Mavzu: Bog'lovchining vazifasiga ko'ra turlari. Mundarija: I. Kirish



Yüklə 145,73 Kb.
səhifə2/17
tarix23.06.2023
ölçüsü145,73 Kb.
#134442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog\'lovchining vazifasiga ko\'ra turlari

Kurs ishining maqsadi: Bog`lovchining qo`llanishiga ko`ra o’tkazishning samarali shakl va usullarini aniqlash.
Kurs ishini ob`ekti: Bog`lovchining qo`llanishiga ko`ra turlari va uni o’tkazish jarayoni.
Kurs ishining predmeti. Bog`lovchining qo`llanishiga ko`ra turlari va uni o’tkazish usullari va vositalari.
Kurs ishining metodologik asoslari bo’lib «Ta’lim to’g’risida»gi qonun hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi I.A.Karimovning asarlari, boshlang’ich ta’lim va pedagogika fani kontseptsiyalari xizmat qiladi.
Kurs ishining metodlari - mavzuga oid ilmiy adabiyotlar va maqolalar tahlili; ilg’or boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ish tajribalarini umumlashtirish; muammoga tegishli bo’lgan maktab hujjatlari va o’quvchilarning ijodiy ishlarini o’rganish; maqsadli kuzatuv, savol-javob; pedagogik eksperiment; to’plangan ma’lumotlarni statistik tahlil qilish va hokazo.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishiga kirish, ikki bob, 4 ta band, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


1Karimov I.A. Ozbekiston XXI asr bosagasida: Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., Ozbekiston, 1997.
I.BOB: Bog`lovchining qo`llanishiga ko`ra turlari
1.1. Bog`lovchining vazifasiga ko`ra turlari
Bog`lovchi – gap bo`laklari va sodda gaplarni bir-biriga bog`lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so`z turkumining biri.
Umumiy grammatik belgilari. Gap tarkibidagi so`zlar va qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplar bir-biri bilan grammatik jihatdan teng yoki tobe bo`ladi: onalar va bolalar xonasi, Quyosh chiqdi va kun isidi, Qunduz darsga kechikdi, chunki yo`lda ushlanib qoldi. Bunday munosabatni ko`rsatuvchi yordamchi so`zlarga bog`lovchi deyiladi. Bog`lovchilar atash ma’nosiga ega emas, so`roq qabul qilmaydi, mustaqil gap bo`lagi vazifasida kelmaydi. Morfologik jihatdan o`zgarmaydi: turlanmaydi, tuslanmaydi. So`z yasalishi, shakl yasalishi uchun asos bo`lmaydi.
Bog`lovchining qo`llanishiga ko`ra turlari. Gapda qo`llanilishiga ko`ra bog`lovchi yakka, takror, yakka va takror qo`llanadagan bog`lovchiga bo`linadi. Yakka qo`llanadigan bog`lovchiga a, va, hamda, ammo, lekin, biroq, balki, holbuki, vaholanki, gar, agar, agarda, basharti, chunki, garchi, garchand, go`yo, go`yoki, ­ki/­kim, esa, ya’ni; takror qo`llanadigan bog`lovchilarga dam­dam, ba’zan­ba’zan, ham­ham, bir­bir, xoh­xoh, goh­goh; yakka va takror qo`llanadigan bog`lovchiga yo, yoki bog`lovchisi kiritiladi.
Bog`lovchining vazifasiga ko`ra turlari.Bog`lovchi gap bo`laklari yoki qo`shma gap qismlarini qanday munosabatda bog`lashiga ko`ra teng bog`lovchi va ergashtiruvchi bog`lovchiga bo`linadi.
Teng bog`lovchilar gapning uyushiq bo`laklari yoki qo`shma gap tarkibidagi teng huquqli sodda gaplarni bog`laydi: darsliklar va qo`llanmalar. Shamol tindi va hamma uyquga ketdi. Kecha sokin va iliq edi. Quyosh chiqdi, lekin havo isimadi.
Teng bog`lovchi ma’nosiga ko`ra quyidagi turga bo`linadi:
1) biriktiruv: va, hamda, bilan (ko`makchi-bog`lovchi), ham, ­u//­yu. ­da (yuklama-bog`lovchi);
2) zidlov: ammo, lekin, biroq, esa, balki, holbuki, vaholanki, a;
3) ayiruv: yo//yoki//yoxud//yoinki, yo­yo, goh­goh, dam­dam, ba’zan­ba’zan, bir­bir, xoh­xoh;
4) inkor bog`lovchisi: na…, na…
Ergashtiruvchi bog`lovchi asosan qo`shma gap tarkibidagi ergash gapni bosh gapga bog`laydi: Endi qattiq o`qimasak bo`lmaydi, negaki test sinovlariga yaqin qolmoqda.
Ma’nosiga ko`ra quyidagi turlarga bo`linadi:
1) aniqlov: ya’ni, ­ki//­kim;
2) sabab: chunki, negaki, sababki, zeroki;
3) shart: agar//gar//agarda, basharti, mabodo, garchi// garchand, modomiki.
Bog`lovchining tabiatiga ko`ra turi: 1) sof bog`lovchi; 2) vazifadosh bog`lovchi.
Faqat bog`lovchiga xos vazifa bajaruvchi yordamchi so`z sof bog`lovchi: va, lekin, agar.
Bir o`rinda bog`lovchi, boshqa o`rinda ko`makchi, yuklama, modal so`z yoki biror mustaqil so`z bo`lib keladigan yordamchi vazifadosh bog`lovchi hisoblanadi:
– bilan ko`makchisi: olma bilan anor;
– na…na yuklamasi: na otam bor, na onam bor;
– balki modal so`zi: bu gaplar qulog`imga kirmas, balki battar g`ashimga tegar edi.
– bir soni: bir kulasan, bir yig`laysan.
Shuningdek, -u (yu), -da, ham, -a yuklamasi, ba’zan ravishi ham bog`lovchi vazifasida kelishi mumkin.
Uslubiy belgilari.
1. bilan, bordi-yu, ham, -u/-yu, -da, deb, ba’zan, negaki, toki kabilar sof bog`lovchi emas. Ular bog`lovchi vazifasidagi so`z hisoblanadi.
2. ham o`zi bog`lagan qismdan oldin kelsa, ayiruv bog`lovchisi (ham o`qidim, ham yozdim), keyin kelsa yuklama (o`qidim ham, yozdim ham) sanaladi.
3. ham ta’kid ma’nosini bildirganda yuklama (Men ham borman), teng munosabatni ko`rsatganda biriktiruv bog`lovchisi hisoblanadi: Keldi Dildor ham Ruxsor.

4. Takroriy bog`lovchining bir qismi faqat takror kelganda bog`lovchi hisoblanadi. Yakka qo`llanganda boshqa turkumga mansub bo`ladi: ba’zan – ravish: Ba’zan borib turamanbir – son: Bir ko`rdim men unidam – ot: Dam oldim.


5. bilan ko`makchisi teng munosabatni ko`rsatganda bog`lovchi, tobe munosabatni ko`rsatganda ko`makchi hisoblanadi: darslik bilan qo`llanma – qalam bilan yozmoq.
6. na…, na… so`zlar orasidagi teng munosabatni ko`rsatib, biriktiruv bog`lovchi ga ma’nodosh bo`lsabog`lovchi (Na xotin, na farzand ko`rmagan… (G`.G`ul.)), inkor ma’nosi kuchli bo`lganda yuklama hisoblanadi: Na so`ngiga yetoldi ishning, Na dunyoni anglab ulgurdi. (E.Voh.)
Imlosi: 1. yo, yoki bog`lovchilari yakka qo`llanganda tinish belgisi ishlatilmaydi (Kelasizmi yo o`zimiz boraylikmi?), takror qo`llanganda vergul qo`yiladi: Yo bir maslahatni aytib bo`ladi, yo ro`zg`or ishini (Cho`lp.).
2. Takror qo`llanuvchi ayiruv bog`lovchilari oldidan vergul ishlatiladi.
3. -u (-yu), -da o`zi qo`shilayotgan so`zdan chiziqcha bilan ajratiladi, lekin uyushiq bo`laklar o`rtasiga vergul qo`yilmaydi.
4. Yozuvda chunki, negaki, sababki, zeroki, ya’ni, ammo, lekin, biroq bog`lovchilaridan oldin vergul qo`yiladi.

2Mukhamedov, G., Khodjamkulov, U., Shofkorov, A., & Makhmudov, K. (2020). Pedagogical Education Cluster: Content and Form. ISJ Theoretical & Applied Science, 1(81), 250-257

Yüklə 145,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin