Mavzu: bilish nazariyasi



Yüklə 95 Kb.
səhifə11/16
tarix21.10.2023
ölçüsü95 Kb.
#158516
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
6 mavzu. Bilish nazariyasi

Haqiqat – bu inson bilimlarida borliqning to‘g‘ri in’ikos etishi, predmet va hodisalar asli qanday bo‘lsa, ularni inson o‘z miyasida xuddi shunday in’ikos ettirgan bilimlardir. Haqiqat - bu borliqdagi predmet va hodisalar yoki ularning belgi va xususiyatlarini o‘zi emas, balki ular haqidagi inson bilimlarining o‘sha predmet va hodisalarning asliga ularning belgi va xususiyatlariga mos kelishidir.
Inson o‘z bilish jarayonida kashf etgan tabiat va jamiyat qonunlari haqiqatlardir. Ular o‘zlari ifodalagan mazmunlariga ko‘ra, bir jihatdan insonga, uning ongiga bog‘liq bo‘lmasa ham, boshqa jihatdan, ya’ni inson fikrida ifodalanish shakliga ko‘ra sub’ektivdir; inson ularni o‘z ongida aks ettiradi. Haqiqatdan ham, bizning sezgilarimiz, idrok va tasavvurlarimiz, tafakkurimiz va bir butun ongimiz ob’ektiv borliqdagi predmet va hodisalarni to‘g‘ri in’ikos ettiradi, ular o‘z mazmunlari jihatidan Shu predmet va hodisalarga mos keladi.
Falsafa tarixida haqiqat (bilimlarning haqiqiyligi) muammosi qadimgi davrlardayoq ta’riflangan. “Avesto”da haqiqat oliy sharofatdir deyiladi. Darhaqiqat insoniyat doimo haqiqatga intilgan. Zero haqiqat adolatga, sharofatga eltadigan buyuk qudrat. Aristotel fikricha haqiqat – mulohazalar va amaldagi holat o‘rtasidagi muvofiqlikdir.
Platon haqiqatni g‘oyalar dunyosiga mos keluvchi g‘ayritabiiy mustaqil ideal mohiyat sifatida tushungan, inson bilimi jonning shu g‘oyalar dunyosi bilan mushtarakligi darajasidagina haqiqiydir, deb hisoblagan.
Foma Akvinskiy haqiqat yolg‘on narsalarda emas, balki aqlda mavjud bo‘ladi, har bir narsa o‘zi bog‘liq bo‘lgan aqlga munosabati darajasidagina haqiqiy deb nomlanishi mumkin, deb qayd etgan.
Beruniy fikricha, haqiqat bilimning voqelikka muvofiqligidir. Forobiy fikricha, haqiqatni bilish aqlning kamolotiga bog‘liq. Bu aql inson qalbidadir, uning kamolotiga esa faol aqlga qo‘shilish orqali erishiladi. Faol aqlda borliqning eng oliy darajasi bo‘lgan. Birinchi sababdan boshlab to oxirgi haqiqatning barcha sura shakllari mavjud. Shuningdek Forobiy va uning izdoshlari fikricha, haqiqat bir nechta bo‘lishi mumkin emas, haqiqat bitta, Shu bois falsafa ham bir nechta bo‘lishi mumkin emas. Forobiy haqiqatning o‘zgarmasligiga ishongan va falsafani haqiqatning birdan bir ifodasi deb hisoblagan1.

Yüklə 95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin