Mavzu. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish



Yüklə 267,54 Kb.
səhifə18/120
tarix24.10.2023
ölçüsü267,54 Kb.
#160915
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   120
Bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish.

Tizimli blok - kompyuter ishini ta’minlaydi va boshqaradi. U quyidagi qismlardan tashkil topadi.
Bosh plata. Barcha kompyuter qismlari, asosiy va qo’shimcha qurilmalar ulanadigan maxsus plata.
Mikroprotsessor – kompyuterning eng muhim qismini mikroprotsessor tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma- mikroprotsessor deyiladi. Bir so’z bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarni bajaradi. Hozirgi kunda mikroprotsessorning turli turlari mavjud: Intel Pentium, Intel Celeron , AMDA
Operativ xotira - kompyuterning vaqtinchalik xotirasi, u kompyuter ishlayotgan paytda dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydigan qurilma. Kompyuter tezligi operativ xotira hajmiga ham bog’liq bo’ladi. Operativ xotira hajmi qanchalik ko’p bo’lsa, shunchalik kompyuter ko’p ma’lumotlar ustida turli amallarni bajara olish imkoniga ega bo’ladi. Kompyuter o’chirilishi bilan operativ xotira tozalanadi.
Doimiy xotira (vinchester) - ma’lumotlar doimiy saqlanadigan maxsus qurilma. Xotira hajm bilan o’lchanadi. Hajm ko’p bo’lsa, kompyuter shunchalik ko’p ma’lumotlarni saqlash imkoniga ega bo’ladi.
Monitor - kompyuterdagi ma’lumotlarni ekranda tasvirlovchi qurilma. Monitorlar oq-qora va rangli turlarga ega. O’lchami televizorlarga o’xshash: 14, 15, 17, 19, 21 dyuym va hokazo. 15 va 17 dyuymli monitorlar kengroq tarqalgan. Katta ekranli monitorlar odatda grafika bilan shug’ullanuvchilar uchun qulaydir.
Klaviatura - foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo’ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy ko’rinishi undagi tugmachalar soni va joy­lanishiga qarab turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o’zgarmaydi.
Kompyuter texnikasining qo’shimcha qurilmalari
Printer - Printerlar kompyuterda olingan natijalarni va ma’lumotlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko’rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo’ladi: matritsali, purkovchi va lazerli.





Sichqoncha – kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmasi hisoblanadi. Sichqoncha yordamida ma’lumotni kompyuterga kiritish tezlashtiriladi va kompyuter bilan foydalanuvchi muloqoti engillashtiriladi.





Skaner - matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma.



Modem (faks-modem)- Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so’zlaridan olingan bolib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma’lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o’rnatishdir. U o’zining kommunikatsion programmalariga ega bo’lib, bu programmalar yordamida uzoq masofalarga ma’lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo’ladi.




Tarmoq platasi - kompyuterni ichki mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beradi. Mahalliy tarmoq bir necha kompyuterni birlashtiradi va ma’lumot almashish imkonini beradi.

Yüklə 267,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin