Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati reja



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə21/36
tarix20.09.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#145828
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
biznes reja Untitled.FR12

Qisqacha xulosalar
Bozor munosabatlariga o’tishning asl mohiyati boshqaruvning ma’muriy usulidan iqtisodiy usuliga o’tish, xalqning o’sib borayotgan talab va ehtiyojlarini to’laroq qondirish hamda samarali iqtisodiyot asoslarini bunyodga keltirishdir.
Bu borada shunday halqa yaratish kerakki, uning yordamida bozor iqtisodiyoti bilan birgalikda o’sib kelayotgan aholining kelajagi va iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish ta’minlanishi lozim. Bu halqada kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati bosh bo’g’inni egallaydi. Chunki kichik biznes aholini o’zgarib boruvchi ehtiyojlarini tez e’tiborga olgan holda turli-tuman mahsulotlar ishlab chiqarishga moslasha olish qobiliyatiga ega.
Kichik biznesning rivojlanishi aholini ish bilan band qilish, aholini turmush darajasini yaxshilash bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal qilish imkoniyatini yaratadi. Bunda biznes faoliyatni asosi hisoblangan biznes reja muhim ahamiyatga egadir. Chunki unda faoliyatni samarali tashkil etishning barcha jihatlari qamrab olinadi.
Nazorat uchun savollar:

  1. Bozor iqtisodiyoti tushunchasiga ta’rif bering.

  2. Bozor iqtisodiyotining tub belgilarini ta’riflang.

  3. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning “o’zbek modeli” ni izohlang.

  4. Bozor munosabatlarida biznes faoliyatni rivojlantirishning ahamiyatini

yoriting.

  1. Biznes va tadbirkorlik faoliyati orasidagi farqlarni izohlang.

  2. Kichik biznesni rivojlantirishning ahamiyati va xususiyatlarini yoriting.

  3. Biznes faoliyatni rivojlantirishda biznes rejani shakllantirishning o’rni va

ahamiyatini yoritib bering.
Test savollari:

  1. Bozor iqtisodiyoti bu -

  1. Tovar-pul munosabatlariga asoslangan va ularga xos iqtisodiy qonunlar asosida boshqariladigan iqtisodiyot turidir.

  2. Insonning yashashi uchun kamol topishi uchun uning hayotiy vositalarga zaruriyatidir.

  3. Bozor tizimining samarali amal qilishga imkon tug’diruvchi xuquqiy asosdir.

  1. Bozor iqtisodiyotining tub belgilarini ko’rsating.

  1. Iqtisodiy plyuralizam, mulk egalarining to’la mustaqilligi,narxlarning liberallashuvi;

  2. O’zaro munosabatlar va manfaatlarni ko’zlagan holda o’rnatilishi va raqobat;

  3. A va B javoblar to’g’ri

  1. Bozor iqtisodiyotining sub’ektlarini belgilang.

  1. Har xil shakldagi mulk resers egalari va tadbirkorlar, davlat mahkama va idoralari;

  2. Firma va korxonalar;

  3. A va Bjavoblar to’g’ri

  1. Biznes” atamasi

  1. Ingliz tilidagi “business” so’zidan olingan bo’lib, “ish” ma’nosini anglatadi.

  2. Grekchadan olingan bo’lib, “faoliyat yuritish” ma’nosini anglatadi.

  3. Nemis tilidan olingan bo’lib, “ish bajarish” ma’nosini anglatadi.

  1. 2014 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qancha ish o’rni yaratildi?

  1. 480 mingdan ziyod

  2. 200 mingdan ortiq

  3. 660 mingdan ziyod

  1. Biznesni tashkil etish va olib borish konsepsiyasini ishlab chiqishda qo’llaniladi, tadbirkor uchun bir qurol bo’lib, uning yordamida korxonaning ma’lum bir davrdagi faoliyatning haqiqiy natijalariga baho berish mumkin”. Bu funktsiyalar nimaga nisbatan aytiladi?

  1. Moliyaviy ko’rsatkichlar

  2. Biznes reja

  3. Buxgalteriya balansi

  1. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yo’nalishlarini belgilang.

  1. Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishning mintaqa, tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, barcha tarmoqlarda xususiy korxonalar, jamiyatlar, shirkatlar tuzish bo’yicha shaxsiy tashabbuslarni rag’batlantirish;kichik korxonalarning kredit manbalari va sarmoyalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, davlat tomonidan kreditni kafolatlash jamg’armalarini yaratish;kichik tadbirkorlikka xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilmalarini yanada kengaytirish va rivojlantirish;

  2. Kichik korxonalarning xom ashyo, texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, kichik biznes korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotishning samarali tizimini yaratish;kichik tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va ular faoliyatining me’yoriy huquqiy negizini takomillashtirish; kichik tadbirkorlik faoliyati ko’rsatkichlarining hisobi va tahlili tizimini soddalashtirish; kichik tadbirkorlik uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.

  3. Yuqoridagilarning barchasi to’g’ri.

  1. 2014 yil yakunlariga ko’ra iqtisodiyotning kichik biznes va tadbirkorlik sohasida ish bilan band bo’lgan aholining necha foizdan ziyodi mehnat qilmoqda?

  1. 55,5foizdan ziyodi

  2. 76,5foizdan ziyodi

  3. 47,8foizdan ziyodi


  1. Yüklə 0,79 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin