Basketbolchilarni hujum o‘yin texnikasiga o‘rgatish Hujumgaxoso'yin usullari texnikas ini o‘zlashtirishsamaradorligini ta’minlash uchun ularni quydagi ketma-ketlikda o‘rgatish muhimdir:
tayyorlik hoiatlari va harakatlanish usullari;
ikki qadamli usulda to‘xtash;
joyida va harakat davomida burilish — aylanish;
to’pni ushlash (qo‘ida joylashishi) va muvofiq holat;
joyida uzatish va ilish usullari;
-to‘pni ilish davomida ikki qadamda to‘xtash;
-joyida uzoq oraliqlardan savatga to‘p tashlash;
harakat davomida bir qo‘llab (o‘ng va chap qo‘llab) savatga to‘p tashlash usuliari;
to‘pni o'ng va chap qo‘lda urib yurish - yugurish;
to'pni yurishdan so‘ng ikki qadamda to‘xtash;
sakrab to‘xtash: to‘psiz, to‘p ilish bilan to‘pni urib yurish va yugurishdan so‘ng;
jovidan harakat davomida sakrab to‘g‘ri hamda o‘nga~chapga, burilib - aylanib savatga to‘p tashlash usullari;
to‘psiz va to‘p bilan bajariladigan fintlar (chalg‘itish harakatlari);
musobaqa talabida bajariladigan o‘yin usullari.Ushbu о‘yin usullari texnikasiga о‘rgatishdatayyorlov, yordamchi, yondoshtiruvchi, taqlidiy, asosiy va aralash mashqlar to‘psiz va to'p bilan qo‘llaniladi. 0‘rgatish jarayonida turdosh, moslashtirilgan va ixtisoslashtirilgan harakatli o‘yin!ardan foydalanish o‘zlashtirish samaradorligini kuchaytiradi (“To‘p kapitanga", “Nomer chaqirish”, “Dasta qulaguncha ushlab ol”, “Quvlashmachoq”, “Ovchilar va o‘r- daklar’, “Qarmoqcha”, “Xo‘rozlar jangi” va “Oqsoq qarg‘a” va h.k.).
To‘p bilan ijro etiladigan usullar texnikasiga o‘rgatish
To‘pni ilish.Ushbu ko‘nikmaturli usullardan iborat boMib. dastlab joyida turib ikki qo‘l bilan to‘pni ilish texnikasiga o‘rgatiladi. So'ng to‘pni ilish holatlari modellashtirilgan vaziyatlar talablariga mos holda harakat davomida, harakatdan keyin ikki qadamli to'xtash va sakrab to‘xtash, sakrab bir va ikki qo‘lda ilish usullariga o‘rgatiladi. Keyingi bosqichda - qayd etilgan ilish usullari mukammal o‘zlashtirilgandan so‘ng to‘p uzatish usullariga o‘rgatiladi.