Mavzu: Biologiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari Reja


Biologik ta’lim mazmuni va uning tarkibiy qismlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix09.08.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#63056
1   2   3   4   5   6   7   8   9
k7McQImv6cKyE1jrLK6C52uBrbdGZnjzW5pSx84H

Biologik ta’lim mazmuni va uning tarkibiy qismlari. Har qanday o‘quv 
fanini o‘qitishda uning mazmuni nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunga 
asosiy sabab o‘quv fani mazmuni o‘sha fanning o‘ziga xos yo‘nalishi, o‘qitish 
tizimi, metodlari, vositalarini belgilab beradi. O‘quv fanining mazmuni o‘quv 
dasturlari, darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari orqali aniqlashtiriladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida biologik ta’limning tarkibiy qismlari 
bo‘lib, botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi hamda sitologiya, 
biokimyo, genetika, evolyutsion ta’limot majmuasidan iborat bo‘lgan biologiya 
o‘quv fanlari hisoblanadi. Mazkur o‘quv fanlaridan turli xil o‘simliklar, hayvonlar, 
odamlarning tashqi, ichki tuzilishi, hayot faoliyati, tashqi muhit bilan bog‘liqligi 


to‘g‘risida hamda hujayra, uning organoidlarining tuzilishi, funksiyasi, irsiyat va 
o‘zgaruvchanlik, evolyutsion ta’lim va shu kabi bilimlar beriladi. Biologik 
ta’limning tirik tabiatdagi narsa-hodisalarni alohida-alohida o‘rganish emas, balki 
ularning bir yaxlitligini, o‘zaro bog‘liqligini ifoda etgan holda o‘qitilishi taqozo 
qilinadi. 
Didaktikada ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari juda ko‘p tadqiqotchilar 
tomonidan aniqlangan. Jumladan, akademik I.YA. Lerner tomonidan ta’lim 
mazmunining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiritilgan: bilimlar (ilmiy 
tushunchalar, g‘oyalar, qonunlar, ilmiy nazariyalar); faoliyat usullari (ko‘nikma va 
malakalar); ijodiy faoliyat tajribalari; qadriyatlar tizimi. 
Biologiya o‘quv fanining bilimlar tarkibiy qismiga birinchi navbatda ilmiy 
tushunchalar kiradi. Ular biologiyaning ayrim sohalariga oid xususiy va 
biologiyaning barcha sohalariga xos bo‘lgan umumiy biologik tushunchalardan 
tashkil topadi. 
Umumiy biologik tushunchalar qatoriga organizmlarning hujayraviy 
tuzilishi, modda va energiyaning almashinuvi, organizm va muhitning o‘zaro 
birligi, irsiyat va o‘zgaruvchanlik, organik olam evolyutsiyasi tushunchalari kiradi. 
Biologiya o‘quv fani mazmunining bilimlar tarkibiy qismiga g‘oyalar ham 
kiradi. Biologiya ta’lim mazmunida o‘quvchilar ongiga quyidagi g‘oyalar 
singdiriladi: organik olam evolyutsiyasi; tirik tabiat tuzilishining har darajada 
ekanligi; organ tuzilishi bilan funksiyasining o‘zaro bog‘liqligi; biologik 
sistemalarning tabiiy muhit bilan aloqadorligi; o‘z-o‘zini boshqarish; nazariya 
bilan amaliyotning birligi. 
Biologik qonunlar ham biologiya o‘quv fani mazmunining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Biologik qonunlar sirasiga Mendel va Morganning irsiyat qonunlari, 
Ber qonuni, V.I.Vernadskiyning atomlarning biogen migrasiyasi qonuni va h.k. 
Biologiya fani mazmunining yana bir komponenti ilmiy nazariyalardir. 
Umumiy o‘rta ta’lim biologiya o‘quv ta’lim mazmuniga CH.Darvinning organik 
olam evolyutsion nazariyasi, A.N.Seversovning filembriogenez nazariyasi, 
T.Morganning xromosoma nazariyasi va hozirgi zamon gen nazariyasi kiritilgan. 
Yuqorida qayd etilganidek, ta’lim mazmunining asosiy qismini bilimlar 
(ilmiy tushunchalar, g‘oyalar, qonunlar, ilmiy nazariyalar) tashkil etadi. 
Faoliyat usullari ko‘nikma va malakalardan iborat bo‘lib, o‘quvchilar 
tomonidan o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan ko‘nikma va malakalarni egallashini 
belgilaydi. 
Ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi bo‘lgan ijodiy faoliyat 
tajribalari o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini 
yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash orqali tarkib toptiriladi. Shu sababli
o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida bilimlarni tayyor axborot shaklida emas, balki 
muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish natijasida o‘quvchilarning avvalgi 
mavzularda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan 
vaziyatlarda qo‘llashiga imkon yaratishi, ularda mustaqil va ijodiy fikr yuritish 
ko‘nikmalarining tarkib topishiga zamin tayyorlashi zarur. Ta’lim mazmunining 
to‘rtinchi tarkibiy qismi bo‘lgan qadriyatlar tizimi o‘qitish jarayonida ta’lim-


tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, o‘quvchilarni milliy va umuminsoniy 
qadriyatlar ruhida tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Mazkur tarkibiy qismni 
o‘quvchilarda shakllantirish biologiyani o‘qitishda ta’lim-tarbiya masalalariga 
bog‘liq holda yoritiladi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin