Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat buyurtmalarini bajarishga jalb etish, ularni bajarish uchun turli imtiyozlar berish va qulayliklar yaratish. Tashqi iqtisodiy faoliyatni qo’llab-quvvatlash. Bu sohada tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini ro’yxatdan o’tkazish, mazkur faoliyatni axborot bilan ta’minlash, moslashuvchan soliqlar va imtiyozlar belgilash. boshqa moliyaviy yordam ko’rsatish, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog’liq tavakkalni sug’o’rta qilish, mahsulotni eksport va import qilish tartibini belgilash, tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, valyuta jamg’armalari va boshqa jamg’armalar tashkil qilish va ulardan foydalanish tadbirlari nazarda tutilgan.
Kichik korxona bilan shartnomalar tuzishga ko’maklashish. Kichik va yirik xo’jalik sub’ektlarini bir-biriga qarama-qarshi qo’ymasdan, ular bir-birlarini to’ldirishlari, ma’lum sohada kichik va yirik korxonalar birgalikda o’zaro uzviy bog’liq yagona majmua tarzida ishlashlari va rivojlanishlari uchun zarur sharoitlar yaratish singari tadbirlar amalga oshirilishi ko’zda tutiladi.
Tadbirkorlik sohasini mutaxassis va boshqa xodimlar bilan ta’minlash. Tadbirkorlikning axborot-maslahat ta’minotini tashkil etish va amalga oshirish.
O’zbekistonda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash ishlarini yo’lga qo’yish va amalga oshirish maqsadida bir qator davlat organlari va nodavlat tashkilotlari tuzilgan. Har birining aniq vazifalari belgilab qo’yilgan hamda maxsus dasturlar ishlab chiqilgan.
Dastur davlatning har tomonlama qo’llab-quvvatlovchi bozor jarayonlari asosida O’zbekiston aholisining tashabbusli, yaratuvchi keng tabaqalari tomonidan amalga oshiriladi.
Komissarlar ikkita asosiy vazifalarni bajaradi:
1. Bir tomondan kichik biznes boshqa tomondan tijorat tashkilotlari va ommaviy hukumat organlari o’rtasidagi tijoratga oid munozaralarning alьternativ hal etilishini ta’minlash;
2. Kichik biznes vakillariga maslahatlar berish hamda har ikki tomon bilan telefonda muzokaralar olib borish yo’li orqali munozarali holatlarni hal etish.
Komissarlar ijro etuvchi hokimiyat bilan chambarchas aloqada faoliyat olib boradi:
1. Komissar lavozimi va maqomi parlament hujjatlari asosida ta’sis etiladi;
2. Federal darajada komissarlarni vazifaga tayinlash va ozod etish ishlari Avstraliyaning general-gubernatori, shtatlar darajasida esa shtatlarning bevosita gubernatorlari zimmasidadir;
3. Komissarlarning alohida shtati mavjud bo’lib, ular odatda byudjet hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xizmatchilaridan iborat bo’ladi. Bundan tashqari, ular xizmati uchun har ikki tomondan to’lov undiradi;
4. Komissarlar tegishli vazirlardan ko’rsatmalar oladi va ularni bajarishga majbur. O’z faoliyati haqida ma’ruzani vazirga taqdim etadi.