Elektron va elektromexanik elementlar, aloqa tarmoqlari va
hokazo
Ma’lumotlarni qayta ishlash
Telekommunikatsiya tizimi
Kompyuterlar, modellar, kabel, tarmoq dasturiy ta’minot va hokazo
Axborot uzatish
Axborot
tizimi
Kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, axborot va dasturiy ta’minot, odamlar.
Kasbiy axborot ishlab chiqarish
Tashkiliy murakkablik. Tizimning asosiy xususiyati sanaladi va u elementlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar (o’zaro harakatlar) miqdori bilan aniqlanadi. Elementlar o’rtasidagi chatishib, qo’shilib ketgan o’zaro aloqalar shunday tuzilganki, u birorta parametr aloqasining o’zgarishiga olib keladi.
Tashkiliy murakkablik elementlar tizimini tashkil etuvchi tavsiflar miqdori bo’lmagan, yaxlit holda, faqat tizimga tegishli tavsiflar aniqlaydi. Umuman olganda, tizim uni tashkil etuvchi elementlardan boshqacharoq tavsiflarga ega bo’libgina qolmay, balki uning barcha qismlaridan sifat jihatidan farqlanadi. Shuningdek elementlar ega bo’lmagan boshqa vazifalarni ham bajarish xususiyatiga ega.
Tizim butunligining o’ziga xosligi bilan aniqlanadigan yangi xususiyatlarning paydo bo’lishi ba’zan emerjentlik (inglizcha «emergent» - yuzaga keluvchi, paydo bo’luvchi) deb ataladi. Tizimlarni qismlarga, ayniqsa o’zi tarkib topadigan elementlarga bo’lganda bunday vazifalar yoki tavsiflar o’z-o’zidan yo’q bo’ladi.