7-mavzu. Taqdimotlar yaratish instrumental vositalari
Reja:
1. Taqdimot muharrirlarining asosiy tushunchasi va ishlash tamoyillari
2. Taqdimot muharrirlarida amallar bajarish usullari
3. Biznesda Google Workspaceda taqdimot yaratish bosqichlari
4. Google Slides, Prezi va iSpring dasturida video taqdimot yaratish tamoyillari
Tayanch so’z va iboralar: Taqdimot, audiovisual vositasi, animatsiya, grafika, ssenariy, multimediali taqdimot, slayd-shou, dasturiy ta’minot, chiziqli taqdimot, interfaol taqdimot, prezentatsiya (taqdimot), slayd, Power Point, Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, Format, Servis, Tablitsa, Okno.
1. Taqdimot muharrirlarining asosiy tushunchasi va ishlash tamoyillari
Taqdimot (inglizcha presentation so’zidan olingan) – audiovizual vositalardan foydalanib ko’rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o’zida mujassam etadi. Odatda taqdimot ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy va strukturaga ega bo’ladi. Taqdimotlar so’z bilan ifoda qilish qiyin bo’lgan jarayonlarni tez, aniq va tushunarli bo’lishi, axborotni qabul qilishda turli xil ko’rinishlarda aks etirilishi o’qituvchiga darsni tashkillashtirish va faol bo’lishida ko’makchi vositasini o’taydi.
Multimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo’rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o’lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo’lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o’zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
Ma’lumki, inson ma’lumotning ko’p qismini ko’rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televidenieda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e’tiborini ko’proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
Multimediali taqdimot ma’lumotni to’g’ridan to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko’radi va o’zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o’n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho’ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o’lchamli grafikalarni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, ko’paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi.
Taqdimot turlari:
Chiziqli taqdimot – murakkab grafika, videoqo’yilma, ovoz jo’rligidagi va navigatsiya tizimiga ega bo’lmagan dinamik rolik. Chiziqli taqdimotlar mo’ljallanishiga ko’ra shartli ravishda quyidagi shakllarga bo’linadi:
stend shaklidagi multimedia taqdimoti;
elektron doklad yoki jo’rlikdagi taqdimot;
sales-taqdimot;
promo-rolik;
intro-rolik;
ekran himoya lavhalari (ScreenSavers).
Interfaol taqdimot – ierarxik tamoyillar bo’yicha tuzilmaga keltirilgan va maxsus foydalanuvchi interfeysi orqali boshqariladigan multimediali komponentlar to’plami. Foydalanish maqsadidan kelib chiqib, interfaol taqdimotlar shartli ravishda quyidagi turlarga bo’linadi:
korporativ multimediali taqdimot;
multimediali katalog;
mahsulot taqdimoti;
o’rgatuvchi yoki test dasturi;
erkin foydalanishga ruxsat berilgan kompyuterlar uchun multimedia qobig’i;
elektron nashr yoki multimedali kitob.
Axborot taqdim etishning eng samarali vositalaridan biri taqdimotlarni kompyuterlarda ishlab chiqishning eng ko’p tarqalgandir. Darslarni tashkililashtirish, ko’rgazmali, samarali bo’lishda taqdimotlardan foydalanmasdan erishish qiyin. Taqdimotning samarali bo’lishi nafaqat ilg’or g’oyalaringizga balki taqdimotning ko’rinishiga ham bog’liq boladi.
Tinglovchilar bilan vizual aloqa o’rnatishda taqdimotning tashqi ko’rinish muhim ahamiyat kasb etadi. Dars jarayonida taqdimotlar ko’rgazmali qo’llanma sifatida foydalaniladi.
Kundalik hayotimizda biz ko’pchilik hodisalar bilan tanishamiz va bular inson ongida turlicha aks etishi bilan farqlanadi. Butun borliq atrofimizni o’rab turgan olamning ongimizdagi aksi bu – axborot sanaladi. Inson hamisha ko’rganlarini eslab qolishga va yoddan chiqarmaslikka harakat qiladi. Buning uchun esa turli xil yo’llarni o’ylab topadi va rivojlantiradi. Hozirgi elektron hisoblash texnikalari rivojlangan davrda buning yo’li juda osonlashib qolgan. Elektron qurilmalar va shu maqsadga yo’naltirilgan vositalar bunda katta yordam beradi. Aynan shunday maqsaddagi ishlar uchun ham Microsoft Office kompaniyasi Power Point dasturini ishlab chiqargan.
Prezentatsiya – bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekt shaklida bitta faylda saqlanadi, Prezentatsiya (taqdimot) – yaratilayotgan slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Slayd – bu prezentatsiyani alohida kadri bo’lib, matnni, sarlavhalarini grafik va diagrammalarni o’z ichiga oladi. Slayd - ma`lum bir o’lchamga ega bo’lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elеmеntlari joylanadi. Ma’ruza konspekti – Power Pointda prezentatsiya ustida ishlash jarayonida yaratilgan ma’ruza konspekti.
Power Point – bu grafik dasturlar paketi bo’lib, elektron slaydlarni tayyorlash, ular bilan tanishishni uyushtirish va slaydfilmlarni namoyish etishga tayyorlaydi.
Prezentatsiya – bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni ekranda ko’rsatish, tarkatiladigan material, dokladni plani va konspekti shaqlida bitta faylda saqlanadi.
Slayd – bu prezentatsiyaning alohida kadri bo’lib, uz ichiga matnni, sarlavxalarni, grafik va diagrammalarni olishi mumkin.
Tarkatiladigan material – qulay shaqlda bosib chikarilgan va tanishish uchun mo’ljallangan materiallar.
Dizayn kolipi – professional tomonidan oldindan tayyorlab quyilgan grafiklar, buyoklar, jilolar, tovushlar namunasi bo’lib, ular slaydlarda ishlatish uchun mo’ljallangan.
Animatsiya – bu slaydlarni namoyish qilish va ko’rsatishda ularni samaradorligini oshiruvchi tovush, rang, matn va harakatlanuvchi effektlar va ularni yigindisidan iborat.
Prezentatsiyalar tayyorlashda eng effektiv va universal vositalardan biri - bu Microsoft Office ilovasidagi – POWER POINT dasturidir. U grafik axborotlar, slaydlar, ovoz, video kliplar, animatsiyalardan foydalanib, sifatli prezentatsiyalar yaratish imkonini beradi. Bu dastur yordamida slaydlarni kullab ma‘ruzalar tashkil qilish va ularni maxsus plyonkalarga, kogozlarga, 35 mm.li slaydlarga chop etish, kompyuter ekranida namoish etish mumkin. Shu bilan birga tinglovchilarga tarkatish uchun ma‘ruza konspektlarni va boshqa materiallarni tayyorlash mumkin.
Chop etish vaqtida ma’ruza konspektining har bir betida slayd va tekstning mazmunini tushuntiruvchi kichiklashtirilgan tasvir chiqarilgan bo’ladi. Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi) – faqatgina slayd sarlavhasini, shuningdek, grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakllantirishni ichiga olgan hujjat.
Microsoft Power Point (to'liq nomi — Microsoft Office Power Point, inglizcha: power pointpower point — ishonarli hisobot) — taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga mo'ljallangan dastur bo'lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. Bu dastur 1987 – yilda yaratilgan bo’lsa ham, shu kungacha hech qanday ahamiyatini yoqotmagan va hali hamon yetakchi o’rinlarni egallab kelmoqda. PowerPointda yaratilgan taqdimotlar proyektor yordamida katta ekranlarda yoki katta o'lchamli televizion ekranlarda ko'rishga mo'ljallangan.
Microsoft Power Point — univеrsal, imkoniyatlari kеng bo`lgan, ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animasiya effеktlari, ovoz, vidеorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini bеradi.
Microsoft Power Pointdan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi yoki u yangi ish boshlovchi bo’lsa, yoki tajribali bo’lishidan qat`iy nazar, ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi. Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi taqdimot masalasini hal etish ham oson, ham tez va asosiysi, sarf-harajatni juda ham kam bo’lishini ta'minlaydi. Shunday dasturlar yaratildiki, saydlar tayyorlash uchun matn, grafik muharrirlari, elektron jadval, multimedia dasturlari va Internet xususiyatlarini bog’lagan holda, quyidagi imkoniyatlarni beradi:
1) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda joylashtirish;
2) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida ixtiyoriy tartibda joylashtirish;
3) taqdimotdagi bir slayd bezagini qolgan barcha slaydlarga avtomatik o’tkazish;
4) taqdimotdagi har bir slaydni alohida ko’rinishda bezash;
5) taqdimotda multimediali slaydlar yaratish. Dastur tomonidan matn, rasm, grafik va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda joylashtirish.
Taqdimot qilish tеxnologiyasining samaradorligi ko`p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va h.k.larga bog`liq ekanligini ham unutmaslik lozim.
Dostları ilə paylaş: |