GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI BOSHLANGʻICH TAʼLIM YOʻNALISHI 52-21 GURUH TALABASI TOHIROVA GULYORANING ONA-TILI ÓQITISH METODIKASI FANIDAN TAYYPRLAGAN TAQDIMOTI
MAVZU:
BIRLS BAHOLASH DASTURI BOʻYICHA BULAJAK BOSHLANGʻICH TAʼLIM ÓQUVCHILARINI BILIMINI TEKSHIRISH VA BAHOLASH BILAN TASHISHTIRISH
PIRLS tadqiqotlarida 2021 yil O‘zbekistondagi 180 ta maktabda tahsil oluvchi 4-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda. PISA tadqiqotining tajriba-sinov jarayonida 15 yoshli o‘quvchilarning qatnashishi belgilangan. O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha PIRLS xalqaro tadqiqoti qanday o‘tkaziladi? PISA xalqaro tadqiqoti-chi, qaysi fanlar bo‘yicha o‘quvchi savodxonligi baholanadi, kabi savollarga quyida javob olishingiz mumkin. PIRLS xalqaro baholash dasturida 60 dan ortiq davlatlar qatorida ilk bor O‘zbekiston o‘quvchilari ham qatnashadi.
«PIRLS bo‘yicha Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) hamda PISA bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda respublikamizdan tadqiqotlarda ishtirok etuvchi maktablar va o‘quvchilar tasodifiylik tamoyillari asosida tanlab olindi.Joriy yilning aprel oyida bo‘lib o‘tadigan PIRLS tadqiqotlarida O‘zbekistondagi 180 ta maktabda tahsil oluvchi 5 948 nafar 4-sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari, maktab direktorlari va sinf rahbarlari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, PISA tadqiqotining tajriba-sinov jarayonida 15 yoshli o‘quvchilarning qatnashishi belgilangan», deydi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Odil Qo‘ysinov.
.....O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha PIRLS xalqaro tadqiqoti qanday o‘tkaziladi?
.....O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha PIRLS xalqaro tadqiqoti qanday o‘tkaziladi?
Hozirda inspeksiya huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi tomonidan o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladigan jarayonlar uchun barcha tadqiqot materiallari: baholash daftarlari va so‘rovnomalar tegishli tillarga moslashtirilgan holda tarjima qilinib, xalqaro sertifikatsiyadan o‘tkazilgan.PIRLS asosiy tadqiqoti qog‘oz shaklida o‘tkaziladi va unda 4-sinf o‘quvchilari matnni o‘qib tushunish darajalarini baholovchi test topshiriqlarini bajarishadi hamda ta’limga qiziqishlari, uy va maktab sharoitlari to‘g‘risidagi shaxsiy fikrlarini namoyon etuvchi o‘quvchi so‘rovnomasini to‘ldirishadi.
Shuningdek, ishtirokchi maktablar rahbarlari va tanlangan sinf rahbarlari ta’lim muassasasidagi ta’lim muhitini o‘rganuvchi maktab va o‘qituvchi so‘rovnomasini, o‘quvchilarning ota-onalari yoki vasiylari esa farzandlarining ta’lim olish sharoitlarini o‘rganuvchi uy so‘rovnomasini to‘ldirishadi. 2021 yilda o'tkaziladigan PIRLS xalqaro baholash dasturida 70 ga yaqin davlatlar qatorida mamlakatimizdagi 4-sinf o'quvchilari ham ilk marotaba ishtirok etadi.