Mavzu: Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning umumiy tamoyillari. Yuqori nafas yo‘llarini tiklash. Qayta jonlantirish Reja



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix20.06.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#132910
1   2   3   4   5   6   7   8
3-ma\'-za. 1chi yordam

Paypaslash. Bu usul bilan faqat qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarning kasalliklari 
emas, balki limfa tugunlari ( bo‘yin, qo‘ltiq va chov sohasidagi lmfa tugunlarining) 
holati, ya’ni katta- kichikligi, shakli, qattiq-yumshoqligi, og‘rish-og‘rimasligi, 
harakatchanligi ham aniqlanadi. Bundan tashqari terining tarangligi, namligi yoki 
quruqligi, bo‘g‘imlar, mushaklar holatini aniqlashda ham shu usul qo‘llaniladi.
Paypaslash usulini mukammal bilish, kasalliklarga aniq tashxis qo‘yishda 
muhim ahamiyatga ega. M, yurak sohasini paypaslash bilan yurak faoliyati va 
yurak mushaklarida o‘zgarishlar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. Qorinni 
paypaslashdan asosiy maqsad, qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarning joylashgan o‘rni
va holatini aniqlashdir. 
Auskultasiya. Tana a’zosida sodir bo‘ladigan tovushni eshitib ko‘rishga 
aytiladi. Bunda maxsus asbob- stetaskop, fonendoskop, stetofonendoskopdan 
foydalaniladi. O‘pka, yurak-tomir tizimini, ba’zan qorin qismidagi a’zolar 
auskultatsiya qilib tekshiriladi. Auskultatsiya ikki xil bo‘ladi: 1) Bevosita 
auskultatsiya- bunda bemorning badaniga bevosita quloqni qo‘yib eshitib ko‘riladi. 
2) Bilvosita auskultatsiya- bu usulda bemorni maxsus asbob ( stetoskop va 
fonendoskop ) bilan eshitiladi. O‘pkadagi xirillash, plevraning ishqalanishida 
paydo bo‘ladigan shovqin, yurakning ishi va shovqini ana shu usulda tekshiriladi. 
Auskultatsiya usulidan arterial bosimini aniqlashda, qon tomirining urishini 
eshitishda foydalaniladi. 
Perkussiya. Tananing ustidan barmoq uchlari bilan urib ko‘rish perkussiya 
deyiladi. Perkussiya yordamida ayrim ichki a’zolar chegarasi aniqlanadi, 
shuningdek, ularda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar bilinadi. Perkussiya qilinganda 
ma’lum tovush eshitiladi. SHu tovushga qarab, perkussiya qilingan joyda a’zolar 
ahvoli haqida ma’lumot olish mumkin. Bevosita va bilvosita perkussiya farq 
qilinadi. Bevosita perkussiyada bemor badaniga bir yoki juftlangan bir necha 
barmoq uchlari bilan urib ko‘riladi. Bilvosita perkussiyada badanga qo‘yilgan biror 
narsa (plessimetr) orqali urib ko‘riladi. Asosan, bevosita perkussiya usuli 
qo‘llaniladi. Perkussiya qilinganda uchta asosiy tovushga e’tibor beriladi: 
1) o‘pka tovushi ( ravshan, aniq, kuchli va davomli ) 
2) o‘tmas tovush (sekin va qisva ) 
3) timpanik tovush ( jarangli, davomli va ma’lum balandlikka ega) 


Perkussiya vilingan joyda to‘qima va a’zolar tebranadi. Tebranish tevarak-
atrofdagi havoga o‘tadi. Natijada tovush tarzida eshitiladi. Perkussiya qilishda 
hosil bo‘lgan tovush xossasi, asosan, a’zolardagi havo miqdoriga va organizmning 
elastikligiga hamda tarangligiga bog‘liq. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin