Mavzu: Beshta mavzu bo`yicha mustaqil ish. Reja: Raqamli Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati. Axborotlashgan jamiyat va uning rivojlanish istiqbollari. Tarmoq texnologiyalari va internet


Zamonaviy axborot texnologiyalari va internet madaniyati



Yüklə 270,09 Kb.
səhifə5/6
tarix09.06.2023
ölçüsü270,09 Kb.
#127934
1   2   3   4   5   6
Informatika Мустақил иш

4. Zamonaviy axborot texnologiyalari va internet madaniyati.
Ta’lim tizimida islohatlarni amalga oshirishda va rivojlantirishda hukumatimiz
tomonidan yiliga mamlakat yalpi ichki mahsulotining 10-12 foizi sarflanadi, bu davlat
budjetining 35 foizini tashkil etadi. Bu esa jahon tajribasidagi ko’rsatgich 3-4 foizdan
oshmaydi. Ta’lim tizimida yil sayin rivojlanib borayotgan axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, ta’lim jarayonini sifat va mazmun jihatdan yanada yuqori bosqichga
ko’tarishga xizmat qilib kelmoqda. Bugungi kun zamonaviy ta’lim jarayonini
mazmunli tashkil etish uchun zamon talabiga mos texnik vositalaridan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Jumladan, texnologiya, axborot, kompyuter, multimediya,
internet, masofali o’qitish, yagona axborot muhiti va shunga o’xshash axborot
kommunikatsion texnologiyalarning zamonaviy vositalaridan foydalanish o’zining
samarasini bermoqda. Avtomatlashtirilgan axborot jamiyatini shakllantirishning global jarayoni inson taraqqiyoti va ko’plab iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni
samarali hal etish imkoniyatlarini yaratadi. Biroq, bunday imkoniyatdan faqatgina
ushbu axborot maydonida kerakli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan jamiyat
a’zolarigina foydalana oladilar. Shu o’rinda oliy ta’limning asosiy vazifalaridan biri
talabalarga axborot madaniyatini va uning mafkuraviy darajasini har tomonlama
yaxshilash imkonini berishdir. Ushbu muammoni hal qilishda ta’lim muassasalarida
axborot tehnologiyalari, fani yo’nalishi muhim rol o’ynaydi. Shu sababli, axborot-
kommunikatsiya tehnologiyalari, kompyuter savodxonligi kursining ustuvor
muammolarini va uning kelajakdagi istiqbollarini o’rganish va tahlil qilish muhimdir.
Internet, ijtimoiy tarmoqlar, bloglar, elektron kutubxonalar, elektron kitoblar va
raqamli audio-video-foto, mobil telefonlar, tezkor xabarlar jo’natish vositalari, IP
telefoniya, PDA va kommunikatorlar bilan tanishtirish orqali zamonaviy bugungi kun
bo’lajak yosh kadrlar tasavvurida 20 yil avval biz axborot vakumida yashagan
ekanligimizni, ijtimoiy, geografik, siyosiy to’siqlardan boshqa hech narsa mavjud
bo’lmaganligini hosil qilamiz.
Bugungi kunda ta’lim tizimini axborot-kommunikatsiya texnologiyalarisiz
tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu soha kundalik hayotimizda media-texnologiyalarining
o’rni tobora kengayib bormoqda. Katta hajmdagi yangi axborotlar, reklamalar,
televideniya ko’rsatuvlarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish talabalarning
ta’lim tarbiyasi ularning atrofdagi voqea-hodisalar to’g’risidagi tasavvurlari, taffakkuri
hamda idrokiga katta ta’sir etmoqda. Ilgari talabalar istalgan mavzuga oid kerakli
ma’lumotlarni darslik, ma’lumotnoma adabiyotlar o’qitivchi tomonida fanga oid
darsni konspektlashtirish holda egallab kelgan bo’lsa, bugungi kunga kelib asosan
televideniya va radio, elektron darsliklar internet tarmoqlaridagi ma’lumotlardan
foydalangan holda o’zlashtirmoqda. Shu sababli bugungi kun o’qituvchisi zamonaviy
voqelikka to’g’ri yondashgan holda ta’lim jarayoniga axborot uzatishning yangi
metodlarini olib kirishi hozirgi kun talabi hisoblanadi. Darsni AKT dan foydalanib,
o’tishda o’qituvchi o’z mehnatining ko’p qismini kompyuterga yuklashi mumkin
bo’ladi. Bu bilan darsni yanada qiziqarli, rang-barang qilib, mazmunan boyitadi.
O’qituvchi o’z vaqtida talabaning bilimini xolisona baholab boradi, ularga noan’anaviy
saboq berish usullarini topishga ijodiy yondashadi. Bu esa o’qituvchining kasbiy
jihatdan rivojlanishiga asos bo’ladi.
Katta hajmdagi axborotlarni har bir talaba qisqa vaqt mobaynida o’zlashtirishi va
amaliy faoliyatda foydalana olishni o’rgatish zarur bo’ladi. Shuning uchun ham darsni
shunday tashkil etish kerakki, unda har bir talaba o’zini erkin his qilib, faol ishtirok
etishi zarur. Har bir dars jarayoniga qiziqish bilan yondashib, mustaqil ijodiy fikrlashi,
o’z mehnati samarasini ko’rib, uni baholay olishi kerak.
O’qituvchi axborot - kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, dars
o’tishga tayyorgarlik ko’rishda bu jiddiy ta’lim dasturiga oid dars materiali ekanligini unutmasligi zarur. Darsni loyihalashtirishda o’qituvchi turli dasturiy mahsulotlardan
foydalanadi. Dars jarayoniga tayyorgarlik ko’rishda tayyor dasturiy mahsulotlar
(ensiklopediya, lug’atlar, ta’limiy dasturlar va shu kabilardan) foydalanishda
kompyuterning o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Kopmyuter texnologiyasi vositasida
dars o’tish barcha fanlardan laboratoriya mashg’ulotlarini, ya’ni yangi mavzularni
ko’rgazmali tushuntirish imkoniyatiga ega bo’lib, o’tilgan darslarning materiallarini
talaba mustaqil qayta ko’rib chiqishi mumkin.
Bugungi kun talabi axborot - kommunikatsiya texnologiyalari hamda internetdan
foydalanish faqatgina ta’lim tizimiga kirib kelmasdan shu sohaning barcha
bo’g’inlarini boshqarish, tashkil qilish, axborot resurslari bilan ta’minlanayotganligi
sababli ish yuritish xujjatlarini tezlik bilan yo’lga qo’yish, moliyaviy tizim va shu kabi
ishlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli axborot
texnologiyalaridan yanada rivojlantirish maqsadida chekka-chekka xududlardagi
yoshlar uchun ham ushbu imkoniyatlarni salmog’ini kengaytirish, shu sohadan
foydalanish madaniyatini va imkoniyatlarini yaratish, mamlakatimizning barcha
sohalarini rivojlantirishda katta imkoniyatlar yaratadi.



Yüklə 270,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin