Ma'lumotlar bazasi –bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma'lumotlar majmuasi bo’lib u ko’rilayotgan ob'yektlarni xususiyatini, holatini va ob'yektlar ortasidagi munosabatni ma'lum sohada tavsiflaydi.
Ma’lumotlar bazasini (MB) yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olish zarur:
ma'lumotlar turi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan dasturlarga bog’lik bo’lmasligi lozim, ya'ni MBga yangi ma'lumotlarni kiritganda yoki ma'lumotlar turini o’zgartirganda, dasturlarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim.
MB dagi kerakli ma'lumotni bilish yoki izlash uchun biror dastur tuzishga xojat qolmasin.
Shuning uchun ham MB ni tashkil etishda ma'lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma'lumot so’zidan farqlaymiz, ya'ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma'lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki xodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Bugungi kunda ma'lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri esa hozirgi zamon komp’yuterlaridir. Komp’yuterlarda saqlanadigan MB–bu maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Komp’yuter xotirasida har bir fayl, yozuv deb ataladigan bir xil turdagi qismlardan iborat bo’ladi. Yozuv – o’zaro boglangan ma'lumotlarning bir qismidir.
Iqtisodiyotda axborot komplekslarida ma’lumotlar bazasini tashkil etish juda muhim vazifa hisoblanadi. Bu sohada MBdan samarali foydalanish uchun ma’lumotlar bankini tashkil qilish lozim.
Ma'lumotlar banki – bu o’zaro bog’langan ma’lumotlar bazasi bo’lib, bo’lib, dasturiy va texnik ta’minot yordamida ma’lumotlarni saqlash, to'plash, yangilash, qidirish va uzatish imkonini beradigan avtomatlashtgirilgan tizimdir.
Ma'lumotlar bankining asosiy elementlari - bu ma'lumotlar bazasi va ma'lumotlar bazasi boshqaruv tizimi deb nomlangan dasturiy mahsulot hisoblanadi.
Ma'lumotlar bazasini tashkil kilishdagi quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
Dostları ilə paylaş: |