Mavzu. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish


- jadval. ATMda nima yangiliklar bor



Yüklə 267,54 Kb.
səhifə76/120
tarix24.10.2023
ölçüsü267,54 Kb.
#160915
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   120
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.

17.1- jadval. ATMda nima yangiliklar bor

O‘zgarish


Biznesga ta’siri




Texnologiya




Bulut hisoblash platformasi innovatsiyalarning asosiy tijorat sohasi sifatida namoyon bo‘ladi.


Kompyuterlarning Internetdagi egiluvchan yig‘ilishi korporativ kompyuterda bajariladigan vazifalarni amalga oshirishni ta’minlaydi. Ko‘plab tijorat ilovalari internet xizmati sifatida onlayn tartibda yetkazib beriladi (Servis tariqasidagi dasturiy ta’minot yoki Saas).






Katta ma’lumot


Firmalar Veb traffik, elektron pochta xatlari, ijtimoiy tarmoq ma’lumotlari hamda mashinalardagi katta hajmdagi ma’lumotlardan ularning mohiyatini qidirishadi, buning uchun ma’lumotlarni qabul qilish, saqlash va tahlil qilish (qayta ishlash) uchun yangi axborot boshqarish vositalari talab qilinadi.


Uyali raqamli platformalar yaxlit tijorat tizimi sifatida shaxsiy kompyuterlar bilan raqobatga kirishmoqdalar.


Apple iPhone telefonlari va planshet kompyuterlari hamda Android uyali aloqa qurilmalari hamkorlikni ta’minlash maqsadida yuz minglab ilovalarni yuklab olishi mumkin, lokatsiyaga asoslangan xizmatlar, kasbdoshlar bilan muloqot qila olish uchun juda qulay vositalardir. iPad va Kindle Fire kabi kichik planshet kompyuterlar iste’molchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun odatiy noutbuklar va platformalardan afzal bo‘lib qolmoqda.


Boshqaruv




Menejerlar korxonadagi muloqot tizimini, o‘zaro bilim almashinuv jarayonini yaxshilash maqsadida onlayn hamkorlik hamda ijtimoiy tarmoq dasturiy ta’minotlarini o‘zlashtiradilar.


Google Apps, Google Sites, Microsoft Windows SharePoint Services hamda IBM Lotus Connections dasturlari 1700 milliondan ortiq biznes professional xodimlari tomonidan o‘zlarining bloglarini saqlash, loyiha boshqarish, onlayn uchrashuvlar o‘tkazish, shaxsiy profillarni, ijtimoiy sahifalarni hamda ijtimoiy jamoalarni ochish maqsadida butun jahon miqyosida foydalanilib kelinmoqda.


Biznes uchun foydalaniladigan ilovalar


Ma’lumotlarni nisbatan kuchli tahlil qilish va interfaol uskunalar panelini ta’minlovchi real vaqt (tezkor) ma’lumotlarni yetkazib beruvchi ilovalar menejerlar uchun tegishli qarorlarni qabul qilishda qo‘llaniladi.




Virtual uchrashuvlar


Menejerlarning yo‘l xarajatlari hamda ketadigan vaqtini tejash uchun, shuningdek hamkorlikni mustahkamlash va qaror qabul qilish jarayonini yaxshilash maqsadida telefoniya vositalari orqali videoaloqa hamda Veb majlis o‘tkazish (konferensiya) texnologiyalaridan foydalanishadi


Tashkilotlar




Ijtimoiy biznes


Korxonalar o‘zlarining xodimlari, mijozlari va islab cyiqaruvchilari bilan muloqotni tezlashtirish maqsadida Facebook, Twitter kabi ijtimoiy tarmoq platformalari hamda ichki korporativ ijtimoiy vositalardan foydalanishadi. Xodimlar bloglar, viki, elektron pochta matnlari hamda SMS xabarlaridan foydalanib onlayn jamiyatda muloqotni tezlashtirishlari mumkin.


Masofadan ishlash ish joyidagi jarayonni tezlashtiradi.


Internet, simsiz noutbuklar, smartfonlar va kompyuter planshetlari son jihatdan o‘sib borayotgan ishchilarga ish joyidan turib uzoqda ishlash imkonini yaratadi. Ellik besh foiz Amerika korxonalarida o‘ziga xos masofadan bajariladigan ish dasturlari mavjud.




Biznes qiymatni hamkorlikda yaratish


Korxonalarda qiymat manbai ichki ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar bo‘lib, yetkazib berish tizimlari hamda yangi mahsulotni ishlab chiqarish kundan kunga global hamkorlikda amalga oshirilib borilmoqda, mijozlarning o‘zaro hamkorligi korxonalarga yangi mahsulot va xizmatlarni aniqlash imkonini yaratib bermoqda.


Iqtisodiyotning barcha sohalari rivojlanish jarayonlarini axborot tizimlariga jiddiy investitsiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Axborot tizimlariga investitsiyalar bo’lmaganda Amazonka, eBay, Google va E*Trade elektron tijorat firmalari hattoki mavjud bo‘lmas edilar. Bugungi moliya, xizmatlar sohasi, sug‘urta, ko‘chmas mulk, maishiy xizmatlar, sayohat, sog‘liqni saqlash, ta’lim kabi sohalar axborot tizimlarisiz ishlay olmas edilar. Walmart i Sears kabi chakana savdo firmalari hamda General Motors va General Electric ishlab chiqarish firmalari axborot tizimlarini rivojlanishi evaziga gullab yashnashmoqda. Ofis telefonlari, osmono‘par binolar XX asrda biznes asosi bo‘lgan bo‘lsa, XXI asrda esa axborot axborot texnologiylarini qo‘llash va uni korporativ strategiyalarda amalga oshirish muhim bo‘lmoqda.

Texnologiya biznesning asosi bo‘lib hisoblanadi. Besh yildan so‘ng qanday biznesni istashi uning tizimlari nimalarga qodir bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Bozorda hissalarining oshishi, arzon yoki yuqori sifatli ishlab chiqaruvchi sifatida shakllanishi, yangi mahsulotlarni rivojlantirishi va xodimning unumdorligini oshishi aksariyat hollarda tashkilotning axborot tizimlari sifati va turlariga bog‘liq bo‘ladi. Siz bu munosabatlarni qanchalik yaxshi tushunganingiz sari menedjer sifatida qadrli bo‘lasiz. Ma’lumki, ishbilarmon firmalar quyidagi oltita strategik ishbilarmonlik maqsadlari, ya’ni foydalanishga oid ustunlik; yangi mahsulotlar, xizmatlar va modellar; mijoz va ta’minlovchi o‘rtasidagi yaqinlik; qaror qabul qilishning yaxshilanishi; raqobatbardosh ustunlik va chidamli bo‘lish kabilarga yetishish uchun o‘z mablag‘larini asosan axborot tizimlariga kiritadilar.


Yüklə 267,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin