Mavzu: bilish nazariyasi va yo‘nalishlari



Yüklə 26,38 Kb.
səhifə3/3
tarix16.06.2023
ölçüsü26,38 Kb.
#131439
1   2   3
BILISH NAZARIYASI

Ijtimoiy bilimda empirik va nazariy unsurlarning o‘ziga xos uyg‘unligi kuzatiladi. Ijtimoiy bilimda empirik metodlarning imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa-da, ular bu yerda tobora kengroq va o‘ziga xos tarzda qo‘llanilmoqda. Bular, avvalo, ko‘rib chiqilayotgan hodisalarning sof ob'ektiv xossalarini emas, balki ularning insoniy ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan so‘rovlar, anketalash, testlash, modelda eksperiment o‘tkazish va hokazolardir.
Bilishda sub'ekt va ob'ektning o‘zaro aloqasi. Bilish dunyoning ob'ekt va sub'ektga bo‘linishini nazarda tutadi.
Falsafada bu tushunchalar jonli mavjudot bo‘lgan insonni bilish jarayoniga olib kiradigan va bu jarayonga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan sub'ektivlikdan uzoqlashish uchun ishlab chiqilgan. Bilimning ob'ektivligi, haqiqatning sub'ektdan mustaqilligini e'lon qilinganda namoyon bo‘ladi. Sxolastika tabiatshunoslikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan sharoitda ilmiy bilish sub'ektlarining o‘tkinchi manfaatlari ko‘pincha ob'ektivlikka xalaqit bergan, shu bois bu tushunchalarning aniq farqlanishi o‘rinli bo‘lgan. Faylasuflarni sub'ektning ob'ektga ta'siri muammolari, anglab yetilayotgan ob'ektga sub'ektivlikning ta'siri yo‘llari va xususiyati masalalari tobora ko‘proq qiziqtira boshlagan hozirgi kunda ham bu muammo o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Sub'ekt – bu bilish faolligining manbai. Sub'ekt deganda odatda individ tushuniladi. Biroq bu uncha to‘g‘ri emas. Sub'ekt – bu, albatta, avvalo bilish qobiliyatiga ega bo‘lgan individ. Sub'ekt – bu mikroguruh, ijtimoiy guruh sinf, jamiyat hamdir. Tafakkur jarayoni amalga oshadigan bosh miya po‘stlog‘ida tafakkur muayyan insonning harakatlari, uning kechinmalari, his-tuyg‘ulariga qaratilishi mumkin: bu holda ong o‘zining alohida jihati – o‘zlikni anglash sifatida amal qiladi, tafakkur (individ doirasida) nimaga qaratilgan bo‘lsa, shu ob'ekt bo‘ladi.
Sub'ekt negizi butun ijtimoiy yaxlitlikni tashkil etuvchi murakkab ierarxiyadan iborat. Uning tarixiy rivojlanishida uncha yirik bo‘lmagan birliklar ajratiladi, bu birliklar sifatida ayrim xalqlar amal qiladi. Har bir xalq o‘z madaniyatida qayd etiladigan me'yorlar, g‘oyalar va qadriyatlarni yaratib, asrdan asrga bilish faoliyatining alohida sub'ekti sifatida o‘tib keladi. U tabiat hodisalari, hayvonlar yoki o‘simliklarning shifobaxsh xossalari, turli xalqlarning huquqlari va urf-odatlari haqida ma'lumotlar to‘playdi. Jamiyatda maxsus vazifasi va mashg‘uloti hayot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlar yaratishdan iborat bo‘lgan individlarning tarixiy guruhlari ajratiladi. Xususan, sub'ekti olimlar hamjamiyati bo‘lgan ilmiy bilimlar shunday bilimlar jumlasidan. Bu hamjamiyatda qobiliyati, iste'dodi va bilimi bilan bilish sohasida yuksak natijalarga erishadigan ayrim individlar alohida o‘rin tutadi.
Bu odamlarning ismlari tarixda ilmiy g‘oyalar evolyusiyasidagi buyuk bosqichlar ramzi sifatida saqlanib qoladi.
Bilishning haqiqiy sub'ekti hyech qachon faqat gnoseologik xususiyatga ega bo‘lmaydi: u o‘z mayllari, qiziqishlari, fe'l-atvori, mijozi, aql yoki aqlsizlik, qobiliyat yoki qobiliyatsizlik darajasiga ega bo‘lgan, irodali yoki irodasi bo‘sh tirik shaxs. Biroq ko‘pincha bilish sub'ekti deganda intellektual faollikning qandaydir shaxssiz mantiqiy bo‘lagi tushuniladi.
Sub'ektning bilish faoliyati faqat muayyan tarixiy kontekstda aniq tushunchalarda namoyon bo‘lishi mumkin. Ilmiy bilish nafaqat sub'ektning ob'ektga nisbatan, balki o‘ziga, o‘z faoliyatiga nisbatan ham ongli munosabatini, ya'ni tadqiqotchilik faoliyati shartlari, usullari, me'yorlari va metodlarini bilishi, an'analarni hisobga olishi va hokazolarni nazarda tutadi.

ADABIYOT


ASOSIY:

  1. Karimov I.A. BMT sammitining mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisdagi nutq.-T.: O‘zbekiston, 2010.

  2. Karimov I.A. Buyuk va muqaddassan mustaqil vatan.O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruza. T.: O‘zbekiston, 2011

  3. Romanenko Y.M. Bitiye i yestestvo: Ontologiya i metafizika kak tipi filosofskogo znaniY. – M., 2003. 784 s.

  4. Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005

  5. Shermuxamedova N.A. GnoseologiY. –T.O‘FMJ. 2007

  6. G‘arb falsafasi. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.

  7. Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. –T.: Universitet, 2005.

  8. Falsafa. Ahmedova M. Tahriri ostida –T.: OFMJ, 2006

  9. Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. Nazarov Q. tahriri ostida. –T.: Sharq, 2004

  10. Shermuxamedova N. A. Falsafa va fan metodologiyasi. –T.: Universitet, 2005.

Yüklə 26,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin