2.1. BASKETBOLNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI I bosqich. 1891-1918 yillarni o’z ichiga olib, basketbolning yangi o’yin sifatida shakllanib borish bosqichi hisoblanadi. Avvaliga gimnastika darslarini biroz jonlantirish uchun yaratilgan basketbol asta-sekin sport o’yiniga aylanib, uning o’ziga xos barcha xususiyatlari shakllana boshlaydi. Uning dastlabki rasmiy o’yin qoidalari yaratiladi. Uning o’yin teknikasi va taktikasi shakllanadi. O’yinda ishtirok etayotgan jamoa a’zolarining har biri uchun muayyan funksiya vazifalar belgilab beriladi.
II bosqich. 1919-1931 yillardan iborat bo’lib, bu davr milliy basketbol federasiyalari tashkil etilganligi bilan ajralib turadi. Bu esa basketbolning sport o’yini sifatida rivojlanib borishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Xuddi shu davrda dastlabki basketbol bo’yicha halqaro turnir – musobaqalar o’tkaziladi.
III bosqich. 1932-1947 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davr butun dunyo bo’yicha basketbol o’yini har tomonlama rivojlanganligi bilan xarakterlidir. Bu davrda basketbol o’yini federatsiyasi (FIBA) tashkil etiladi. Bu xodisa unutilmas voqea bilan basketbolni sportning Olimpiya turidagi o’yinlar qatoriga kiritilishi bilan birga sodir bo’ladi. Shu davrda sobiq sovet basketbolchilari ham halqaro maydoniga chiqadilar. Basketbol texnikasi va taktikasiga yangiliklar kiritiladi.
IV bosqich. 1948-1965 yillarni o’z ichiga oladi. Bu yillarda butun dunyoda basketbol o’yini shiddat bilan rivojlanibgina qolmay, muayyan sakrashlar tarzidagi taraqqiyot va sport maxoratining o’sishi ham ana shu davrga to’g’ri keladi. To’pni bir qo’l bilan otish qoidasipaydo bo’ladi, raqibning xujumiga qarshi o’zini himoya qilish texnikasi va taktikasida ancha murakkab priemlar paydo bo’ladi. Mini-basketbol o’yini vujudga kelib, dunyo buylab tarqala boshlaydi.
V bosqich. 1986-1990 yillarda milliy Federasiyalar soni ortadi. Milliy professional basketbol uyushmalari (NBA) paydo bo’ladi. Basketbolchilarning halqaro aloqalari mustahkamlanadi, o’yin texnikasi va taktikasida yangiliklar vujudga keladi. Musobaqalar qoidasi va hakamlik metodikasi takomillashtiriladi.