16-mavzu. Iqtisodiyotda axborot tizimlarining o‘zaro integratsiyasi
Reja:
1. O‘zaro integratsiyalashgan axborot tizimlari haqida umumiy tushunchalar.
2. Tashkilotda o‘zaro integratsiyada ishlaydigan avtomatlashtirilgan tizimlarni o‘rni va vazifasi
3. Integratsiyalashgan axborot tizimlari
4. SAP va CRM tizimlarining rivojlanish tendentsiyalari, mobil platformalarga asoslangan integratsiyalashgan tizimlari
Tayanch so’z va iboralar: Integratsiyalashgan axborot tizimlari, Tranzaktsiyalarni bajaruvchi tizim, ofisni avtomatlashtiruvchi tizim, Bilimlarni ishlab chiquvhi tizim, lokustli avtomatlashtirish, Integratsiyalangan axborot, axborot telekommunikatsiya, korporativ xizmatlari, mufassal depozitlar, artefaktlar, transparent repository, integratsiya texnologiya.
Integratsiyalashgan axborot tizimlari qahida tushuncha
Korxonaning zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimi zamonaviy axborot texnologiyalarining ishlashi, biznes maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun integratsiya muhiti hisoblanadi. Bitta axborot tizimi doirasida turli boshqaruv funksiyalarini avtomatlashtiruvchi va boshqaruvning turli bosqichlaridagi qaror qabul qilish jarayonida tayyorgarlik bosqichida faol qo‘llanuvchi o‘nlab ATlar ishlatilishi mumkin. (4.1-rasm). Shu munosabat bilan bugungi kunda ichki bozorni ishlab chiqish va joriy etishda ikkita asosiy yo‘nalish hukmronlik qilmoqda.
Birinchisi, masalan, korxona avtomatlashtirish tizimini faqat o‘z faoliyatining ayrim sohalarida tanlangan (“lokustli”) avtomatlashtirish bilan ta’minlab va keyinchalik ularni umumiy tizimga birlashtirishni taklif etib joriy etishga harakat qiladi. Garchi, bu yo‘l, bir qarashda, kam xarajatdek ko‘rinsada, bu kabi tizimlarni amalga oshirish tajribasi shunga o‘xshash loyihalarda minimal xarajatlar ko‘pincha eng kam daromadga aylanishini ko‘rsatdi yoki umuman kutilgan natijani keltirib chiqarmaydi.
Ikkinchi yo‘nalish — avtomatlashtirish tizimini kompleks amalga oshirish va jarayonlarni axborotlashtirib kuzatish, bu menejment tizimining barcha bo‘g‘imlarini: ishlab chiqarishni qismlarga ajratishning eng past bosqichidan yuqori boshqaruv darajasigacha egallashga imkon beradi. Bu kabi holatlarda ushbu integratsiyalangan tizim quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish va axborot bilan ta’minlash, tahlil qilish va strategik rejalashtirish jarayonlari;
korxona faoliyatining ko‘plab yo‘nalishlarini avtomatlashtirish (buxgalteriya hisobi, moliyaviy boshqaruv, shaxsiy, savdo, ta’minot va hokazo);
korxonaning asosiy texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish va axborot bilan ta’minlash.
Yechim turlari
|
Taskiliy qism:
|
|
tadbiqiy
|
Bilimlar
|
boshqaruvchi
|
Strategik
|
Shakllangan
|
Hisoblar
Tranzaktsiya
|
Elektron
Hujjat aylanishini
rejalashtirish
|
Ishlab chiqarish
Sifatini oshirish
|
Qisman shakillangan
|
Mahsulotlarni ishlab chiqish
|
Byudjetni tayyorlash
|
|
|
Loyihani rejalashtirish
|
Ishlab chiqarishni rivojlantirish
|
Shakillanmagan
|
|
Axborotni tayyorlash
|
Yangi mahsulotlar
Yangi bozorlar
|
TPS – Tranzaktsiyalarni bajaruvchi tizim;
|
OAS – ofisni avtomatlashtiruvchi tizim;
|
KWS – Bilimlarni ishlab chiquvhi tizim;
|
MIS – Axborot tizimlarini boshqaruvchi;
|
DSS – Qaror qabul qilishni qo’llab quvvatlovchi tizim (QQQQT);
|
ESS – Bajaruvchi tizim;
|
EIS –Ekspert tizimlari.
|
16.1-rasm. Turli yechimlarni qo’llab-quvvatlovchi axborot tizim osti kategoriyalari
Lokustli avtomatlashtirishda korxona faoliyatining haqiqiy manzarasini ko‘rishning deyarli imkoni yo‘q. Shunday ekan, uning faoliyatini va shunga mos moliyaviy ko‘rsatkichlarini rejalashtirish imkonsiz hamda hech qanday asoslanmagan. “Lokustli” axborot muhitining natijasi uni tashkil etuvchi ishlar samarasining pastligi, qo‘llab-quvvatlash, ekspluatatsiya va rivojlantirishga xarjlarning oshishi, biznes-jarayonlarni kerakli darajada talab etiladigan axborot hisoblash va analitik qo‘llab-quvvatlash bilan ta’minlashning imkoni yo‘qligidir.
16.2–rasm. Korxona boshqaruvini itegrallashgan tizimini tashkil kiluvchi apparat-kommunikatsion sxemasi
Integratsiya format va ma’lumotlar bazasi, dasturiy ta’minot va tarmoq qurilmalari, foydalanuvchi interfeyslari, hujjatlarni yuritish shakli va shabloni, dasturiy ilovalar va hokazolar darajasida amalga oshirilishi mumkin. Bunday integratsiyaning foydalari aniq. U: avval bajarilgan investitsiyalarni saqlashga; kompaniya ta’sirining axborot sohasini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishdagi vaqt va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish; muayyan vazifalarni hal qilish uchun alohida ishlab chiqaruvchilarning eng samarali tizimlarini ishlatish; mavjud axbort tizimlarini unda to‘plangan ma’lumotlar bilan alohida imkoniyatlarini kengaytirish va rivojlantirish oson.
Dostları ilə paylaş: |