Mavzu: basketbolning o’rta osiyoda rivojlanishi mundarija: I. Kirish


I.BOB: UMUMTA’LIM MAKTABLARI O’QUVCHILARINING BASKETBOLDAN QO’LLANILADIGAN



Yüklə 52,77 Kb.
səhifə2/9
tarix06.06.2022
ölçüsü52,77 Kb.
#60746
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KLARA

I.BOB: UMUMTA’LIM MAKTABLARI O’QUVCHILARINING BASKETBOLDAN QO’LLANILADIGAN
HIMOYA HARAKATLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
1.1.BASKETBOLNING PAYDO BO’LISHI VA RIVOJLANISHI.
Basketbol (ing . basket — savat, ball — toʻp) — sport turi, 3,05 m balanddagi savatli halqaga toʻpni qoʻlda tashlab oʻynaladigan jamoa oʻyini. B. mashgʻuloti va musobaqalari uchun toʻrtburchak maydoncha (oʻlchami 26x14 m) yoki zal (balandligi 7 m) talab qilinadi. Har bir jamoada 12 nafardan oʻyinchi boʻlib, maydonga bir yoʻla har jamoadan 5 tadan oʻyinchi tushiriladi (bu oʻyinchilar almashtirilishi mumkin). Qaysi jamoa raqibining savatiga koʻp toʻp tushirsa, oʻsha yutgan hisoblanadi. Uyinda savatga tushirilgan toʻp uchun 2 ochko, jarima belgilanganda tushirilgan toʻp uchun 1 ochko, jarimadan tashqaridagisi uchun 3 ochko beriladi. Erkaklar 40 min., ayollar 36 min., 15 — 16 yashar oʻsmirlar va qizlar 30 min., 13 — 14 yashar oʻgʻil va qiz bolalar 24 min. oʻynashadi. Oʻyin 2 qismdan iborat, orada 10 min. dam olinadi. Belgilangan vaqtda jamoalar baravar ochko olsa, biror jamoa gʻolib chiqquncha 5 min.dan qoʻshimcha vaqt beriladi. B. vatani AQShdir (1891). Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA; 1932 y. tuzilgan)ga 177 mamlakat aʼzo (1991). B. 1936 y.dan Olimpiya uyinlari dasturiga kiritilgan. 1950 y.dan B. boʻyicha jahon chempionati oʻtkazib kelinadi. B. Oʻzbekistonda 1921 y.dan oʻynala boshlagan. Oʻzbekistonlik R. Salimova 2 marta jahon hamda olimpiya oʻyinlari chempioni boʻlgan. B. boʻyicha Oʻzbekiston respublika federaiiyasi oliy liga jamoalari oʻrtasida musobaqalar tashkil etib kelmoqda. Oliy ligada Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri hamda Sirdaryo va Navoiy viloyati basketbolchilari musobaqalashadi. Oʻzbekiston terma jamoasi 1997 y. II Markaziy Osiyo oʻyinlari — "Sprayt chellenje" xalqaro turnirining gʻolibi boʻldi (terma jamoa bosh ustozi A. Adisman, jamoa aʼzolari 3. Xabibulin, M. Sha-fenkov, R. Karimov, S. Demurin, B. Mirodilov, T. Abbosov, V. Petrishchev).[1]

Michael Jordan basketbol matchida slam dunkqilmoqda.



Yüklə 52,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin