Mavzu: Bir qavatli epiteliy to’qima Mashgulotning maqsadi: Bir qavatli epiteliy to’qimasining gistologik tuzilishini o’rganish Reja


Preparat: Bir qavatli kubsimon epiteliy (4-rasm)



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə3/5
tarix23.05.2022
ölçüsü1,68 Mb.
#59114
1   2   3   4   5
bir qavatli epiteliy

Preparat: Bir qavatli kubsimon epiteliy (4-rasm)
1-bo’yrak kanalining bo’shlig’i, 2- epiteliy hujayralari,
3-biriktiruvchi to’qima, 4- qon tomirlari.
Preparat buyrak kanalchalarning kundalang kesimidan tayyorlangan. Preparatga mikroskopning kichik obyektivi orkali karaganda aylana Shaklidagi buyrak kanalchalarining kundalang kesimlari anik kurinadi. Kanalchalarning orasida buyrakning asosiy kismini tashkil kilgan chin biriktiruvchi to’qima tolalarining boylamlari, siyrak xolda joylashgan hujayralari va ular orasidagi kundalang kesma xolidagi kon tomirlari yaxshi kurinadi. Siydik yiguv kanalchalarining devori binafsha rangga bo`yalgan yirik yadroli och pushti rangli sitoplazmaga yega bulgan kubsimon hujayralardan tuzilgan. Katta obyektiv ostida karalganda hujayra
chegaralari anik ko’rinadi.

Bir qatorli prizmasimon (silindrsimon) epiteliy hujayralari bazal membranada joylashadi, 6-7-8 qirrali prezmaga o’xshab ketadi, ovalsimon yoki yumaloq shakldagi bitta yadroga ega. Hujayralarining bo’yi bir-biriga teng bo’lgani uchun ularning yadrosi ham bir xil tekslikda, bir qator bo’lib, hujayraning bazal qismida joylashadi. Prezmasimon (silindrsimon) hujayralarning bo’yi eniga nisbatan uzun. Bazal qismlari bevosita bazal membrana bilan tutashgan, apikal qismlari esa bo’shliqqa qaragan bo’lib, organizmda uchraydigan joyiga va bajaradigan vazifasiga ko’ra o’ziga xos morfologik tuzilishga ega bo’ladi.


Sutemizuvchi hayvonlarda bir qatorli silindrsimon epiteliy me’da va ichaklarning ichki yuzalarini, o’t pufagi, ko’p hujayralai tashqi sekresiya bezlarining yirik chiqaruv kanalchalari devorini, me’da osti bezi, so’lak bezlari, jigar va buyrak kanalchalari, bachadon va uning naychasi devorini qoplab turadi. Morfologik tuzilishiga ko’ra silindrsimon epiteliy hujayralar: mikrovorsinali, kiprikli va xivchinli bo’ladi.
Bir qatorli prizmasimon mikrovorsinali epiteliy hujayralari asosan ovqat hazm qilish yo’li devorida uchraydi, ya’ni asosan ingichka va yo’g`on ichaklar devorini qoplab turadi. Shuning uchun bu epiteliyni ichak epiteliysi yoki so’ruvchi epiteliy ham deyiladi. Bu hujayralar silindrsimon, ya’ni bo’yi eniga nisbatan ancha uzun, ko’p qirrali bo’lib, bazal membranada bir qator bo’lib joylashgan. Bunday epiteliy hujayralarining shakli bir xil bo’lgani uchun ularning yadrosi ham bir tekisda, bir qatorda joylashgan bo’ladi. Ingichka va yo’g`on ichakning mikrovorsinala epiteliy hujayralari orsida prizmasimon shakli bilan ajralib turadigan bir hujayrali qadahsimon bez hujayralari ham ko’p miqdorda uchraydi. Odatda, bu hujayralarning apikal qismi qisman kengaygan bo’lib, bazal qismiga tomon ingichkalashib boradi va organ tashqarisidan xuddi hujayrani tutib turuvchi oyoqchaga o’xshab ko’rinadi. Uning bu shakli qadahni eslatgani uchun uni bir hujayrali qadahsimon bez deb yuritish rasm bo’lgan.Mazkur hujayraning asosiy vazifasi ichak bo’shlig`iga o’z mahsulotini, ya’ni sekretini chiqarib berishdan iborat. Bu bilan u ichaklar devorini mexanik va ximiyaviy ta’sirdan saqlaydi, ichak bo’shlig`idagi ovqat mahsulotlarining so’rilishini va surilishini ta’minlaydi. Shunday qilib, bez sekreti ovqat hazm qilish jarayonini tax’minlashda aktiv ishtirok etadi. Ingichka va yo’g`on ichakning epiteliy hujayralari bajaradigan vazifasiga qarab o’ziga xos morfologik tuzilishga ega. Ular so’rish vazifasiga moslashib, apikal qismida so’rib berish jiyakini, ya’ni kutikulasini hosil qiladi. Bugday jaryonlarga bir qatorli jiyakli epiteliy ham deyiladi. Ichaklarda so’rilish jarayni jadal sur’atlar bilan boradigan qismlaridagi jiyakli epiteliy hujayralari organizmda muhim vazifalarni bajaradi, ular ovqat suriladigan yuzani yetarli darajada, masalan, 25-35 baravar kattalashtiradi va aktiv so’rilishni ta’minlaydi.
Jiyakli epiteliy ingichka ichak epiteliysida boshqa joydagiga nisbatan yuqori darajada tabaqalanadi. Jiyakli hujayralar elektron mikroskopda tekshirilganda hujayraning apikal qismida mayda, ko’p miqdorda barmoqsimon protoplazmatik o’simtalardan iborat ekanligi aniqlangan. Ular vorsinalar bilan qoplangan bo’lib, mikrovorsinali hujayralar deyiladi. Mikrovorsinalarning soni har xil, asosan hujayralar bo’linishidan keyingi davrga bog`liq. Masalan, dengiz cho’chqasi ichak epiteliysining yangi bo’lingan hujayralarida, o’rta hisobda, 280 ga yaqin bo’ladi. O’lchami 1 mmkeladigan ichak yuzasida 200 ming dona mikrovorsina uchrashi mumkin.
Yuqori darajada tabaqalangan, o’z vazifasini to’la bajarish xususiyatiga ega bo’lgan ichak hujayralarida mikrovorsinalar miqdori juda ko’p-mingtaga yaqin bo’lishi mumkin. Hujayralarning o’rta qismida esa undan has ko’p bo’lishi mumkin. Aksincha hujayralarning uchida kam bo’ladi, bu yerda hujayralar asta-sekin eskirib, o’z vazifasini o’tab bo’ganidan so’ng ajralib, ichak bo’shlig`iga to’kilib tusha boshlaydi. Ular o’rnini yetilib kelayotgan yosh hujayralar egallaydi.
Ichak shilliq qavatida bo’linish xususiyatiga ega bo’lgan kambiy hujayralari joylashgan. Bular bir nechta bo’lib, ichak shilliq qavatiga o’sib kirgan bo’ladi. Epiteliyning bu qismiga kriptalar deyiladi. Ular muttasil ko’payib turish xususiyatiga ega. Bunda ham bo’linish natijasida hosil bo’lgan yosh hujayralar to’kilib turadigan hujayralar o’rnini to’ldirib boradi.
Keyingi yillarda elekton mikroskop va gistoximiyaviy tekshirish usullari yordamida jiyakli hujayra va ayniqsa jiyak tarkibida har xil fermentlar , ya’ni lipaza va fosfataza, mukopolisaxaridlar topilgan. Ular ta’sirida ichaklarda qisman parchalangan oziq moddalar, u yerda, ya’ni hujayra membranasidan o’ta oladigan aminokislotalar, qand, yog` kislota va boshqa moddalar to’la parchalanib qonga so’riladi.
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, kriptalardagi bo’linishdan so’ng hosid bo’lgan hujayralar tabaqalanish jarayonida tarkibidagi fermentlarning aktivligi ham ko’chayib borar ekan. Shunday qilib, tabaqalanayotgan bu hujayralarda invertaza aktivligi 31 marta, ishqoriy fosfartaza 60 marta, esteraza 4 marta,leykosinaminopeptidaza 4 marta ortiq aktivlashaib boradi. (H.L. Webster, F.F. Harrison, 1969). Bu fermentlar asosan mikrovorsinalarni qoplab turuvchi hujayralar plazmolemmasida topilgan. Ularning aktivlashishi ichaklar devorida ovqat parchalanishining murakkab jarayoni kechishidan darak beradi. Mikrovorsinalar ichida ingichka naychalar bo’lib, ularning diametri 100-200 A ga teng, ular orqali so’rilgan oziq moddalar hujayralarga, so’ng qon tomirlarga o’tadi. Shuni aytib o’tish kerakki, mikrovorsinalar bir-biriga nisbatan nhoyatda zich joylashadi. Ular orasiga hyech qanday mikroorganizm kira olmaydi. Faqat har xil kasalliklar natijasida ichakning vazifalaribuzilganda mikrovorsinalar orasi ochilib qolishi mumkin. Natijada ular orasiga mikroorganizmlar kirib, tayyor oziq bilan oziqlanishi, so’ng ko’payib qonga so’rilishi mumkin.


Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin