atrof-muhit muhofazasi sohasidagi ehtiyojlarini adekvat darajada qondirishi lozim;
- barqaror rivojlanishda atrof-muhit muhofazasi taraqqiyot jarayonining bir qismi hisoblaniladi va undan ajralgan tarzda muhokama qilinmasligi kerak;
- rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotida turgan davlatlarda ekologik muammolarni birlamchi masalalar turkumiga kirgizish lozim, shuning uchun ham ularda tabiiy resurslarni konservatsiya qiluvchi(saqlovchi) xo‘jalik tarmoqlarini rivojlantirmoq zarur;
- davlatlar Er ekotizimlarini saqlash, muhofaza qilish hamda uning tozaligi va butunligini tiklash maqsadida global miqyosdagi sherikchilik ruhida hamkorlik qilishlari lozim;
- har bir davlat atrof-muhit holati uchun javobgardir;
- rivojlangan mamlakatlar xalqaro doirada barqaror rivojlanishni ta’minlashda mas’uldirlar, mazkur davlatlar jamoasi Er sayyorasining muhitiga etgazgan zararini ulardagi texnologik va moliyaviy resurslardan kelib chiqqan holdagi javobgarligini tan olmoqlari lozim;
- tabiiy resurslardan foydalanishi mo‘‘tadil-lashtirish maqsadida davlatlar o‘z demografik siyosatlarini muvofiqlashtirishlari zarur;
- tabiiy xom ashyoni ishlab chiqarish, qazib olish va qayta ishlash ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lishi va ushbu jarayonlarda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash lozim;
- ekologik muammolarni barcha manfaatdor fuqarolar ishtirokida va turli darajada: milliy miqyosda-har bir fuqaro atrof-muhitga tegishli bo‘lgan ma’lumotlardan erkin foydalanish huquqiga ega bo‘lishlari; davlatlar esa bunday masalalarni hal etishda keng ma’lumotlar berish yo‘lini rivojlantirishlari va qo‘llab-quvvatlashlari zarur; ekologik zararlarni qoplashda sud orqali himoyalanish vositalarini qo‘llash va ma’muriyat ishilarini ularda ko‘rib chiqishni ta’minlash;
- davlatlar atrof-muhit muhofazasiga doir qonun hujjatlariga, ekologik qatiy o‘rnatilgan me’yorlarga (standartlarga) ega bo‘lmoqlari lozim, xo‘jalik faoliyatining maqsadi va ustuvorligi atrof muhitni muhofaza qilish vazifalariga muvofiq kelishi kerak;
- davlatlar maqbul va ochiq xalqaro ekologik tizimni tashkil qilishda hamkorlik qilishlari kerak, bu esa atrof-muhit holatiga doir muammolarni yanada ham samarali hal qilishga olib kelishi lozim;
- savdo siyosati sohasida atrof muhitni muhofaza qilish maqsadida ko‘rilayotgan choralar ixtiyoriy yoki asossiz ravishda diskriminatsiya qilish yoki xalqaro savdoning yashirin cheklash vositasi bo‘lmasligi lozim;
- atrof-muhit muhofazasiga yo‘naltirilgan chegaralararo yoki global ekologik muammolarning echish yo‘llari xalqaro konsensus (murosaga)ga asoslangan bo‘lishi kerak;
- milliy qonunlar davlatlarda ham, ularning tashqarisida ham tabiiy muhitga etkazilgan zararni qoplashni hisobga olmog‘i lozim;
- davlatlar atrof tabiiy muhitga zarar etkazuvchi moddalarning harakatlanishi va tashilishining oldini olish uchun samarali ravishda hamkorlik qilishlari kerak;
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlari ekologik harajatlarni ifloslanish bilan bog‘liq bo‘lgan ekologik vositalardan foydalanishni baynalminallashtirish orqali rejalashtirishlari lozim;
- ekologik oqibatlarni baholash vakolatli milliy organlar tomonidan tasdiqlanishi kerak;
- davlatlar, halqaro miqyosda yordam berish maqsadida, atrof-muhitga zarar etkazuvchi har qanday ofat yoki boshqa favqulodda vaziyat haqida darhol o‘zga mamlakatga axborot etkazishlari kerak;
- ayollar atrof-muhit unsurlaridan oqilona foydalanish va barqaror rivojlanishda hayotiy muhim rol o‘ynaydilar, shuning uchun ham ularning turli ekologik tadbirlarda har tomonlama ishtiroklarini ta’minlash zarur;
- davlatlar yoshlarning bunyodkorlik qobiliyatlarini, istiqbolli maqsadlarini va jasurliklarini ekologik muammolarni hal etishga jalb qilmog‘i kerak;
- davlatlar atrof-muhitga bo‘lgan an’anaviy munosabatlarini tan olishlari kerak, mahalliy aholi va uning jamoalarining tarixiy tajribasini ishlatmog‘i lozim;
- davlatlar urushlarni (qurolli to‘qnashuvlarni), ekotizim-larning bir butunligining parchalanishini oldini oluvchi xalqaro huquqiy me’yorlarni hurmat qilmog‘i kerak ;
- tinchlik, rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish o‘zaro bog‘langan va ajralmasdir;
- davlatlar ekologiya sohasidagi nizolarni va masalalarni tinch yo‘l bilan tegishli vositalar yordamida BMT Nizomiga muvofiq ravishda hal qilmog‘i kerak;
- davlatlar, xalqlarni barqaror rivojlanishi uchun, ekologik talablarni bajarishda yaxshi niyat va sherikchilik ruhida hamkorlik qilishga majburdir.
Barqaror rivojlanish konsepsiyasi, yuqorida keltirilgan atrof-muhitni muhofaza qilishga oid prinsip-qoidalar tufayli, xalqaro huquq talablariga to‘la javob beradi, u jamiyat va tabiat uyg‘unligini oshiradi. Ushbu ekologik prinsip-qoidalarga rioya qilish, shubhasiz, xalqaro hamjamiyatning hamkorligiga va bir maromda rivojlanishiga xizmat qiladi.
Xulosa
Hozirgi paytda mamlakatimizda xorijiy investorlami Respublika fond bozoriga jalb qilishga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va investitsiya institutlari muntazam ish olib bormoqda. Bu uyg’unlashuv ikki yoqlama jarayon boTib, o’zbek investorlari faoliyatini xorijiy fond bozorlarida tashkil etish uning muhim qismidir. Bugungi kunda jahon fond bozorining kun sayin globallashuvi, aloqa va texnologiyalaming o’zaro bog’liqlikda rivojlanishi investorlaming o’z mahalliy doirasida cheklanib qolmasligiga olib keladi. Bu esa endilikda o’z sarmoyasini foydaliroq joylashtirishga harakat qiladi. Fond bozori samaradorligi yuqori bo’lgan korxonalami izlaydi. Biror korxonaning ko’rsatkichlari pasayishi bilan moliyaviy vositalar ko’rsatkichlari yaxshiroq korxonalarga oqa boshlaydi. Bu jarayon uzluksiz davom etadi. Jahonning barcha fond bozorlari shu funksiyani bajaradilar. Zamonaviy komputer texnologiyalari har bir baquwat investorga internet orqali yirik fond bozorlari faoliyatida ishtirok etish imkoniyatini yaratmoqda. Investor brokerlarni chetlab o’tgan holda, kam sarf- xarajatlar bilan barcha zarur axborotni olishi va aksiyalarni mustaqil ravishda o’zi xarid qilishi va sotishi mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda qimmatli qog’ozlar bozori juda yaxshi rivojlangan. Ular yuksak texnologiyali savdo jarayonini taminlay oladigan darajada rivojlangan infratuzilmaga ega. Axborot xizmatlarining o’sishi, bozor haqidagi ma’lumotlar aniqligini ham ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida, qimmatli qog’ozlardan foyda olishga intilayotgan yangi- yangi investorlami bozorga jalb qiladi.
Dostları ilə paylaş: |