Mavzu: Biznes moliyasi 7-dars Ma’ruzachi: Uzoqov Utkir Abdusattorovich Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universiteti TIFT – 2023
Moliya nima ?
Moliyaning biznesdagi o'rni
Omonatlar
Pulning vaqtinchalik qiymati
Dars Rejasi: Moliya -bu pul, bank, kredit, investitsiya, aktiv va passivlarni yaratish, o'rganish va boshqarishni tavsiflovchi fandir.
Moliya quyidagilar bilan shug'ullanadi:
Pul yig'ish (moliyalashtirish)
Pul kiritish (investitsiya)
Moliyalashtirish - tijorat faoliyati uchun mablag' ajratish, xarid qilish yoki investitsiyalashtirish harakatidir. Moliyaviy institutlar va banklar moliyalashtirish bilan shug'ullanadi, ular korxona maqsadlariga erishishi uchun, iste'molchilar va investorlarga mablag' ajratishadi.
Moliya nima ? Moliyaning biznesdagi o'rni Biznesni moliyalashtirish Biznesni boshlash uchun boshlang'ich kapital manbalari quyidagilar bo'lishi mumkin : 1) o'z mablag'lari:
a) yakka tartibdagi tadbirkor uchun - uning shaxsiy mablag'lari va jamg'armalari, o'z mulki (bino, jihoz, avtomobil); b) yuridik shaxs uchun - ta'sischilar tomonidan shakllantirilgan uning ustav kapitali, ko'pincha bu o'z mablag'lari hisobidan moliyalashtirish; Venchur fondlari va biznes farishtalar yangi loyihalarning faol ishtirokchilari bo'lishlari mumkin.
2) bank yoki jismoniy shaxslardan kreditlar (qarz orqali moliyalashtirish);
3) beg'araz yordam (grantlar yoki subsidiyalar).
Ichki moliyalashtirish manbalari Ichki manbalar firma "ichida" mavjud bo'ladi. Kompaniyaning asosiy ichki moliyalashtirish manbai uning daromadidir (kompaniyaning foydasi uning daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi farqidir).
Tashqi moliyalashtirish manbalarikompaniyani rivojlantirish uchun tashqi tashkilotlardan mablag'larni jalb qilish imkonini beradi.
Investitsiyalar – daromad olish yoki kapitalni saqlab qolish uchun pul mablag'larini omonatlashdir. Moliyaviy omonatlar (qimmatli qog'ozlarni sotib olish) va real (sanoatga investitsiyalar, qurilish va boshqalar) omonatlar mavjud.
Moliyaning biznesdagi o'rni 5 Savdo (tijorat) krediti
4 Bank krediti
3 Sug'urtalash
Aksiyalarni sotish
2 1 Firmalarni birlashtirish
6 Davlat byudjetidan moliyalashtirish
Omonatlar Investitsion yechimlar Kapitalni byudjetlashtirish - taklif etilayotgan loyihaning maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun uning xarajatlari va foydalarini taqqoslashdir.
Kapital byudjeti - bu uzoq muddatli loyihalar uchun zarur bo'lgan binolar, mashinalar va uskunalar kabi aktivlarni sotib olish uchun foydalaniladigan mablag'larning maqsadli miqdori.
Investitsiya chiqimlarni qoplash davri Loyihaning dastlabki investitsiyasini qoplash, pulni qaytarish uchun ketadigan vaqt.
Qoplash usuliga ko'ra, uzoqroq bo'lganlarga nisbatan qisqaroq to'lov muddatiga ega bo'lgan loyihalar afzalroqdir.
Qisqa muddatli (bir yilgacha bo'lgan davr);
O'rta muddatli (1 yildan 3 yilgacha);
Uzoq muddatli (3 yil va undan ko'p).
Investitsiya muddatlari Pulning vaqtinchalik qiymati Pulning vaqt qiymati - bu moliyaviy atama bo'lib, asosan vaqt o'tishi bilan pulning o'sib borish formulasiga egadir. Har xil vaqt oralig'ida bir xil miqdordagi pul har xilcha baholanadi. Ya'ni, bugungi kunda ma'lum miqdordagi pul, bir yil yoki besh yil ichida xuddi shunday miqdordagi pulga nisbatan qimmatroq baholanadi.
Pul qiymatini hisoblash Kelasi qiymat Naqd pul oqimi yoki pul oqimlari seriyasi, agar u ma'lum bir foiz stavkasi bo'yicha hisoblansa, ma'lum vaqt oralig'ida ko'payadi.
Moliyaviy sohada pulning vaqt qiymati asosiy tushuncha bo'lib, har qanday inson muayyan bir miqdordagi pullarni kechiktirgandan ko'ra, avvalroq olishni istaydi. Bugungi pullar, masalan, keyingi yilllarga nisbatan qimmatroq baholanadi va undan daromad olish mumkin bo'lgan foizlar miqdori ko'proq bo'ladi. Ya'ni, agar siz bugun 1000 dollar olsangiz, ularni, masalan, bankka qo'yishingiz va bir yilda 1100 dollar olishingiz mumkin, yoki boshqacha aytganda, bir yilda 1100 dollar bugungi kunda 1000 dollarga teng.
MASALA FV = PV + I = PV + (PV * R * T)
FV=1 000 000 + (1 000 000 х 0,12 х 5)= 1 000 000 + 600 000 = 1 600 000 Investitsiya qilingan 1 000 000 so‘m summasi 0,12 stavka va yillardagi vaqtga (bu holda besh yil) ko‘paytiriladi va shu investitsiya summasiga qo‘shiladi. Bunda besh yil muddatga jamlangan summa 1 600 000 so‘mni tashkil qiladi.
E’TIBORINGIZ UCHU RAHMAT