Mavzu: Bir qavatli epiteliy to’qima Mashgulotning maqsadi: Bir qavatli epiteliy to’qimasining gistologik tuzilishini o’rganish Reja


Preparat: Bir qavatli yassi epiteliy



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə2/5
tarix23.05.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#59114
1   2   3   4   5
bir qavatli epiteliy

Preparat: Bir qavatli yassi epiteliy
1-epiteliy hujayralari; a-sitoplazma; b-yadro.
Ushbu preparat organdan yaxlit olinib tayyorlangan, kesma emas. Buning

uchun mikroskobning kichik obyektivi orqali kaqalganda hujayra chegaralari aniq ko’rinmaydi. Preparatning yupqaroq va och sarik rangga bo`yalgan joyini topib, uni katta obyektiv ostida ko’rish kerak.Bunda qoramtir yoki jigar rangga bo`yalgan ko`p yassi epiteliy hujayralari ko’rinadi. Xar bir hujayra bitta yoki ikkitadan yumaloq, och binafsha rangli yadro bo’ladi. Qora rangli hujayra pardasi aniq ko’rinadi.


Bir qatorli kubsimon epiteliy. Bu epiteliy sutemizuvchi hayvonlar va odam buyrak kanalchalarining devori, jigar hamda tashqi sekresiya bezlarining o’rta diametridagi chiqaruv kanalchalari (me’da osti bezi, so’lak va sut bezlari)ning ichki yuzalarini qoplab turadi. Ular ichki sekretsiya bezlaridan qalqonsimon bezning vazifasi normal holatda bo’lganda, ulardan tashqari tuxumdonda, o’pka bronxlarining oxiri mayda tarmoqlari-bronxiolalarning devorida, ya’ni 1-3-tartibli respirator bronxiolalar devorida uchraydi.
Kubsimon epiteliy deyilishiga sabab hujayraning eni bo’yiga teng bo’lib, kub shaklini eslatadi. Yadrosi, odatda, bitta bo’lib, u hujayra markazida joylashadi. Bundan tashqari, bir qatorli kubsimon epiteliy sut bezlari, buyrak kanalchalari, siydik ajratish yo’llarining ichki yuzasini qoplab turadi. Bu hujayralarining apikal qismida mayda vorsinkalar bo’lib, ularga bir qavatli bir qatorli vorsinali kubsimon epiteliy deyiladi.
Buyrak kanalchalaridagi bu epiteliy haqiqiy siydik hosil bo’lishida ishtirok etadi. Masalan, u birlamchi siydik tarkibidagi organizm uchun kerak moddalarning (suv, har xil tuzlar va qand moddasining) qaytadan yana qonga so’rilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, organizmda diametri kichik bronxlarning ichki yuzasini qoplab turuvchi epiteliy bo’lib, uni bir qavatli bir qatorli kiprikli kubsimon epiteliy deyiladi. Bu xildagi epiteliy, shuningdek, suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlarning embrional rivojdanishi davrida ularning qoplovchi epiteliy to’qimasini ham tashkil etadi. Kiprikli kubsimon epiteliy hujayralarining erkin yuzalari, odata, hilpilovchi kiprikchalar bilan qoplanib turadi. Ularning asosiy vazifasi nafas yo’llaridan o’pkaga o’tadigan havoni changdan tozalash, sovuq havoni ilitib berish, shuningdek, quruq havoni namlab berishdan iborat. Mikroskopik tuzilishiga ko’ra, ular traxeya va yirik bronxlar devorini qoplab turuvchi ko’p qatorli silindrsimon hujayra kiprikchalari tuzilishiga o’xshab ketadi, ulardan faqli o’laroq bular kubsimon bo’ladi.
Kiprikli epiteliy tuban hayvonlardan yassi chuvalchanglar bilan mollyuskalarda ham uchraydi. Ularning ayiruv organlari bo’lgan protonefridlar shoxchalangan mayda kanalchalandan iborat bo’lib, shoxchalarning uchi hilpillovchi epiteliy hujayralari bilan qoplanib turadi. Hujayra tukchalari kanalcha ichiga qaragan bo’ladi. To’qimalardan kanalchalarga so’rilgan chiqindi moddlar kiprikchalar harakati bilan tashqo’ariga chiqariladi. Halqali chuvalchaglarda ikkilamchi ichki bo’shliq paydo bo’lishi bilan ajratish organlarining metanefritlariga aylanadi. Ularning ichi keng, ya’ni savatchasimon bo’lib, ichki bo’shliqqa ochiladi. Kanalchalarning uchlari, ya’ni kengaygan qismioarining yuzasi tukchalar bilan qoplangan. Bular ham chiqindi moddlarning tashqariga chiqarilishini ta’minlaydi.



Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin