Mavzu Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtis-fayllar.org
birinchidan, sanoat korxonalari xodimlarini rag’batlantirib ularni ko'proq marketing tadqiqotlarini olib borishga jalb qilish orqali yanga innovatsion goyalarni ishlab chiqishga yo'naltirish;
ikknnchidan, sanoat korxonalarida ishlayotgan yosh xodimlar tomonidan yaratilayotgan innovatsion loyihalarni amaliyotda qo'llashdan oldin korxona hududiga tegishli joylarda sinov maydonchalarini tashkil etishni yo'lga qo'yish;
uchinchidan, kichik biznes vakillari va xususiy tadbirkorlar uchun kreditlar va ular uchun zarur resurslardan foydalanish imkoniyatini kengaytarish va yaratilayotgan innovatsion loyihalarni kreditlash tizimini yaratish;
to'rtinchidan, viloyatlarning chekka tumanlarida ishlab chiqarishda eng muhim omil bo'lgan elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi va shu kabi kommunal xizmatlar uzluksizligini ta’minlash bilan bog’liq bo'lgan muammolarni hal etash;
beshinchidan, yaratilgan innovatsion mahsulotlar va minitsexlar savdo yarmarkalarini tashkil etish;
oltinchidan, kichik biznesning eksport saloxdatini rivojlantirish uchun zarur tashkiliy, xuquqiy, moliyaviy mexanizmlarini shakllantirish va sharoitlarni yanada yaxshilash orqali kelgusida chetga xomashyo emao, balki yuqori qo'shimcha qiymatga ega tayyor mahsulotni eksport qilishga erishish.
O'zbekistonda innovatsiya faolshggani yuqori darajada rivojlantirish va iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun Milliy innovatsion tizim (MIT)ni to'lik shakllantirish lozim. Bunda respublikamizda innovatsion iqtisodiyotga o'tish kontseptsiyasini va MITni shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish zarur. SHuningdek, O'zbekiston Respublikasining ynnovatsiya faoliyatini samarali rivojlantirishga qaratilgan "Innovatsiya faoliyati to'g,risida"gi qonunini ishlab chiqish va qabul qilish lozim.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, hozirgi raqobat kuchayib borayotgan sharoitda kichik biznes sub'ektlari o'z faoliyatlarida donmo yangi innovatsiyalarni kullamay, yirik korxonalar bilan hamkorlikni yaxshi yo'lga qo'ymay bozorga yangi mahsulot yoki texnologiyalarni kiritishlari mushkuldir. Bunda kichik biznes korxonasining boshqaruv faoliyatiga innovatsion menejment usul va texnologiyalarini tatbiq etish, amaldagi boshqaruv usullarini muntazam ravishda takomillashtirib borish kichik biznes sub'ektining kelgusidagi muvaffaqiyatini belgilab beradi
Ko'pgina xorijiy mamlakatlarda kichik biznesning vujudga kelishi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi davlat yordami vositasida ta’minlanadi. Ularda bu ishda juda katta ijobiy tajriba to'plangan bo'lib, undan bizning sharoitlarimiz va xususiyatlarimizni hisobga olgan holda foydalanish mumkin
Ko'pgina mamlakatlarda kichik korxonalar faoliyatini tartibga solishga umumiy yondashishlar va asosiy yo'nalishlar xosdir. Ularga quyidagilar kiradi:
korxonalar faoliyatining umumiy va xususiy tomonlarini (masalan, kichik firmalarda boshqaruv usullarini) takomillash-tirishni, biznes bilan shug'ul[Ianishni istayottanlarga moliyaviy yordam ko'rsatishni, kichik biznesni rivojlantirishni ko'zda tutuvchi ma’lum maqsadga qaratilgan davlat rejalarini ishlab chiqish;
kichik bizneslarga davlatning moliyaviy yordam ko'rsatishi (Italiyada kichik firmalar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruk-torlik ishlarini moliyalashtirishga katta mablag'lar ajratiladi);
kichik biznesni kafolatlash va imtiyozli kreditlashtirish firmalarini tashkil qilish (Angliyada kichik korxonalarni moliyalashtirishni ta’minlovchi maxsus firmalar bor, buning ustiga davlat qarzlarining 70% ni kafolatlaydi);
kichik korxonalar faoliyatini imtiyozli soliqqa tortishni keng tarqatish (masalan, Fransiyada har yili 10000 ga yaqin korxonalar to'liq yoki qisman soliq to'lashdan ozod qilinadilar).
Kichik biznesni qo'llab-quvvatlash sohasidagi ba’zi bir mamlakatlar tajribasining qisqacha bayonini keltiramiz.
AQSH. AQSH 1953-yildayoq butun mamlakat bo'yicha vakillaming keng tarmog'iga ega kichikl biznes ishlari bo'yicha ma’muriyat tashkil qilingan edi, unda 4 ming xodimlar xizmat qiladi. Bu tashkilot faoliyatining asosiy yo'nalishi shaxsiy ishni ochish va olib borishda yordam berish, kichik biznesga kreditlar va kafolatlangan qarzlar berishdan iborat.
O'sha yili iqtisodiyotning monopolistik sektorini davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi kichik biznes to'g'risidagi qonun qabul qilingan. 1986-yilda kichik korxonalarga yangi texnologiyalar, ilmiy-texnik va tajriba konstruktorlik tashkilotlarining ishlanmalarini topshirish imkoniyatini ta’minlovchi qonun qabul qilingan.
Kichik korxonalarga kopchilik yarimhukumat tashkilotlari yordam ko'rsatdilar: xizmatlar savdosi sohasidagi siyosat bo'yicha qo'mita, Prezident xuzuridagi xususiy tadbirkorlik muammolari bo'yicha maxsus komissiya, sanoat raqobatbardoshligi masalalari bo'yicha komissiya va boshqalar.
Ko'p sonli jamoatchilik tashkilotlari - savdo palatasi, sanoatchilaming milliy assouiaijiyasi, savdo, qishloq xo'jaligidagi har xil assouiauiyalar, klublar, guruhlar va hokazolar kichik biznesni qo'llab-quwatlashga yordam ko'rsatadilar. AQSHda kichik korxonalar soliq imtiyozlaridan foydalanmaydi, ammo subsidiyalar, dotatuiyalar, moliyaviy kafolatlar bilan qo'llab-quwatlanadilar.