O’zbekistonda- Farmonga ko’ra, parlament huzurida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo’yicha vakil instituti tashkil etiladi. Mazkur vakil instituti quyidagi asosiy vakolatlarga ega bo’ladi:
tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;
tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati tekshirilayotganda ularni huquqiy qo’llab-quvvatlash;
tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro’yobga chiqarilayotganligini o’rganish;
qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilishiga ta’siri samaradorligini baholash;
davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
Umuman olganda, biznes-ombudsmanlar ijrochi organlarning harakati (harakatsizligi)dagi xatoliklarni bartaraf etish bilan birga umumiy jihatdan biznesning rivojlanishiga hissa ham qo’shadi. Ularning faoliyatida yo’naltiruvchi-maslahat hamda ma’lumotlar vazifalariga alohida e’tibor qaratiladi. SHuningdek, tegishli idoralar tomonidan dasturlarning bajarilishini nazorat qilish vazifasi ham ularga yuklatiladi. SHuningdek, ushbu tuzilmalar iqtisodiy munozalarni hal etishda davlat mexanizmiga tushadigan og’irliklarni o’z bo’yniga oladi. Aynan shu boisdan ham ba’zi davlatlar shunday ombudsmanlarni qo’llab-quvvatlaydi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan xorijiy tajriba hamda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib mamlakat uchun eng maqbul modelni tanlab olish maqsadga muvofiq. SHunday institut tuzish kerakki, biznes hamjamiyati bilan ish olib borish bilan bir qatorda u milliy qonunchilikka yangiliklar olib kira olsin, O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda ishlasin hamda mamlakatimizda biznes rivojlanishiga befarq bo’lmaganlarning barchasini o’z faoliyatiga jalb eta olsin!