Mavzu: Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash siyosati reja


Moliya - kredit vositasida qo'llab - quvvatlash. Kadrlar bilan ta'minot



Yüklə 55,53 Kb.
səhifə6/8
tarix21.12.2023
ölçüsü55,53 Kb.
#188370
1   2   3   4   5   6   7   8
Mavzu Biznes va uning turlarini davlat tomonidan ijtimoiy-iqtis-fayllar.org

3. Moliya - kredit vositasida qo'llab - quvvatlash. Kadrlar bilan ta'minot.
Biznesning asosini, shuningdek uning kichik ko'rinishlarini moliyaviy sarmoyalar va moliyaviy zaxiralar tashkil qiladi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy zaxiralarini uning ixtiyorida bo'lgan pul vositalari tashkil qiladi. Faqatgina, unchalik ko'p bo'lmagan yangi ish boshlagan tadbirkorlar o'z ishlarini o'zlari moliya bilan ta'minlaydilar. Ko'pchilik kishilar oz miqdorda bo'lsa ham tashqi manbalarga muhtoj bo'ladilar.
Moliyaviy resurslarning 4 ta toifasi mavjud bo'lib ularda quyidagilar:

  1. Savdo krediti. Bu turdagi “Pul” to'g'ri ma'noda zayom vositasi hisoblanmaydi. Haqiqatdan bu tovarlar qiymati hisoblanadi. Uni sizning etkazib beruvchilaringiz sizga pul to'lamasdan qarz qilib beradilar va qarzni eslatilgan muhlatlarda to'lash sharti bilan.

  2. Qisqa muddatli kredit. Banklar va boshqa kredit beruvchilar, bu kabi kreditlar maxsus maqsadlar-muddatli kreditlar ehtiyoj sifatida kelgusi mavsumda sotish uchun beriladi. Bu kabi kredit uchun qarz bir yilga etmasdan uziladi.

  3. Uzoq muddatli kredit. Bu zayomlar bir yildan ortiq muddatga korxonani kengaytirish yoki takomillashtirish uchun beriladi.

  4. Aktsiyanerlar kapitalda investorning qatnashishi. Bu kabi resurslar qaytarilmaydi.

Iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida bo'lgani kabi tadbirkorlik sohasida ham kadrlarning o'rni beqiyosdir. Shu sababli tadbirkorlik faoliyatida ham kadrlar ta'minotini va ularning strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Kadrlar siyosati va boshqarish san'ati bu xalq xo'jaligida eng yaxshi boshqaruv kadrlarini uzoq muddatga tayyorlashdir. Kadrlar siyosati korxonalarda, firmalarda, korporatsiyalarda mutaxassislarni qayta tayyorlash, uzoq muddatli dasturlarda ishlab chiqariladi. Masalan, yangi biznes usullarida tadbirkorlik faoliyati sohalari bilan shug'ullanuvchi kadrlar kerak bo'ladi, shuningdek Tadbirkorlik asoslari, marketing, bank faoliyati sohalaridja ishlashni biladigan mutaxassislar zarur bo'ladi.
Katta korxonalarda kadrlar siyosatini shakllantirishda birinchi navbatda kadrlar xizmati rahbarlari, oliy, muntazam va funktsional rahbarlar ishtirok etadi, ammo, yakuniy qarorni bosh direktor yoki direstorlar majlisi boshchiligidagi oliy menejerlar korpusi qabul qiladi.
Xususiy tadbikorlikda kadrlar ta'minoti va strategiyasi bilan tadbikorning o'zi shug'ullanadi.



Yüklə 55,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin