Mavzu: bilish nazariyasi



Yüklə 95 Kb.
səhifə4/16
tarix21.10.2023
ölçüsü95 Kb.
#158516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
6 mavzu. Bilish nazariyasi

Ongni diniy tushunish uni ilohiy hodisa, xudo yaratgan mo‘‘jiza tarzida talqin qilishga asoslanadi. Ko‘pgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy aqlning mittigina aks etishi, uning namoyon bo‘lish shakli tarzida tavsiflanadi. Inson tanasidagi ruh bizning istak va fikrlarimizning taShuvchisidir. Jon o‘lishi bilan ong ham o‘ladi. Bunday qarashlarning ildizi juda qadimiy bo‘lsa-da, ular hamon o‘zining ko‘plab tarafdorlariga ega. Zero, u olam va odamning yaratilganligi masalasi bilan bevosita bog‘liqdir. Kimda-kim olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong ham yaratganning qudrati ekanligini tan olishi tabiiy.
Ong moddiylikning miyada aks etishi deb tushunishda, uning mohiyati inson tanasi faoliyati bilan bog‘lab talqin etiladi. Bunday qarashlar ham qadimiy ildizlarga ega. XVIII asrga kelib ongni bevosita inson miyasi faoliyati bilan bog‘lashga harakat qilgan qarashlar ham shakllandi. Ayni paytda materialistik yo‘nalish nomini olgan bunday yondashuvlar doirasida ongning mohiyatini buzib talqin qilish hollari ham paydo bo‘lgan. Falsafa tarixida «Vulgar materializm» deb nom olgan oqim namoyandalarining qarashlari bunga misol bo‘la oladi. Ularning fikricha, xuddi jigar safro ishlab chiqargani kabi, miya ham ongni ishlab chiqaradi. Bunday yondashuv natijasida ong ideal emas, balki moddiy hodisa, degan xulosa chiqadi. Vaholanki, safroni ko‘rish mumkin, ammo ongni ko‘rib ham, ushlab ham, o‘lchab ham bo‘lmaydi.
Ongning tuzilishi. Ong o‘zaro aloqada bo‘lgan turli unsur (element) lardan tashkil topgan murakkab ma’naviy tuzilishga ega.
Ong va til. Til ongning insongagina xosligini isbotlovchi omillardan biridir. Xo‘sh, til deganda o‘zi nima tushuniladi? Til, bu eng avvalo, muayyan belgilar tizimi demakdir. Ammo, tilning xususiyatlarini Shu bilangina cheklash to‘g‘ri emas. Negaki, muayyan belgilar tizimi hayvonlarga ham xos, ular yordamida jonzodlar o‘rtasida muayyan axborot almashinuvi sodir bo‘ladi.
O‘z-o‘zini anglash, uning shakllari. Inson ob’ektiv voqelikni aks ettirish bilan bir qatorda o‘zi haqida fikr yuritish, ruhida kechayotgan jarayonlarni tahlil qilish, xatti-harakatlarini nazariy tahlil qilishdek qobiliyatga ham ega.
O‘zini o‘zgalardan ajrata bilish, o‘ziga munosabat, imkoniyatlarini baholash o‘z-o‘zini anglash sifatida namoyon bo‘ladi. O‘z-o‘zini anglashda o‘zini bilish, baholash va tartibga solishdek unsurlarni ajratish mumkin. Bu unsurlar o‘z-o‘zini anglashning sohibiga — subektiga ko‘ra farqlanuvchi muayyan shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatga xosdir.
Shaxsning o‘z-o‘zini anglashi haqida gap ketar ekan, u o‘zini alohida organizm, oila, ijtimoiy guruh, millat, madaniyatga mansubligini va yuqoridagi xususiyatlaridan qat’i nazar alohida va betakror «Men» sifatida anglashdek bosqichlarni bosib o‘tishini ta’kidlash zarur.

Yüklə 95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin