Mavzu. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish


-rasm. O’zbekiston Respublikasi gaznachilik mablaglarini o’tqazish reestri tuzilishi



Yüklə 267,54 Kb.
səhifə100/120
tarix24.10.2023
ölçüsü267,54 Kb.
#160915
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   120
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.

20.6-rasm. O’zbekiston Respublikasi gaznachilik mablaglarini o’tqazish reestri tuzilishi
Ko’rsatib o’tilgan funktsiyalarni bajarish uchun nafaqat g’aznachilik organlarining ierarxik darajalarida, shuningdek, bank to’lov tizimlarida, davlat soliq tizimida, hamma darajadagi byudjetlarning shakllanish va ijroiya tizimlarida byudjetdan mablag’ oluvchilar va soliq to’lovchilarning rivojlangan funktsional va axborot aloqalari bilan murakkab ko’pqirrali tizimi harakatlanadi. Ushbu tizimning murakkabligi uning turli idoralarga tegishli ko’p sonli qatnashchilarni qamrab olib, tarmoqli hududlarga yoyilganligi bilan kuchaytirilganligidadir.

O’zbekiston g’aznachilik organlari tizimi juda juda jadal shakllantirilmoqda. G’aznachilik tizimini rivojlantirish borasida viloyat strukturasida Davlat g’aznachilik organlari tashkil etilib, ularni xo’jalik ta’minoti va orgtexnika vositalari, jumladan, hisoblash texnikalari, aloqa va axborot uzatish vositalari bilan jihozlash boshlanadi. G’aznachilik organlarining ishlash metadalogiyasi rivojlanishining qisqa muddatda sezilarli o’zgarishlarni boshidan o’tkazish va jadal sur’atda rivojlanishni davom etmoqda. G’aznachilik tizimini shakllantirishda qo’llanilgan chora-tadbirlar majmui texnik jihozlanganlik bo’yicha ham, metadalogik va texnalogik qo’llab-quvvatlashning rivojlanish dinamikasi bo’yicha ham bu strukturani davlat muassasalari va moliyaviy soha tashkilotlari ko’lamida etakchi mavqeiga olib chiqishga ishkin yaratadi.


Ishni tashkil etish va axborotlarni qayta ishlash metodlari bo’yicha g’aznachilik organlari moliyaviy sohasini qamrab olgan infrastrukturaning rivojlanish darajasiga to’la mos keladi. Hisoblash texnikasi uskunalari cheklash operatsiyalarni boshlang’ich avtomatlatirilishini o’tkazishga va turli darajada byudjet ijrosi jarayoniga axborot xizmati ko’rsatish muammolarini majmuaviy hal etish uchun baza tayyorlash imkon beradi.
G’aznachilik tizimi rivojlanishi muammosini hal etilishi ustuvorligi bo’yicha ikkita asosiy yo’nalishga ajratiladi:
1) Davlat byudjet daromad va xarajatlar ijrosining avtomatlashgan yagona hisob tizimini yaratish va bu tizimni Markaziy bankning to’lov-hisob tizimi bilan, soliq xizmatining axborot tizimi bilan integratsiyalash.
2) Davlat g’aznachilik organlarning avtomatlashgan yagona depozitlar tizimini yaratish va uni qimmatli qog’ozlar bozori bilan integratsiyalash.
Ikkala yo’nalish nafaqat g’aznachilik organlarida munosib dasturiy apparat vositalari yaratilishi bilan, balki aralash tizimlarni takomillashtirish bilan ham bog’liq.
Binobarin, banklararo to’lov-hisob-kitob tizimi va g’aznachilik organlarining axborot majmuining mutanosib rivojlanish byudjet daromadlari yig’imining mavjud sxemasi va davlat byudjet mablag’larini oluvchilarga etkazilishi ijrosi va hisobni operativlik oshirilishi maqsadida o’zgartirishga imkon beradi. Yagona hisob-kito markazida elektron to’lovlarning samarali tizimidan foydalanish bir integratsion kun mobaynida byudjet daromadlari hisoblanishi va qayd qilinishini to’langan byudjetlararo hisob-kitob bilan to’liq tsiklda tashkil etishga imkon beradi. Bunda daromadlar tushishi hisobi byudjet tasniflari, hududlar, soliq to’loqchilari va boshqalar bo’yicha avtomatik ravishda to’liq analitik razvyorstika bilan amalga oshirilida. Tartibga soluvchi daromadlar taqsimoti va mahalliy byudjetlarga mablag’ o’tkazish ham elektron to’lovlarni qo’llagan holda yagona hisob-kitob markazidan amalga oshiriladi.Buning ustiga bu operatsiyalar davlat byudjet daromadlari hisobi va qayd qilinishining to’liq tsikliga kiradi. Bunday tashkilotchilik davlat byudjet va boshqa darajadagi byudjetlar daromadlari ijrosi operativligini oshirishga, shuningdek, barcha darajadagi byudjetlar daromadga kelib tushgan mablag’lar haqida axborotlar aniqligi va aperativligini oshirishga imkon beradi.
G’aznachilik organlari mehnat samaradorligini oshirishning sharoitlaridan biri ular barcha darajadagi axborot ta’minotida istiqbolli va samarali tizim yaratish hisoblanadi. Axborot majmuini ishlab chiqish yagona metadalogik-asosida olib borilib, nafaqat miqdoriy ko’rsatkichlar – soliq to’lovlar soni, davlat byudjetdan mablag’ oluvchilar soni, balki hududlarning jami moliyaviy va komunikatsion ifrastrukturasi rivojlanishiga ham hisobga ouvchi o’xshash loyhaviy echimlardan foydalaniladi.
G’aznachilik orginlarining majmui ban tizimi bilan uyg’unlikda nafaqat g’aznachilik orginlari tomonidan davlat byudjeti funktsional ijrosini ta’sinlashga qodir, balki bu jayonda turli darajadagi moliyaviy orginlar va boshqaruv muassasalari, shuningdek, bank va soliq tizimining o’zaro samarali munosabatlashuvini tashkil etish ham mo’ljallangan. Bunday majsuani yaratish negiziga yuqori texnalogiyali operatsion tizimlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) va shovqindan, noqonuniy kirishdan imoyalangan telekomunikatsion tizimlarni qo’llash asosidagi markazlashga va taqsimlangan qarorlar texnalogiyasi yotadi. Bunday yagona texnalogiyani qo’llash va rivojlantirish, uning asosida korporativ tizimlar yaratish murakkab himoyalangan infarmatsion-texnik majmualarning o’zaro vedometvenniy harkatlanish muammosini hal etishga imkon beradi.
Davlat g’aznachilik orginlarining axborot majmuasini yaratishdan asosiy maqsad davlat byudjet ijrosi samaradorligini sezilarli oshirish hisoblanadi. Bu Davlat g’aznachilik orginlariga cheklangan personal bilan tizim oldiga qo’yilgan vazifalarning jami hajmini aniq, samarali va tezkor hal etishga imkon beradi.
- Davlat byudjet daromadlarining aniq va tezkor hisobi;
- Davlat byudjet, Davlat sub’ektlari byudjeti va barcha darajadagi mahalliy byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabat;
- Davlat byudjet mablag’larini yakuniy oluvchigacha aniq va tez etkazish;
- byudjet mablag’laridan oqilona va maqsadli foydalanish ustidan joriy to’liq tezkor va kesik nazorat;
- davlat byudjeti ijrosini tezkor va ob’ektiv tahlili va daromad tushishi hamda ixtiyoriy berilgan davr uchun harajatlarni prognozlash;
- davlat ichki qarzlari va boshqalarni boshqarish va unga xizmat ko’rsatish.
G’aznachilikda axborot texnalogiyalarini tashkil etishning ikki sxemasi mavjud:
- davlat byudjeti mablag’larini oluvchilarning shaxsiy hisoblarini va O’zR banki yoki uning vakolatli agentlari xarajatlarining yagona joriy hisobi bilan hisob-kitolarni yuritish bilan;
- mintaqada yagona samarali qimmatli qog’ozlar bozori va bunday bozorning markaziy – markaziy registrator, depozitariy, hisob-kitob-kpiring markaziy tashkil etish va O’zR Moliya vazirligi topshirig’iga ko’ra mintaqaviy qimmatli qog’ozlar bozorida davlat qimmatli qozozlar emitenti funktsiyasini bajarish.
G’aznachilikda axborot texnalogiyalarini tashkil etishning ikkala sxemasi ijobiy va salbiy jihatlarga ega.
Birinchi holda tizimning qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlangan infrastrukturasi bilan to’liq avtonomlikka, uning muassasalararo munosabatlar muammosidan nisbatan mustaqilligiga erishildi.
Ikkinchi yo’nalish bo’yicha echimda g’aznachilik orginlarining ishni ko’p jihatlardan bir necha muassasalar sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishning umumiy tashkiliy-huquqiy xarkateriga ega va bunday bozorning ishlashi uchun havfsiz sharoit ta’minlanadi.
G’ag’nachilik organlarida avtomatlashtirilgan axborot texnalogiyalarini yaratishning bosh maqsad davlat byudjeti ijrosi samaradorligini amalga oshirish hisoblanadi. Shunga bog’liq ravishda G’aznachilikning tizimiga quyidagi talablar qo’yiladi:
- G’aznachilik orginlari tizimi oldiga qo’yimlgan vazifalarning jami hajmini cheklangan personal bilan tezkor, aniq va samarali hal etish;
- davlat byudjet daromadlari hisobi bo’yicha vazifalarni tezkor, aniq va ishonchli hal etish;
- davlat byudjet, barcha darajadagi mahalliy byudjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatni tashkil etish;
- Davlat byudjet mablag’larining yakuniy oluvchigacha tez va aniq etkazish;
- byudjet mablag’laridan oqilona va maqsadli foydalanish ustidan joriy, to’liq, tezkor va qattiq nazoratni ta’minlash;
- davlat byudjeti ijrosining tezkor va ob’ektiv tahlilini ta’minlash va byudjetga daromadlar tushishi hamda ixtiyoriy berilgan davr uchun pirovard xarajatlarni prognozlash;
- davlat ichki qarzini boshqarish va unga xizmat ko’rsatish;
- O’zbekistonda amalda bo’lgan qonunchilik amaliyoti va O’zR Moliya vazirligining me’yoriy talablarina munosib bo’lishi;
- vakolatli orginlar ttalablarigan muvofiqlikda konfendentsiya va maxfiy axborotlarga xizmatlar ko’rsatish;
- birlamchi xizmatlar va uning elektron nusxasi yuridik vorisiyligini, shuningdek, ularning ish yuritsh va boshqlar haqidagi yo’riqnomalar va qonunlar bilan aniqlanuvchi tartibot mavjudligining barcha davri mobaynida saqlanganligini ta’minlash.
G’aznachilik orginning avtomailashtirilgan asosiy maqsadlariga uni shakllantirish jaryonida qator talablarni bajarish bilan erishish mumkin:
Davlat byudjeti ijrosiga xizmat qiluvchi axborot tizimi detallashuv darajasi bo’yicha hisoblar rejasi tuzilmasi bilan muqobil bo’lgan avtomatlashtirilgan buxgalterlik hisobi bazasida qurilishi lozim. Davlat byudjeti ijrosining buxgalterlik hisobi byudjet tasnifining jami maqyosida, jumladan, byudjet mablag’larini yakuniy oluvchilari kesimida analitik jihatdan olib borilishi lozim.
Bunday tamoyil axborot majmuining hisob registirida davlat byudjetining ixtiyoriy darajadagi faktni holatini operativ va ishonchli aks ettirishga imkon beradi.
- G’aznachilikning axborot tizimi an’anaviy bank operatsiyalari bilan bo’lgani kabi elektron bank hisob-kitoblari tizimi bilan ham ishlashga moslashtirilgan bo’lishi lozim. Shuningdek, Davlat va mahalliy byudjet ijrosining axborot tizimlari bilan o’zaro faol munosabatni qo’llab quvvatlash talab etiladi. Majmua bilan qorishiq tizimlar byudjet ijrosining to’liq masshtabli, avtomatlashgan va operativ buxgalterlik hisobiga asoslangan, birlamchi hujjatlar, jumladan, bank tizimidagi to’lov hujjatlarni qayta ishlashda axborotlarni bir martada shakllantirishni ko’zda tutishi lozim (bu tizimga axborotlarni ikkilamchi kiritishda ma’lumotlar nomuvofiqligi va xatoliklarni istesno etadi).
- Operatsion kun, hafta, oy, kvartal va yil mobaynida byudjet ijrosining asosiy jarayonlarini muvofiqlashtirish va sinxronlash.
- turli darajadagi byudjetlar ijrosini bajaruvchi orginlarning yagona texnalogik axborot – kommunikatsion tizimini shakllantirish.
- U yoki bu qorishiq muassasaviy tizimiga kiruvchi axborotlarni ularning o’zaro munosabatlashuvi jarayonida ishonchliligi – noqonuniy kirishdan yagona texnalogiyalash va elektron imzoni himoyalashda yagona texnalogiyani qo’llash.
- G’aznachilikda avtomatlashgan axborot texnalogiyalarini shakllantirish va joriy etishda butun tizimni yoki uning yadrosini bo’lgani kabi, boshqa tizimlar joriy ishga umuman tegmagan holda aholida avtomatlashgan ish joylarini va ish joylaridagi alohida vazifalarni modefikatsiya o’tkazilishiga imkon beruvchi texnalogik va metodik qarorlarni qo’llash.
G’aznachilikning avtomatlashgan axborot tizimi uchun sanab o’tilgan talablardan va bu tizimni qurish shartlaridan kelib chiqib, avtomatlashgan axborot texnalogiyalarining ikki arxitekturasi foydalaniladi.
1. “Terminal” – yuqori mahsuldor meynfreym (mainframe) markazlashgan hisoblash majmuasi va lokal hamda masofaviy, jumladan, intellektual terminallar tizimini qo’lalsh asosida.
2. “Mijoz-server” – bo’lim, tashkilotlar ko’lamidagi lokal hisoblash tarmoqlarida ma’lumotlar bazasi bilan jamoaviy yuqori mahsuldor mehnatni tashkil etish asosida.
Meynfreymuan foydalanib terminal arxitekturasida axborot tizimini yaratish sezilarli darajada tarixiy an’analarga ega. Xorijda va mamlakatimizda yaqin vaqtgacha bunday majmualar yuqori samarali elektron-hisoblash mashinalari negizidan keng foydalanilgan. Bunday tizimning afzalligi axborot tizimida mavjud barcha axborotlarning markazlashgan ko’p oqimli va ko’p vazifali qayta ishlanish hisoblanadi. Bu qimmatbaho hisoblash resurslaridan foydalanish va markaziy mashinalar yuqori maxsuldorligini optimallashtirishga imkon beradi. Meyfreyda ishlashda har ibr foydalanuvchi va har bir jarayonga qo’yilgan vazifalarni hal etishga imkon beruvchi axborot resurslar majmuasi ajratiladi. Foydalanuvchi mashina Bilan meynfreym bazasida hisoblash majmuasiga tegishli bo’lgan axborot kiritish-chiqarish tezkor qurilmalari yordamida ham, majmuaning markaziy mashinasiga ulangan terminllarda ishlash vositasida ham muomala qilish mumkin. Meynfreymlar operatsion tizimi ishlashi barqarorligi, xotira resruslaridan foydalanish himoyalanganligi va samaradorligi, markaziy protsessori (bir yoki bir nechta) va axborot kiritish-chiqarish periferiya qurilmalari bilan ajralib turadi. Ushbu arxitektura boshidanoq vaqt taqsimlash tartibida bir vaqtda bir nechta (yoki) ko’plab turli vazifalarni samarali echishga yo’naltirilgan. Shuning uchun axborotlarni himoyalash vositalari va to’xtalishlardan himoya rivojlangan. Operatsion tizimning katta miqdorda (bir necha mingcha) foydalanuvchilar ishlashiga mo’ljallanganligi meynfreymlar apparat qismi va operatsion tizimlarga sozlangan tezkor va rivojlangan telekommunikatsion vositalarni yaratish, barcha asosiy, jumladan, ko’p oqimli kommunikatsion protokollarni qo’llashni belgilab berdi. Axborotlarni qayta ishlashning shiddatli rejimida ko’p yillab to’xtovsiz ishlash sharoiti uchun yaratilgan tizimning apparat qismi yuqori ishonchliligi va barqarorligi bilan farqlanadi. Faqatgina markaziy mashinaga o’rnatuvchi dasturiy mahsulotlar tizim foydalanuvchilari uchun zararsiz tarzda modifikatsiya va almashtirishni etarlicha oson va tez bajarishga imkon beradi.

Biroq so’nggi yillarda jahon amaliyoti shunga guvohlik beradiki, meynfreymlar asosidagi asosiy iste’molchilar tizim yangi komp’yuter texnologiyalardan foydalanib, yanad arzonroq qarorlarni qo’llashga sezilarli darajada qayta yo’nalgan.


Bu quyidagi qator sabalarga ko’ra yuz bermoqda.
            • Terminal tizimlarini yaratish ko’pincha etkazib beruvchi tomonidan barcha boshlang’ich tizimlarni rivojlantirish bo’yicha monopollashtirishga olib keladi.


            • Yuqori samarli protsessor majmualari asosisda shaxsiy komp’yuterlar va mini kompyuterlarning intensiv rivojlanishi va axborot texnologiyalari bozorining ular bilan jihozlanishi qimmat bo’lmagan raqobat echimlari paydo bo’lishiga olib keladi. Mahsuldorligi va eenrgiya iste’molchi tejimkorligi ortishi barobarida kuchli mikroprotsessorlar bazasida hisoblash tizimlariga narxlar pasayishi bu tizimlarni meynfreymlar uchun an’anaviy - banklar, kommunikatsiya, moliyaviy faoliyat, murakkab korporativ tizimlar kabi sohalarda keng qo’llash uchun juda diqqatga sazovor qiladi.


            • Shaxsiy komp’yuter operatsion tizimi va uning negizidagi tizimlar takomillashuvi ularni mahsuldorlik va ko’p oqimlikni tutib turish miqyosida ham meynfreymlarga yaqinlashtiradi. Amaliy dasturiy ta’minot va instrumental holatiga qaraganda kamroq malakali personalga mo’ljallanib, foydalanuvchilarga ko’proq yo’naltirilgan mahsulot chiqaradilar. Katta bozorda o’zaro raqobat olib borib, bu mahsulotlarga superkomp’yuter tizimlarining monopol ishlab chiqaruvchilarga qaraganda sezilarli darajada past narx belgilaydilar.


Superkomp’yuter va ularni qo’llovchi tizimlarning muhim ahamiyatini inkor etmagan holda zamonaviy avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini yaratuvchilar hamda integratorlar umumiy va yopiq lokal hisoblash tarmoqlari bazasida qo’llash qulay va oson yoyiluvchi tizimlardan foydalanishga asosiy urg’u beradilar. Bunda UNIX, Windows NT va Netware kabi istiqbolli tizimlarga alohida e’tibor qaratiladi. Meynfreymlar kuchli fayl serverlari, global ma’lumotlar bazasi serverlari va bu tarmoqlarning kommunikatsion serverlari sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Sotib olinishi va ekspluatatsiyasi qimmat turadigan bunday hisoblash mashinalarini qo’llash istiqbollari ularning hizmatiga real ehtiyoj bilan qat’iy muttnosiblikni ko’rib chiqilishi lozim.


“Mijoz-server” arxitekturasi davlat g’oyalari lokal hisoblash tarmoqlari birlashtirilishi bilan tashkil qilinadi. Birlashtirish masofaviy fodalanuvchilarga axborot ayirboshlash va masofaviy foydalanuvchilarga axborot ayirboshlash va masofaviy ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalash bo’yicha zarur amallarni samarli va xavfsiz bajarishga imkon beruvchi kommunikatsion jihozlar va dasturiy ta’minotni qo’llash bilan amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari ishchi stantsiyalarida avtomatlashtiilgan ish joyi ham etuvchi vazifalar majmuidan tashkil topadigan dasturiy ta’minot joylashadi. Foydalanuvchilar Davlat g’aznachilik organlari ma’lumotlar bazasi bilan ishlashida AIJ vazifalarining mijoz qismini o’zida jo etadi. Ularning faoliyatini foydalanuvchi interfeysi, ma’lumotlar bazasiga so’rovlarni shakllantirish va so’rovnoma jo’natish ta’minlaydi. Bunday arxitektura markazlashgan ma’lumotlar ma’lumotlar bazasi va nisbatan arzon shaxsiy kompyuter texnikasidan foydalangan holda ergonomik, o’zgaruvchan sozlanishga ega AIJlari hosil qilishga imkon beradi.
