2. Himoya. OT bajarilayontgan masalalarni o’zaro bir-biriga ta’siridan himoyalashi kerak.
3. Bashorat. OT foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari tizimda qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma-ketligi qanday bo’lishidan qat’i nazar natija bir xil bo’lishi kerak.
4. Qulaylilik. Foydalanuvchiga OT ni taklif qilishdan maqsad resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Tizimni inson psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak.
5. Samaradorlik. Resurslar taqsimotida OT foydalanuvchi uchun tizim resurslaridan foydalanish darajasini maksimal oshirishi kerak. Tizimning o’zi esa iloji boricha kamroq resurslardan foydalanishi zarur. Resurslarning OT tomonidan band qilinishi foydalanuvchiimkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi.
6. Moslanuvchanlik. Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OT samaradorligini oshirish maqsadida ko’paytirishniyoki kamaytirishni mumkin.
7. Kengaytiruvchanlik. Evolyutsiya jarayonida OT ga yangi fizik va dasturiy resurslar qo’shilishi mumkin.
8. Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir bo’ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
OT ning asosiy vazifasi bu-resurslar taqsimoti va boshqarishdan iborat. OT foydalanuvchini resurslar taqsimotidan ozod qilib komputerni uch xil rejimda ishlashini ta’minlashi mumkin.
Operatsion sistemani quyidagi sinflarga bo’lish mumkin:
Bir masalali va ko’p masalali;
Bir foydalanuvchili va ko’p foydalanuvchili;
Bir dasturli rejim – komputerning barcha resurslari faqat bir dasturga xizmat qiladi.