Biosferaning hosil boʹlishida abiotik, biotik va noobiotik bosqichlar ajratiladi. Abiotik bosqichda (4,5-3,5 mlrd. yil oldin) sayyorada hayotning vujudga kelishi va rivojlanishi uchun sharoitlar yuzaga kelgan.
Biotik bosqichda (3,5 mlrd. yil oldin) dastlabki tirik organizmlar suv muhitida paydo boʹlgan.
Biosferada hozirda 500 mingga yaqin oʹsimlik turlari va 1,5 mln.dan ortiq hayvon turlari mavjuddir.
Noobiotik bosqichining shakllanishi 40-50 ming yil oldin boshlangan deb hisoblanadi.
Biosferaning umumiy massasi boshqa qobiqlardan farqlanadi (3.2.1-jadval). Tirik organizmlar birgalikda juda katta ish bajaradi.
Yer qobiqlarining massalari 3.2.1 -Jadval
Yer yuzidagi barcha tirik organizmlar yigʹindisini V.I.Vernadskiy “tirik modda” deb ataydi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha biota deb ham nomlanadi. Biota biomassasi eng kichik boʹlishiga qaramay yuqori xilma-xillikka ega va oʹz tarkibini million marta tezroq yangilaydi. V.I.Vernadskiy tirik organizmlarning birgalikdagi faoliyatini yer yuzi tabiatini oʹzgartiradigan geologik kuchga qiyoslaydi. Evolyutsion taraqqiyoti davomida tirik organizmlar biosferadagi hozirgi sharoitlarni yuzaga keltirgan.
Biosferdagi tirik moddalarning umumiy massasi biomassa deyiladi. Biosfera biomassasining asosiy qismi-98,6%i quruqlikdagi oʹsimliklarga toʹgʹri keladi va yalpi biomassaning kimyoviy tarkibini belgilaydi. Dunyo okeanining biomassasi biosfera biomassasining 0,57%ini tashkil qiladi, lekin mahsuldorligi katta.