Mavzu: Biologiya fani metodbirlashmalari ishini samarali tashkil etish
shakl va usullari
Reja
1. Fan va yo‘nalish bo‘yicha metodbirlashmalarning vazifalari
2. Biologiya fani bo‘yicha metodbirlashmalarning ishi mazmuni
3. Biologiya fani bo‘yicha metodbirlashmalarning ishi yillik ish rejasi
Metodbirlashma - bu umumiy o‘rta ta’lim maktablarida uzluksiz metodik
xizmat tizimining bir bo‘g‘ini hisoblanib, o‘qituvchilarga metodik xizmatni amalga
oshirish, ularning innovatsiya tajriba-sinov ishlari va ta’lim-tarbiya jarayonlarini
rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtiradigan jamoaviy organ hisoblanadi Umumiy
o‘rta ta’lim maktablarida fan metod birlashmalariga uzluksiz metodik xizmat
ko‘rsatish ta’lim-tarbiya jarayonining dolzarb ehtiyoj va muammolarini aniqlab,
pedagoglarning ehtiyoj talablari asosida mahoratini oshirish, rivojlantirish
yo‘llarini belgilab olish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, targ‘ib qilish, ta’lim
samaradorligini oshirishda o‘qituvchiga amaliy yordam ko‘rsatish, metodik
ta’minotga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash, tahlil qilish, ta’lim sifatini oshirish va
takomillashtirishga oid tavsiyalar yaratish kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Uzluksiz metodik xizmat yo‘nalishida olib borilayotgan ishlarni izchil yo‘lga
qo‘yish, bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida uning
tuzilmalari me’yoriy hujjatlar bilan takomillashtirib borilmoqda. Fan va yo‘nalish
bo‘yicha metodbirlashmalarning vazifalari va ish mazmuni
Respublikamizda ta’lim islohotlari, keng qamrovli yangilanish jarayonlari
amalga oshirilayotgan hozirgi bosqichda ta’limning zamonaviy metod va usullarini
amaliyotga tadbiq etishga alohida e’tibor berayotgan hamda o‘quv fanlaridan
takomillashtirilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ta’lim
jarayoniga tadbiq etishda maktabda tashkil etilgan fanlar bo‘yicha
metodbirlashmalarning faoliyati nihoyatda ma’suliyatlidir. O‘qituvchilarning
kasbiy saviyasi, mahorati va psixologik xususiyatlari shaxs sifati va metodik
ta’minoti darajasini birinchi bo‘lib aniqlovchi, umuman o‘qituvchi faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi eng quyi markaz maktab metod birlashmalari hisoblanadi.
Shunday ekan maktab metodbirlashmasi tizimli muntazam keng ko‘lamli,
maqsadga yo‘naltirilgan holda ish olib borishi lozim.
Metodik birlashmalar o‘qituvchilarga yordam beruvchi, ilg‘or tajribalarni
ommalashtiruvchi mahorat maktabidir.Metodbirlashmalar faoliyatini O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2011-yil 4-iyuldagi 144-sonli buyrug‘i
bilan tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi. Mazkur Nizom ta’lim
muassasidagi fan va yo‘nalishlar bo‘yicha metodbirlashmalarni tashkil etish va
ularning amalga oshiradigan faoliyat mazmunini belgilaydi. Metodbirlashmalar
faoliyati maktab direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan
rahbarlik qilinayotgan metodik kengash tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi. Har
bir metod birlashma raisi metodik kengash a’zosi hisoblanadi.
Maktab metodbirlashmasi o‘quv rejasidagi fanlar tarkibiga hamda
o‘quvchilar soni tarkibiga qarab ikki xil variantda tuzilishi mumkin. O‘qituvchilar
soni uch va undan ortiq bo‘lsa, har bir fan bo‘yicha alohida-alohida, o‘qituvchilar
soni oz miqdorda bo‘lgan fanlardan esa bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar fanlar
turkumi bo‘yicha tashkil etiladi.
Masalan: gumanitar fanlar, tabiiy fanlar, aniq fanlar, xorijiy tillar,
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, estetik fanlar, sinfdan tashqari ishlar sinf
rahbarlari metodbirlashmalari kabilar.
Maktabning har bir o‘qituvchisi o‘rindoshlikda ishlayotgan o‘qituvchi ham
o‘z yo‘nalishi yoki fani bo‘yicha metodbirlashma a’zosi bo‘lishi shart.
Fanlar yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan metodbirlashmalar faoliyati o‘ziga
xos bir jarayon bo‘lib, u fan ta’limi samaradorligini oshirish, ilg‘or tajribali
o‘qituvchilarning ish tajribalarini ommalashtirish, yosh pedagoglarga yordam
berish, fan to‘garaklarini tashkil etish, darslardan tashqari vaqtda turli tadbirlar
o‘tkazish, darslik mualliflari, yozuvchilar, kasb ustalari boshqa soha mutaxassislari
bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, turli ko‘rik-tanlovlar va bellashuvlar
o‘tkazadi. Shuning uchun har bir fan o‘qituvchisi o‘z fani bo‘yicha amalga
oshirishda ta’lim va tarbiya jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish, pedagogning o‘z
mahoratini ko‘rsatish uchun sharoit hosil qilish, ijodiy izlanishga undash, har bir
metodbirlashma rahbarlarining asosiy vazifalardan biridir.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida boshlang‘ich ta’lim, sinf rahbarlari
yo‘nalishi hamda fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumi bo‘yicha
metodbirlashmalari faoliyat ko‘rsatadi. Metodbirlashma–umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida metodik xizmat ko‘rsatish tuzilmasining bir bo‘limi hisoblanadi.
Metodbirlashma ishi maktab pedagogika kengashi qarori asosida tashkil
etiladi, uning ish rejasi metod kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Metodbirlashmalar o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to‘g‘risida”gi qonuni, xalq ta’limi boshqaruvi organlari va ta’lim muassasasi
tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Metodbirlashmaning asosiy maqsadi:
Metodbirlashmalar o‘z-o‘zini boshqarish shaklida tashkil etilib, quyidagi
maqsadni amalga oshiradi:
o‘qituvchilarning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirish;
o‘quvchilarga beriladigan ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosida tashkil etilishini ta’minlash borasida o‘zaro tajriba
almashish;
ijodkorlik yo‘nalishidagi izlanishlarni rivojlantirish va birlashtirish;
o‘qituvchining darsiga, tarbiyaviy soatiga, darsdan tashqari tadbirlariga
qo‘yiladigan yagona talablarni ishlab chiqish va ta’lim-tarbiya jarayonida tatbiq
etilishini ta’minlash.
Metodbirlashmalarining asosiy vazifalari;
Tegishli yo‘nalish yoki o‘quv fanini o‘qitishga doir me’yoriy va metodik
hujjatlarni o‘rganadi, ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish usullarini ko‘rsatib
beradi.
O‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy bilim darajasini oshiradi, ularni fan
yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy- ommabop adabiyotlar bilan muntazam
tanishtirib boradi.
Fanlar bo‘yicha taqvimiy-mavzu rejalarni tasdiqlashga tavsiya etadi,
shuningdek o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan nazorat materiallarini
tasdiqlaydi.
Malaka oshirishga yuboradigan o‘qituvchilarni oldindan rejalashtiradi,
malaka oshirishdan qaytgan o‘qituvchilarning hisobotini o‘z vaqtida
metodbirlashma yig‘ilishlarida tinglab boradi va ularning taqdimotlarini tashkil
etadi.
Ilg‘or o‘qituvchilar ish tajribalarini o‘rganishni tashkil qiladi va
ommalashtiradi.
Davlat ta’lim standartlari talablari, o‘quv rejasi va dasturlari bajarilishining
ta’minlanishiga metodik yordam ko‘rsatadi.
Tashqi va ichki nazorat natijalariga ko‘ra, DTS talablari bajarilishida
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarida aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish chora-tadbirlarini belgilaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
Tegishli yo‘nalish yoki fan bo‘yicha ta’lim muassasasida metodik
ta’minotga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi.
O‘quvchilarga chuqur bilim berishi, ko‘nikma va malakalarni
shaklantirishga yordam berish maqsadida o‘qitishning ilg‘or usullarini joriy etishni
tashkil qiladi.
O‘zaro dars kuzatishlarni tashkil qiladi, natijalarni tahlil qiladi va
mutaxassislarga amaliy yordam beradi.
O‘qitish metodlarini o‘rganish maqsadida ochiq darslarni tashkil qiladi,
ilg‘or pedagogik tajribalarga doir takliflarni o‘rganadi, umumlashtiradi va
ommalashtiradi..
O‘quv jarayoniga o‘qitish metodikasining zamonaviy va samarali usullarini
olib kiradi, o‘quv fani bo‘yicha yangiliklarni qo‘llashga doir metodik ko‘rsatmalar
berib boradi.Yosh mutaxassislarga metodik yordam ko‘rsatadi. Ustoz-shogird
tizimini shakllantiradi.Ko‘rgazma va ko‘rsatmali vositalardan foydalanish bo‘yicha
metodik tavsiyalar beradi.O‘quvchilar bilimini nazorat qilish va ularning mustaqil
ishlarini tashkil qilishga doir yo‘llanmalar beradi.
O‘quv dasturi, darslik, metodik qo‘llanma va boshqa metodik ishlarning
yangi nashrlarini, shuningdek, fanga doir maqolalarni o‘rganadi va muhokama
qiladi.
Nazorat turlariga doir metodik ko‘rsatmalar beradi va ular asosida nazorat
topshiriqlarini ishlab chiqishni tashkil etadi.
O‘qituvchilarning malaka oshirish, axborot almashuv tizimini hamda o‘z
ustida ishlashini yanada yaxshilash maqsadida ijodiy xizmat safarlari bo‘yicha
hisobotlarini eshitadi.
Fan o‘qituvchilarining samarali mehnatlarini inobatga olgan holda ma’naviy
va moddiy rag‘batlantirishga tavsiya qiladi, shuningdek, attestatsiya jarayonida o‘z
xulosasini beradi.
O‘quvchilarning DTS va o‘quv dasturi hajmi doirasida bilimlarini, mavjud
mezonlarga rioya etishni nazorat qiladi.
Fanlar bo‘yicha maktab miqyosida oyliklar tashkil qiladi, fan
olimpiadalarining birinchi bosqichlarini, ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazadi.
Fanlar bo‘yicha sinfdan tashqari (fakultativ, to‘garak) ishlarni
muvofiqlashtiradi.
Fan o‘qituvchilarining metod birlashmasi o‘quv kabinetlari holatini kuzatadi
va uning rivojlanishini rejalashtiradi.
Fan o‘qituvchilarining metod birlashmasi-fan bo‘yicha sinfdan tashqari ish
tizimini aniqlaydi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun metodik yo‘riqnoma,
ishlanma ishlab chiqadi.
O‘quvchilarning dars jarayonida texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qilish
talablarini ishlab chiqadi va nazorat qiladi.
Fan bo‘yicha iqtidorli ijodkor o‘quvchilarni aniqlaydi va ular bilan alohida
ishlashni tashkil qiladi.
Metodbirlashma quyidagi masalalarni amalga oshiradi:
ta’lim to‘g‘risidagi me’yoriy va metodik hujjatlarni o‘rganish;
maktab ixtiyoridagi fanlarni tanlash;
sinfdan-sinfga ko‘chirish bo‘yicha yakuniy nazorat ishlarini, attestatsiya
materiallarini tasdiqlash;
fanlarning o‘qitilishi bo‘yicha maktab ichki nazorati natijasi bo‘yicha
tanishish;
o‘quvchilarning o‘qish davomida texnika xavfsizligi me’yorlariga rioya
qilishi, sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha kerakli yo‘riqnoma ishlab chiqish;
metodik
ishlanmalar
bilan
tanishish
maqsadida
ochiq
darslarni
tashkillashtirish;
ilg‘or ish tajribalarni o‘rganish, ya’ni fan bo‘yicha eksperiment olib borish,
fan bo‘yicha DTS ijrosi bo‘yicha yagona talab ishlab chiqish;
fanlar bo‘yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlarini o‘tkazish tizimini ishlab
chiqish;
fanlar bo‘yicha dars o‘tish metodlarini tahlil qilish;
o‘qituvchilarning malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash va ularning
ehtiyojlari asosida malaka oshirish turlarini tavsiya etgan buyurtmalar berish
hamda kurslardan o‘tgandan so‘ng va ijodiy xizmat safarlaridan so‘ng tayyorlagan
hisobotlarini eshitish;
fan oyliklari, fan olimpiadalari, konkurslari, ilmiy konferensiyalarni
uyushtirish;
hozirgi zamon talabi darajasida fan kabinetini, darsni jihozlash maqsadida
o‘quv ko‘rgazmali qurollar ta’minotiga erishish.
Metodbirlashmalar ishlarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida Metodbirlashmalar boshlang‘ich ta’lim,
sinf rahbari yo‘nalishi bo‘yicha bitta, 5-11-sinflarda esa o‘quv rejasida alohida
fanlar bo‘yicha tashkil etiladi. Agar u yoki bu fan bo‘yicha o‘qituvchilar soni uch
nafardan kam bo‘lsa, u holda ushbu fan o‘qituvchilari shu turkumdagi fan
o‘qituvchilari bilan birgalikda bitta metodbirlashmaga birlashadilar.
Maktabning har bir o‘qituvchisi (o‘rindoshlik tariqasida ishlayotgan
o‘qituvchilar ham) o‘z yo‘nalishlari yoki tegishli fan turkumi) bo‘yicha
Metodbirlashmaga a’zo bo‘lishlari shart.
Pedagog kadrlarning “Ustoz-shogird” usulida uzluksiz malakasini oshirishni
tashkil etish:
ustoz va shogirdlarni mashg‘ulot o‘tishlari uchun sharoit yaratish, dars
jadvalining metod kunlarga qo‘yilishini ta’minlash;
ustaxonaning samarali ishlashini tashkil etish, ustaxonaning did bilan
bezatilishi, kerakli ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlanishida amaliy yordam
berish;
kerakli asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari, materiallar, ko‘rgazmali
qurollar, texnika vositalari kabi jihozlardan foydalanishida amaliy yordam berish;
Ustoz va shogirdlarning amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobotlarini
eshitish va takliflar berish;
tuman(shahar) xalq ta’limi bo‘limga taklif va xulosalarni taqdim etish;
Metodbirlashmaga rahbar maktab pedagogika kengashi qaroriga asosan
ijodkor va tajribali o‘qituvchilardan maktab direktorining buyrug‘i bilan
tayinlanadi.
Metodbirlashmalarning faoliyati direktorning o‘quv (metodik) ishlari
bo‘yicha o‘rinbosari rahbarligidagi maktab Metodika kengashi tomonidan
muvofiqlashtirilib boriladi. Har bir fan va yo‘nalish bo‘yicha Metodbirlashmaning
rahbari maktab Metodika kengashining a’zosi hisoblanadi.
Metodbirlashma reja asosida ish yuritadi, ish reja maktabning ish rejasida
aksini topishi lozim.Metodik mavzu o‘qituvchining kasbiy o‘z ustida ishlash
rejasini nazarda tutgan holda, pedagogik jamoa a’zolari tomonidan qabul qilinishi
lozim.
Metodbirlashma yig‘ilishi bir oyda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Metodbirlashma yig‘ilishlarida belgilangan masalalar ko‘rib chiqiladi va
qarorlar qabul qilinadi. Yig‘ilishlar bayoni alohida daftarga yozib boriladi.
Metodbirlashmalar turli mavzularda seminar-mashg‘ulotlar, ma’lum
mavzularga bag‘ishlangan turkum ochiq daslarni tashkil qiladi.
O‘quv yili oxirida metodbirlashma faoliyatiga oid barcha hujjatlar
direktorining o‘quv (metodika) ishlari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan tahlil
qilinadi.
Yig‘ilish bayonlari daftari, birlashma ish rejasi va hisoboti maktabda 3 yil
muddatda saqlanadi. Metodbirlashma rahbari va a’zolarining majburiyatlari
Metodbirlashma rahbarining majburiyatlari:
yosh o‘qituvchilarga metodik yordam uyushtirish;
fan o‘qituvchilarining metodbirlashmasi, metod kengashi o‘tishini doimiy
ravishda tashkillashtirib borish.
DTS talablari doirasida o‘qitish sifatiga e’tibor berish .
Metodbirlashma ish rejasini tuzish va uning bajarilishini nazorat qilish.
Ilg‘or ish tajribalarni ommalashtirish, olib borilgan ishlar xususida metod
kengash yoki pedagogika kengashida hisobot berish.
taqvim-mavzu rejalarining tuzilishi va bajarilishini nazorat qilish
ijodiy hisobotlar, ochiq darslar, metodik kunlar, metodik oylik, dekadalarni
tashkillashtirish.
malaka oshirish uchun buyurtmalar berish va malaka oshirishga oid takliflar
tayyorlash;
maktabning Pedagogika kengashida, metodik seminarlarda metodbirlashma
ishtirokini faollashtirish.
Metodbirlashmaning har bir a’zosi:
har bir o‘qituvchi kamida bitta metodika birlashmaga a’zo bo‘lishi va kasbiy
mahoratini oshirishga qaratilgan individual dasturga ega bo‘lish;
metodbirlashma o‘tkazadigan kengashlarda, tadbirlarda qatnashish;
kasbiy mahoratini oshirishga intilish;
pedagogning huquqiy-me’yoriy faoliyatini bilish va unga amal qilish;
pedagogik
faoliyatida
o‘z-o‘zini
tahlil
qilib
borishi
kerak.
Metodbirlashmaning huquqlari
Fan o‘qituvchilari metodbirlashmasi–o‘qituvchilarga o‘quv yuklamalarni
taqsimoti va qayta tarifikatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha tavsiya beradi.
Maktab rahbariyatiga fan xonalari mas’ullariga qo‘shimcha haq to‘lash va
fan to‘garaklarini tashkil qilish yuzasidan takliflar beradi.
Ayrim fan yoki yo‘nalishlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilimlar beradigan
sinflar ochish bo‘yicha takliflar beradi.
Mahalliy o‘quv materiallari asosida belgilangan tartibda o‘quv dasturiga
tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar mavjud maktablarda
yo‘nalishlar bo‘yicha maxsus dasturlar va yakuniy nazorat materiallarini
tayyorlaydi.
Metodbirlashma a’zolarining malakasini oshirishga doir takliflar beradi.
Metodbirlashma hujjatlari
Metodbirlashma faoliyatiga doir quyidagi hujjatlar bo‘lishi shart:
Metodbirlashma a’zolari haqida ma’lumot.
ish rejasi;
hisobotlar;
yig‘ilish bayonnomalari;
Dostları ilə paylaş: |