G’aznachilik avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari tuzilishiga oid arxitektura tanlovi axborot majmuasining apparat qismiga o’z talabalarini belgilaydi. Masalan, markazlashtirilgan va ierarxiya tamoyili bo’yicha G’aznachilikning markazlashtirish ma’lumotlar bankini tashkil etish sharoitida axborotlar oqimlari hajmi va hujjatlar yaratish mahsuldor serverlar va kuchli korporativ ma’lumotlar bazasini qo’llashni talab qiladi. Bunda shuni hisobga olish joizki, fayl-serverga muntazam murojaat qilishga asoslangan tizimlar reaktsiya vaqtining 3 sekundgacha ortishi operativ sabrsizligi ancha oshiradi. Shuning uchun G’aznachilik organlarida axborotlarni qayta ishlash texnologik jarayonida buxgalterlik tizimi operatorlarining ishi alohida mas’uliyatli joy ekanini hisobga olib, ishchi stantsiyalar uchun tipik komp’yuter sifatida Intel Pentium 100 dan kam bo’lmagan tipdagi mikroprotsessor bazasida sh/k qabul qilinadi. Chunki bundan kam mahsuldorlikka ega mikroprotsessorlar barcha tizimlarning inertsiyaviyligini oshiradi. G’aznachilik xodimlarining aijlarini jihozlash uchun bunday shaklardan foydalanish foydalanuvchilar joriy ishlashi uchun zamonaviy ergonomik grafik interfreyslar API Microsoftni qo’llashga imkon yaratadi. U lokal hisolash tarmog’ida foydalanuvchilarning samarli jamoaviy va individual ishlashni ason tashkil etadi. Jamoaviy yaratish va xujjatlardan foydalanish texnologiyasi negizida LHTda ishlashi g’oyalariga qog’oz tashuvchida ortiqcha yoki keraksiz hujjatlar ishlab chiqarishni qisqartirishga imkon berda.i Bunday texnologiya elektron ofis rejimida g’olari ishining qog’ozsiz texnologiyasini tashkil etadi.
G’aznachilik tashkilotlarida LHTni tuzishda tarmoq operatsion muhiti sifatida “mijoz-server” toifali ob’ekt texnologiyalarini qo’llashga yo’naltirilgan Windows NT operatsion tizimidan va tarmoi foydalanuvchilarining alohida fayllar majmuidan emas, balki ob’ekt-hujjatlar bilan ishlashidan foydalanish mumkin. G’aznachilik tashkilotlari fayl-serveri “Oracle” MBBT asosida tashkil etilishi mumkin. Bu MBBT uchun platforma sifatida UNIX ham, Windows NT ham namoyon bo’lishi mumkin. Axborot uzatish tarmoq protokollari sifatida – TCP/IR, IRX/SPS qatnashadi. Bu amaliy dasturlarning keng spektridan, jumladan, MSDOS, Novell, Windows Z.X. uchun bajarilgandan ham foydalanishga imkon beradi.
Umuman olganda, «mijoz-server» arxitekturasi bazasidan tuzilgan g’oyalarining aat-si o’z tarkibida ofis tizimlarining administratorlari aijlari, axborot xavfsizligi xizmati, turli darajadagi byudjetlar ijrosida aniq funktsiyalar bajaruvchi g’aznachilik organlari va g’aznachilar ma’muriyatiga ega bo’lishi lozim.
Yaxlit ofis ishini va bank tiimlaridagi to’lovlar bilan ishlash, jumlaan, elektron va davlat qimmatli qog’ozlar bozoriga xizmat ko’rsatish tizimi bilan ishlashga bog’liq uning texnologik qismlarini tashkil etish an’anaviy hujjat aylanasida qabul qilingan qog’oz hujjatlarini to’laqonli yuridik muqobili hisoblanuvchi ob’ektlar – elektron xujjatlar bilan jamoaviy ishlash tamoyili asosiga quriladi. Bunday yondashuv taqsimlangan tizimlar ishini murakkablashtiradi, lekin tizimda axborotlarning yuridik yaxlitligi va axborotlarni jamoaviy qayta ishlashda ishonchliligini ta’minlaydi.
Bunday ofisdagi ish joyi hujjatlar yaratish va qayta ishlashining qayta ishlash yo’nalishini ro’yxatga olish va tashkil etishdan to qaror qabul qilinganligi qayd qilinguncha barcha me’yoriy talablarini qoniqtirishi lozim. Odatda, bunday tizimlar hujjat fayllari transporti vositasida AIJdan boshqasiga axborot o’tkazishning yo’nalishli oqimlariga bog’langan konkret avtomatlashtirilgan ish joylarida qat’iy takomillashtirilgan protsedura asosida faoliyat yuritadi.
G’aznachilikda avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini shakllantirish uchun maxsus kommunikatsiya tizimlari tashkil etiladi. Ma’lumotlar uzatilish telefon va telegraf aloqa kanallari bo’yicha amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatning ulkan hududi bo’ylab tarqalgan tashkiliy strukturalar uchun korporativ kommunikatsion qarorlar tuzish doirasida telefon aloqa tizimi va umumiy foydalanishdagi regional komp’yuter-tarmoq qarorlari juda istiqbolli hisoblanadi. Hozirgi vaqtda xalqaro aloqa tizimi “Kvant” seriyali nisbatan zamonaviy kvazi elektron stantsiyalar qo’llanishiga asoslangan. Ular yagona xalqaro kodlardan foydalangan holda, operator ishtirokisiz abonent nomerini terishga imkon beradi. Bu stantsiyalardan foydalanish kommutirlanuvchi kanallar bo’yicha avtomatlashtirilgan axborot ayirboshlashni takshil etishga imkon hosil qiladi. Bunda telefon modemlari bilan jihozlangan va amaliy aloqa dasturiy ta’minotiga mutanosib komp’yuterlardan foydalaniladi. Ayirboshlash tezligi ancha sezilali kattalikda – 12000 dan 28 000 bod va undan yuqoriga erishadi (ajratilgan aloqa kanallarida ma’lumort uzatish tezligi 1,5 Mb ga etishi mumkin).
Masofaviy obonentlar shchrtasida axborot ayirboshning sezilarli trofigida yoki ishtirokchilari o’rtasida bog’lanish mumkin. Bunda axborot uzatish bor-yo’qligidan qat’iy nazar aloqa liniyasi fizik darajada krossirovka orqali jamlangan va doimo mavjud bo’ladi. Shaharlararo va shahar (tuman) telefon ekspluattsiyasi tashkilotlari ijara shartnomasi shartlarida doimiy foydalanishdagi kanal sig’imini ajratib ko’rsatadi. Bunday kanallar ijarasining salmoqli qiymatini hisobga olib, ularni texnik-iqtisodiy asoslash bilan tasdiqlangan zarur hollardagina qo’llash talab etiladi.
Shaharlararo telefon alosasining kommutatsiyalangan kanallaribo’yicha axborot ayirboshlani takshil etishdauzatish xarakteristikasi barqarorligiga obonentlarni bog’lashda tizim tomonidan avtomatik ravishda ajratiluvchi fizik aloqa kanallari sifati sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Biroq, shuni e’tiborga olish kerakki, aloqa liniyasining g’oyat uzunligi, uskunaning va alohida uchastkalarda uzatish liniyalarining jismoniy eskirishi kommutatsiyalanuvchi kanallar bo’yicha telefon modem aloqasi ishonchliligini ancha pasaytiradi. Hozirgi vaqtda sifatli modemlar va ixtisoslashtirilgan kommunikatsion amaliy dasturiy ta’minot bazasida Davlat g’aznachilik organlari axborot texnologiyalarini shakllantirish uchun samardor maydon sifatida foydalaniladi. Bunda ular ma’lumot uzatishning yo’naltirilgan virtual kanallarida real vaqt bo’yicha ish yuritadilar, jumladan, masofaviy terminallardan markaziy ma’lumotlar serveriga ma’lumot uzatishdaaxborotni noqonuniy kirishdan himoyalash bilan shug’ullanadilar.
Shunday qilib, g’aznachilikning avtomatlashtirilgan axborot tizimi integratsiyalangan apparat-dasturiy tizimining tarkibiy qismi bo’lib, alohida axborot – texnologik apparat – dasturiy vositalarni va turli darajadagi Davlat g’aznachilik organlari tizimini, jumladan. Lokal hisoblash tarmog’, alohida avtomatlashtirilgan ish joylari va terminallar, bu muassasalar tasarrufida bo’lgan kommunikatsion komp’yuter tizim va vsoitalarini birlashtiradi.
G’aznachilikning avtomatlashtirilgan axborot tizimi byudjet jarayonining jami ishtirokchilari o’rtasida kelishilgan formatdagi ma’lumotlar operativ va samarali axborot ayirboshlanishini amalga oshirish imkonini taqdim etadi.
Bunda Davlat g’aznachiligi Bosh boshqarmasi, Respublika sub’ektlari bo’yicha Davlat g’aznachiligi boshqarmasi, Davlat g’aznachilikning hududiy organlari kabi davlat g’aznachiligi organlari, byudjet mablag’larini olish, o’tkazish va nazorat qilishda ishtirok etuvchi boshqa muassasa, tashkilot va korxonalar xam ishtirok etadi.

Yüklə 267,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin