Mening
|
kitob
|
im
|
uka
|
m
|
Sening
|
ing
|
ng
|
Uning
|
i
|
si
|
Bizning
|
imiz
|
miz
|
Sizning
|
ingiz
|
ngiz
|
Ularning
|
i//lari
|
si//lari
|
Uslubiy belgilari. 1. Egalik ko`shimchasi qaratqich kelishigi qo`shimchasining mavjudligini, qaratqich kelishigi qo`shimchasi esa egalik qo`shimchasining mavjudligini ko`rsatib turadi: maktab hovlisi, bizning maktab.
2. Viloyat, shahar, tuman, korxona, muassasa nomlari tarkibidagi III shaxs egalik shakli shaxsga qarashlilik ma’nosini emas, xoslik, umumdan ajratilganlik ma’nosini ifodalaydi. Shu sababli bunday birikmalarda oldingi qism qaratqich kelishigida qo`llanmaydi: Mustaqillik ko`chasi, Dehqonobod tumani, Qarshi davlat universiteti, o`zbek tilshunosligi kafedrasi.
3. III shaxs birlik va ko`plikdagi egalik shakllari ayrim ravish va modal so`zlar tarkibida yaxlitlanib qolgan: kechasi, kunduzi, tunlari, chamasi, ochig`i, yaxshisi.
4. Egalik (qarashlilik) ma’nosi -niki qo`shimchasi yordamida ifodalanishi ham mumkin, faqat bu qo`shimcha shaxs-son ko`rsatmaydi: maktabimiz – maktabniki.
5. Qaratqichli birikmada shaxs almashib qo`llanishi ham mumkin: Mening uyim shu yerda – Kaminaning uyi shu yerda.
6. Egalik shaklini ko`proq ot xususiylashtirgan, biroq egalik shakli istagan mustaqil so`z, hatto taqlid, undov so`zlarga qo`shilib ularni boshqa so`zlar bilan munosabatga kirita oladi. Shuning uchun ham u – ismlarning munosabat shakli.
7. Egalik qo`shimchasi I va II shaxs ko`plikda belgisiz ishlatilishi, ya’ni tushirib qoldirilishi mumkin. Bu qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bo`lishini shart qilib qo`yadi: bizning ayvon, sizning oila, sizlarning maktab, bizlarning shahar.
8. Sifatdosh va harakat nomi tarkibidagi egalik shakllari harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini bildiradi: o`qiganim, borishim. Shuning uchun qaratqich kelishigidagi shaxs bildiruvchi so`zning qo`llanishiga ehtiyoj bo`lmaydi.
Imlosi. 1. Eshik, qishloq, yutuq, kapalak kabi ikki va ko`p bo`g`inli so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilganda, o`zak oxiridagi jarangsizning jaranglilashuvi kuzatiladi: eshigi, qishlog`im, yutug`ing, kapalagi. Nok, chok kabi bir bo`g`inli so`zlar, idrok, ishtirok kabi ko`p bo`g`inli so`zlarda bu holat kuzatilmaydi.
2. Qorin, singil, burun, shahar, zahar kabi ikki bo`g`inli so`zlarga egalik shakli qo`shilganda ikkinchi bo`g`indagi i, u, a unlilarining tushib qolishi kuzatiladi: Qorni, singlim, burning, shahri, zahri.
3. Haq, his kabi o`zlashma so`zlarga egalik shakli qo`shilganda tovush ikkilanishi yuz beradi: haqqi, hissi.
4. parvo, obro`, mavqe, mavzu, avzo kabi arabiy va forsiy so`zlarga I, II shaxs egalik qo`shimchalari qo`shilganda y tovushi orttiriladi va shunday yoziladi: parvoyim, obro`ying, mavqeyim, mavzuyi, avzoyim. III shaxs egalik shakli parvo, obro`, mavqe, avzo so`zlariga -yi shaklida, xudo, mavzu so`zlariga -si tarzida qo`shiladi.
Leksemalarning ma’noviy tasnifidagi “ma’noviy nomustaqillik” tushunchasi. Barchaga ma’lumki, leksik sath birliklari ikki katta guruhga bo’linadi: mustaqil so’zlar va yordamchi so’zlar. Bular orasidagi zidlanishni ma’noviy va vazifaviy nomustaqillik tashkil etadi. Bu ziddiyat belgisiga ko’ra yordamchi so’zlar belgili, mustaqil so’zlar esa belgisiz a’zo mavqeini egallaydi. Yordamchi so’zlar hech qachon mustaqil qo’llanmaydi, bog’liq qurshovlardagina kela oladi. Mustaqil so’zlar esa mustaqil qo’llanilish va ma’no ifodalash qobiliyatiga egadir.
Leksemalarning ma’noviy tasnifida ilk bosqich belgisi “ma’noviy mustaqillik” emas, “ma’noviy nomustaqillik” bo’lishining sababi mustaqil leksemalarning bu belgiga nisbatan betarafligidir. Chunonchi, katta guruhni tashkil etuvchi atoqli otlar (Temir, Anor, Gavhar) guruhida, mavhum otlarda mustaqil ma’noning mavjudligi kishini shubhaga soladi. Mustaqil so’zlarda “ma’noviy mustaqillik” belgisi shartlidir. Assimilyatsiya tilshunos-likda boshqacha, biologiyada esa tamoman o’zgacha talqin etiladi. Loy adabiy tilda boshqacha, otarchilar nutqida esa boshqacha izohlanadi. Shunga o’xshash hodisalarni sifat, fe’l, ravishlar ichida ham ko’plab uchratish mumkin. Bularning barchasi “ma’noviy mustaqillik” belgisi mustaqil leksemalarda nisbiy tushuncha, nisbiy belgi ekanligini ko’rsatadi. Mana shuning uchun leksemalarning ma’noviy tasnifida ilk bosqichning belgisi “ma’noviy mustaqillik” emas, balki “ma’noviy nomustaqillik” bo’la oladi. Ushbu belgi asosidagi ziddiyatda ko’makchi, bog’lovchi, yuklamalar kuchli (belgili) a’zoni tashkil etadi. Sof ko’makchi, sof bog’lovchi, sof yuklamalar hech qachon mustaqil ma’noli so’zlar xususiyatiga ega bo’la olmaganligi tufayli ularning guruhiga o’ta olmaydi.
4Mukhamedov, G., Khodjamkulov, U., Shofkorov, A., & Makhmudov, K. (2020). Pedagogical Education Cluster: Content and Form. ISJ Theoretical & Applied Science, 1(81), 250-257
Dostları ilə paylaş: |