Jamiyat va davlat barqaror rivojlanishini tavsiflovchi siyosiy holat;
Tadbirkorlar va boshqa bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining huquq, majburiyatlari, javobgarligini aniq belgilovchi huquqiy muhit;
Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab-quvvatlash;
Aholining (ist’emolchilar) to’lov qobiliyatiga ega talabi darajasi, ishsizlik darajasi bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy holat;
Tadbirkorlik biznesining ma’lum bir turi bilan shug’ullanish imkoniyatini ta’minlovchi aholi ma’lumoti darajasini taqozo etgan madaniy muhit;
Ilmiy-texnik, texnologik muhit;
Faoliyatning ma’lum turlarni rivojlantirish uchun zarur ishlab chiqarishning tabiiy omillari miqdorining yetarli darajada mavjudligi;
Tadbirkorlik tashkilotlari faoliyat ko’rsatish jarayoniga ta’sir etuvchi iqlim (ob-havo) sharoitlari bilan bog’liq fizik muhit;
Tabiiy bo’hronlarning yo’qligi;
Tijorat operatsiyalarini, ishbilarmonlik aloqalarini amalga oshirish imkoniyatimni ta’minlovchi yetarli sondagi tashkilotlar mavjudligi to’g’risida guvohlik beruvchi institutsional-tashkiliy muhit va hakozo.
Tadbirkorlik ichki muhiti:
Zarur xususiy kapital hajmi mavjudligi;
Korxona tashkiliy-huquqiy shaklini to’g’ri tanlash;
Tadbirkorlik sirini saqlash mexanizmi va boshqalar.
3. Kichik biznesni davlat tomonidan qo’llab – quvvatlanishi
Tadbirkorlik - mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib va mulkiy javobgarligi asosida, amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishidir.