PIRLS boshlang'ich sinf o'quvchilarining sinf va sinfdan tashqari o'qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga, ya'ni “badiiy tajriba orttirish”, “axborotni olish va undan foydalanish”ga qaratiladi. O'z navbatida, ushbu maqsadlarning har biri to'rtta keng tushunish jarayonini birlashtiradi. Bular:

diqqatni jamlash va aniq ko'rsatilgan ma'lumotlarni topish;
g'oyalar va axborotni talqin qilish va uyg'unlashtirish.
Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga ko'ra, o'rtacha 500 dan 800 tagacha, o'quvchilarning o'qish savodxonligi darajasi past bo'lgan mamlakatlar uchun 400–500 ta, ePIRLSda esa, taxminan 1000 ta so'zdan iborat bo'ladi.
Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi o'quvchilarga mos, ayrim madaniyatlarga juda xos bo'lgan mavzulardan chetlashgan, shuningdek, qiziqarli hamda o'quvchiga unchalik tanish bo'lmaydi.
PIRLS tadqiqotida o'qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:
PIRLS tadqiqotida o'qish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:
Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – O'quvchilar matnni yaxlit o'zlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bog'liq holda tushunadi. Muallifning g'oyasini izohlashda o'z fikrini asoslash uchun matnga tayana oladi.
Yuqori daraja (550 ball) – O'quvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi, matnga asoslanib o'z xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga e'tibor qarata oladi.
O'rta daraja (475 ball) – O'quvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va tilining ba'zi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan o'z xulosalarini chiqaradi.
Quyi daraja (400 ball) – O'quvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson bo'lgan xabarni ajratib oladi.
Tadqiqotda O'zbekistonning boshlang'ich sinf bitiruvchilari boshqa davlatlardagi tengdoshlariga nisbatan qanchalik darajada yaxshi o'qiydi? O'zbekiston o'quvchilarining o'qish savodxonligi qay darajada? O'qish 4-sinf o'quvchilari uchun sevimli mashg'ulotmi? Oila tomonidan savodxonlikni rivojlantirishga qanday hissa qo'shilmoqda? Bugungi kunda bizning mamlakatimizda o'qishni o'rgatish jarayoni qanday tashkil etilgan?