Mavzu: Beshta mavzu bo`yicha mustaqil ish. Reja: Raqamli Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati. Axborotlashgan jamiyat va uning rivojlanish istiqbollari. Tarmoq texnologiyalari va internet



Yüklə 270,09 Kb.
səhifə4/6
tarix09.06.2023
ölçüsü270,09 Kb.
#127934
1   2   3   4   5   6
Informatika Мустақил иш

Lokal xisoblash tarmoqlari (LXT)
Personal kompyuterlar asosida qurilgan LXT, oddiy arxitekturasi va asosiy qurilmalarining arzonligi sababli barcha soxalarda tadbiq qilinmoqda. Jumladan tijorat va bank tizimlarini avtomatlashtirishda, boshqarish tizimlarida va boshqalar. Uning asosiy komponentlariga quyidagilar kiradi:

8.1-rasm. Lokal xosoblash tarmoqlari asosiy komponentlari
LXTlari ikki turga ajratiladi:
1. Yagona rang arxitekturasi - har bir abonent tizimi bir xil ko‘lamda resurslarni taqdim va iste’mol qilishi mumkin bo‘lgan, axborot tizimining konsepsiyasi. Yagona rang arxitektura shu bilan tavsiflanadiki, unda hamma abonent tizimlari teng huquqli va ularning bir birlarini resurslariga murojaatlari simmetrik bo‘ladi. Buning evaziga, foydalanuvchi ma’lumotlarni taqsimlangan ishlovini bajarishi, amaliy dasturlar, tashqi qurilmalar, shu jumladan, ixtiyoriy tizimlarda joylashgan fayllar bilan ishlashi mumkin. Yagona rang arxitekturasi, tarmoq vositalarining oddiy yuklanishi, yengil kengaytirilishi bilan tavsiflanadi. (Odnorangovыe - peer-to-peer ).

8.2-rasm. Yagona rang arxitekturasi asosida qurilgan LXT
Bu turdagi tarmoqlarda xech qanday ierarxik struktura mavjud emas, har bir terminal ishchi stansiya yoki server vazifasini o‘tashi mumkin. Bu tarmoqda xech qaysi kampyuter tarmoqni boshqarishga javobgar emas.
Ishchi guruxlar – bu guruxga bir maqsadda jamlangan ishchi stansiyalar kiradi. Shu sababli odatda bunday tarmoqlarda (peer-to-peer) 10 dan oshmagan kompyuterlar jamlanadi.
Bu tarmoqlar kam harajatli xisoblansada, ularni qurishda ishlab chiqarish ko‘rsatkichi yuqori, samarali, tezkor va qimmat kompyuterlar ishlatiladi.
Operatsion sistemaga kelsak, ularda MS Widows NT for Workstation; MS Widows 95/98, Widows 2000 va Widows XR dasturlari ishlatilishi mumkin.
2. Server asosida qurilgan LXT (server based).
Tarmoqda joylashgan fayllar va boshqa resurslardan erkin foydalanishni taqdim etuvchi tarmoqdagi kompyuter. Internetda server deganda, veb-sahifalar joylashgan va veb-brauzerlari so‘rovlariga javob beruvchi kompyuter tushuniladi.

8.3-rasm. Server asosida qurilgan LXT
Tarmoqdagi kompyuterlar soni 10tadan oshib ketsa u xolda ishlab chiqarish ko‘rsatkichi kamayib boradi. Shu tufayli tarmoqlar yagona server asosida boshqarilishi kerak bo‘ladi.
Agar tarmoqning xajmi yanada oshib ketsa u xolda bir emas balki bir nechta serverlardan foydalanish kerak bo‘ladi.
Server mashinalarining xizmat turlari kupligi sababli serverlarni xam ma’lum bir xizmat uchun ishlatish mumkin.
Misol uchun:
Fayl serveri – Mahalliy tarmoqdagi ko‘p sonli foydalanuvchilar uchun fayllarini boshqarish va saqlash funksiyalarini ta’minlaydi. U apparat va dasturiy vositalar majmuasi. Fayllarni fayl serverida saqlash bir faylning nusxalar to‘plamini ayrim kompyuterlarda saqlash zaruriyatidan halos qiladi. Bu bilan disk makoni tejaladi, fayllarni ma’murlash va yangilash jarayoni yengillashadi hamda fayllarni muhofazalash ishonchliligi oshadi
Dastur serverlari – bu serverlarda “klient-server” dasturlari ishlatiladi va foydalanuvchilar barcha ma’lumotlarini mana shu serverlarda saqlab qayta ishlash imkoniga egadir. Pochta serverlari – pochta serveri Foydalanuvchilarning shaxsiy xatlarini qabul qilib olish va uzatishni hamda ularni yo‘naltirishni ta’minlovchi server. Pochta serverini tashkil qilish uchun shaxsiy kompyuterga tegishli dasturiy ta’minotni o‘rnatish lozim. Pochta – Internetda muloqot qilishning asosiy vositasi.Serverlar asosida qurilgan tarmoqlarda tarmoq arxitekturasiga mos keluvchi operatsion sistemalar ishlatiladi.
L okal xisoblash tarmoqlarining qurishda asosan quyidagi texnik vositalar kerak bo‘ladi;hub qurilmasi,switch qurilmalari tarmoq adapteri ingliz tilida: network card rus tilida: setevaya karta
Tarmoq adapteri (kartasi)
Ma’lumotlarni kompyuter tarmog‘ida bitta kompyuterdan boshqasiga uzatish paytida kompyuter va aloqa kanali ishini muvofiqlashtiruvchi plata shaklida yaratilgan moslashtirgich. Tarmoq kartasi kompter shinasidan parallel ravishda keluvchi va axborot so‘zlarining ikkilik xonalariga mos signallarni aloqa liniyasi orqali ketma-ket uzatiluvchi yuqori chastotali impulslarga ugiradi.
K ONSENTRATOR (HUB)
ingliz tilida : concentrator (HUB)
Kompyuterlarni mahalliy tarmoqqa ulash uchun ishlatiladi. Odatda signal kuchaytiruvchisi bilan birlashtiriladi. Xab yordamida bog‘langan kompyuterlar muloqoti “bittasi uzatadi – barcha eshitadi” tamoili bo‘yicha amalga oshiriladi. Eng oddiy xablar ko‘p portli takrorlovchilardir (povtoritel). Xablar BNC, RJ-45, AUI ulash uyalari to‘plamiga ega bo‘lib, manbadan qabul qiluvchiga uzatish uchun kabel tanlashni ta’minlashi mumkin. Xab portiga alohida bog‘lama ham, boshqa xab ham ulanishi mumkin. Turli xil portlar to‘plamiga ega bo‘lgan xablar turli kabel tizimli tarmoq qismlarini birlashtirish imkonini beradi.


Yüklə 270,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin