BIRLS BAHOLASH DASTURI BOʻYICHA BULAJAK BOSHLANGʻICH TAʼLIM ÓQUVCHILARINI BILIMINI TEKSHIRISH VA BAHOLASH BILAN TASHISHTIRISH
O'zbekiston o'qishni o'rgatish jarayonining boshqa davlatlarga nisbatan o'ziga xosligi bormi, agar shunday bo'lsa u nimada namoyon bo'ladi? Boshlang'ich sinflarimizning o'qituvchilari foydalanayotgan metodlar boshqa mamlakat o'qituvchilari foydalanayotgan metodlardan farq qiladimi? kabi asosiy masalalar o'rganiladi. Shuningdek, tadqiqotda ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish va tahlil qilish maqsadida anketa so'rovnomalari ham o'tkaziladi. Jumladan, o'quvchilar so'rovnomasi orqali ishtirokchi haqida ma'lumotlar, oiladagi ta'limiy resurslar, maktabga, o'qituvchiga, o'quv faniga munosabat, o'quvchilar o'rtasidagi munosabat, o'quv fanlari bo'yicha o'zini baholash, sinfdan tashqari mashg'ulotlar to'g'risida ma'lumotlar to'planadi.
O'qituvchilar so'rovnomasi o'qituvchilar haqidagi ma'lumotlar, maktabning jihozlanishi, xavfsizlik, maktab muhiti, o'qitish usuli, malaka oshirish masalalarini o'z ichiga oladi.Ota-onalar so'rovnomasida ota-onalar haqidagi ma'lumotlar, oiladagi ta'limiy resurslar, farzandini maktabga tayyorlash, maktabga qabul qilinishidan avvalgi ko'nikma va malakalari, ota-onalarning maktabga va o'qishga munosabati o'rganiladi. Maktab ma'muriyati so'rovnomasi orqali maktab quvvati, joylashuvi, jihozlanishi, ta'limiy resurslar, maktabda o'quv jarayonining tashkil etilishi, maktab muhiti o'rganilib, tahlil etiladi.Tadqiqotning 2016 yil natijalariga ko'ra, 50 ta mamlakat ichida, Rossiya, Singapur, Gonkong, Irlandiya va Finlyandiya mamlakatlari yuqori natijalarni qayd etgan bo'lsa, shular orasida rossiyalik va singapurlik o'quvchilar matnni o'qish va tushunish bo'yicha eng yuqori natijalarni ko'rsatdi. Shuningdek, Rossiyaning boshlang'ich sinf o'quvchilari ushbu mezon bo'yicha dunyoda yetakchilik qildi.
Mazkur davlatlarda o'qish savodxonligi bo'yicha yuqori natijalar quyidagi omillar bilan bog'liq: uydagi kitoblar va raqamli qurilmalarning mavjudligi, ziyoli ota-onalar va ularning kitobga bo'lgan muhabbati, bola maktabga borgunga qadar o'qish-yozishni o'rganganligi hamda maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olish ko'rsatkichining yuqoriligi.PIRLS tadqiqotida O'zbekiston Respublikasining ishtirok etishi ta'lim sifatini oshirish, xalqaro miqyosda mamlakat nufuzini mustahkamlash bilan birga, o'quvchilar bilimini xalqaro talablar darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi.