Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
Kompilyator dasturlash tilidagi dasturni mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi.
Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dasturning bevosita bajarilishini ta’minlaydi.
Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to’plamidan iborat.
Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi.
Case-texnologiyasi informatikaning hozirgi paytda eng terkor rivojlanayotgan sohalaridan biridir.
CASE – Computer Aided Sistem Engineering – axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bo’lib, CASE-texnologiyasi turli mutaxassislar, jumladan, tizimli taxlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadigan ko’pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qo’llaniladi.
Case-texnologiyalari vositalari nisbatan yangi, 80-yillar oxirida shakllangan yo’ nalishdir. Ulardan keng ko’lamda foydalanish qimmatligi tufayli chegaralangandir.
Case-texnologiyasi – murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyihalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug’i – komputerning mahalliy tarmog’ida ishlayotgan mutaxassislarni birgalikda, hamkorlikda loyiha ustida ishlashini tashqil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila olishligi va loyihani tashkiliy boshqara bilishligidadir
4. Zamonaviy operatsion tizimlarining ishlash asoslari
Tizimli dasturiy ta’minot (TDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
Tizimli dasturiy ta’minot ikkita qismdan – asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot komputer bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo’shimcha tarzda yaratilishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta’minot (base software) – komputer ishini ta’minlovchi dasturlarning minimal to’plamidan iborat bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
operatsion tizim (OT);
tarmoq tizimlari.
Yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengayturuvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, komputerning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.
Shunday qilib, tizimli dasturiy ta’minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: |