Mavzu. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish


-rasm. Tizimli dasturiy ta’minotning stukturasi



Yüklə 267,54 Kb.
səhifə26/120
tarix24.10.2023
ölçüsü267,54 Kb.
#160915
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.

5.7-rasm. Tizimli dasturiy ta’minotning stukturasi
Kompyuterdan foydalanishni osonlashtiruvchi tizim dasturlarining yadrosi operatsion tizimlardir. Operatsion tizim foydalanuvchi bilan komputer orasida bevosita muloqot o’rnatishni, komputerni boshqarishni, foydaldnuvchi uchun qulaylik yaratishni, komputer resurslaridan oqilona foydalanish va hokazolarni ta’minlovchi dasturlardir. Operatsion tizimga fan tilida tarif beradigan bo’lsak u quydagicha jaranglaydi.

Operatsion tizim (OT) – bu kompyuter texnikasi zaxiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o’zaro aloqasini amalga oshiruvchi, foydalanuvchining komputer bilan muloqatini ta’minlovchi dasturiy vocitalar yig’indisidir.
Kompyuter texnikasining istalgan komponentlari va ularga beriladigan imkoniyatlar: markaziy prossesor, tezkor yoki tashqi xotira, tashqi qurilmalar, dasturlar va boshqalar zaxira bolib xizmat qiladi.
Operatsion tizim foydalanuvchiga hisoblash tizimi bilan qulay muloqat qilish usulini (interfeys) taqdim etadi. Interfeys bunda dasturiy va foydalaniladigan bo’lishi mumkin.
O’z navbatida foydalanuvchi interfeys buyruqli yoki ob’ektli-yo’naltirilgan bo’lishi mumkin. Buyruqli interfeys komputer zahiralarini boshqarish bo’yicha harakatlarni bajarishda foydalanuvchi tomonidan buyruqlarni klaviaturadan kiritishni ko’zda tutadi. Ob’ektli-yo’naltirilgan interfeys – fayllar, kataloglar, diskovodlar, dasturlar, hujjatlar va boshqalarni taqdim etuvchi ob’ektlar ustidan operasiyalarni amalga oshirish vositasida hisoblash tizimlari zahiralarini boshqarishdir.
Har bir komputer albatta operatsion tizim turkumiga ega bo’ladi, ularning har biri uchun amaliy dasturlarning o’z tukkumi yaratiladi.
Hozirgi paytda turli operatsion tizimlar mavjudj. Masalan: UNIX, LINUX, MS DOS, OS/2, WARP, WINDOWS, Macintoch, Android, Kai OS, Lineage OS, Fire OS, Flyme OS, iOS, Windows 10 Mobile, Sailfish OS, Tizen, Remix OS va boshqalar. Dasturlar odatda magnit yuritgichlarga joylashgan bo’ladi. Ammo operatsion tizimlar va u bilan bog’liq dasturlar ancha katta hajimga ega bo’lgani uchun keyingi paytlarda lazer disklariga yozilmoqda.
Ba’zi bir tizimli dasturlar, masalan, kiritish-chiqarishning asosiy tizim dasturlari (ular BIOS) to’g’ridan to’g’ri komputerning doimiy xotirasida saqlovchi qurilmasiga yozilgan bo’ladi.
Operatsion tizimlardan quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi talab qilinadi:
1. Ishonchlilik. OT o’zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo’lishi kerak. OT foydalanuvchi aybi bilan vuyudga kelgan xatoni aniqlash, uni tahlil qilish va tiklash holatida bo’lishi kerak. OT foydalanuvchini o’zi tomonidan qilingan zatodan himoyalashi hech bo’lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zararni minimumga olib kelishi kerak.

Yüklə 267,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin