Mavzu: Bog'lovchining vazifasiga ko'ra turlari. Mundarija: I. Kirish


II.BOB. Boshqa tildan o`zlashgan ayrim so`z talaffuzi



Yüklə 145,73 Kb.
səhifə7/17
tarix23.06.2023
ölçüsü145,73 Kb.
#134442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog\'lovchining vazifasiga ko\'ra turlari

II.BOB. Boshqa tildan o`zlashgan ayrim so`z talaffuzi
2.1 Bo`lishli-bo`lishsizlik shakli
Boshqa tildan o`zlashgan so`zning talaffuzida o`ziga xos me’yorlar bor. Ular quyidagilar: 1.Turkiy tillarda, ma’lumki, f undoshi bo`lmagan, shuning uchun jonli so`zlashuvda arab, fors va rus tillaridan o`zlashgan so`zlardagi «f»ni «p» deb talaffuz qilish hollari uchraydi: ulfat>ulpat, faner>paner, ferma>perma kabi. Hozirgi o`zbek adabiy tilida ularni «f» bilan talaffuz qilish me’yor holiga kelgan. 2. So`z yoki bo`g`in boshida undosh tovushlarning qatorlashib kelishi turkiy tillarga xos bo`lmagan. Bu hodisa keyinchalik boshqa tillardan o`zlashtirilgan so`zlar talaffuziga ham ta’sir qilgan – jonli so`zlashuvda so`z yoki bo`g`in boshida yoxud bo`g`indagi ikki undosh orasida bir unlining orttirilishiga olib kelgan: shkaf > ishkop, stakan > istakon, plan > pilon, traktor > tiraktir kabi. Bunday holat so`z oxirida ham uchraydi: aql > aqil, fikr > fikir, ilm > ilim, hukm > hukum kabi.
Hozirgi o`zbek adabiy tilida bunday so`zlarni asl holicha (unli orttirmay) talaffuz qilish orfoepik me’yor sanaladi. Bunday me’yor shu tipdagi so`zlarning yozuvdagi shaklini (imlosini) to`g`ri belgilashga ham yordam beradi. 3. Umumturkiy so`zlarda ikki unli yonma-yon qo`llanmaydi, bu hol arab tilidan o`zlashgan oila, doir, rais, maorif, saodat, mutolaa kabi so`zlar talaffuziga ta’sir qilgan: oila, doir, rais so`zlarida bitta «y» orttirilgan (oyila, doyir, rayis kabi), maorif, saodat, mutolaa so`zlari esa unlilarning diftonglashuviga – mo:rip, so:dat, mutola: kabi talaffuz qilinishiga olib kelgan. Keyingi bir asr ichida rus tilidan so`z o`zlashtirishning faollashganligi, ruscha o`zlashmalarning rus tilidagi talaffuz va imlo me’yorlarini o`zbek tiliga aynan singdirish an’anasining ustun bo`lganligi o`zbek tilida ikki unlining so`z tarkibida yonma-yon kelishini orfoepik va orfografik me’yorga aylantirdi: biologiya, geometriya, geologiya, geodeziya va boshqalar. Bu hol arabcha o`zlashmalarda (oila, doir, rais, maorif, saodat, matbaa, mutolaa kabilarda) ham ikki unlining yonma-yon talaffuz qilinishi va yozilishini me’yor darajasiga ko`tardi. 4. Arab tilidan o`zlashtirilgan ta’na, da’vo, ma’no, e’lon, me’mor, mo`tabar kabi so`zlarning birinchi bo`g`inidagi unlilar cho`ziqroq talaffuz etiladi. 5. Rus tilidan o`zlashgan so`zlarda «i» unlisi o`zbek tilining «i» unlisidan torroq va cho`ziqroq talaffuz etiladi. tish (o`zb.) – tip > ti:p (rus.), til (o`zb.) – tir > ti:r (rus.) kabi. 6. Ruscha leksik o`zlashmalarning urg`usiz bo`g`inidagi «e» unlisi o`zbekcha «e»dan ancha tor («i»ga yaqin) talaffuz etiladi: telefon > tilifon., televizor > tilivizir, adres > adris kabi. 7. Rus tili orqali o`zlashgan so`zlarda «a» unlisi o`zbekcha «a»dan yo`g`onroq talaffuz etiladi: kana (o`zb.) – kanal (rus) kabi. 8. Rus tilidan o`zlashtirilgan so`zlardagi o`rta keng, lablangan «o» unlisi urg`uli bo`g`inda o`zbek tilidagi o`rta keng, lablangan «o`»dan kengroq talaffuz etiladi: ton (rus.) – to`n (o`zb.), tok (rus.) – to`q (o`zb.), tort (rus.) – to`rt (o`zb.) kabi. 9. Jonli tilda «r» bilan boshlangan arabcha, forscha va ruscha so`zlarning boshida bir «o`» tovushining orttirilishi ancha keng tarqalgan: ro`za>o`raza, rus>o`ris, ro`mol>o`ramol kabi. Adabiy talaffuz me'yori sifatida ro`za, rus, ro`mol shakllari saralangan. 10. Rus tilidan o`zlashtirilgan so`zlarning oxirida lab-tish «v» undoshi jarangsiz «f» tarzida talaffuz qilinadi: aktiv > aktif, passiv > passif, ustav > ustaf, kursiv > kursif kabi; «v»ning jarangsizlanishi so`z ichidagi assimilyativ holatda ham yuz beradi: avtomat > aftomat, stavka > stafka kabi. Bunday talaffuz adabiy til uchun me’yor sanaladi, ammo o`zbek tilining o`z so`zlarida qo`llanadigan lab-lab «v» undoshi so`z oxirida ham, jarangsiz undosh ta’sirida ham «f» ga o`tmaydi: ov, birov, ovqat, shavkat kabi. (Bu holat ham orfoepik me’yor sanaladi). 11. Rus tilidan o`zlashtirilgan so`zning ko`pchiligida urg`u erkin bo`ladi, bu hol o`zbek adabiy tili va talaffuziga ham singib bormoqda: atlas, trolleybus, tramvay kabi. 12. O`zbek tilidagi urg`u asosan so`zning oxirgi bo`g`iniga tushadi, ammo ayrim o`zlashgan so`zlarda urg`u so`zning oldingi bo`g`inlarida bo`lishi ham mumkin: hamma, jami, hamisha, afsuski kabi. Bunday holatlardan xabardor bo`lish adabiy talaffuz me’yoriga amal qilish imkonini beradi.
Boshqird tili – boshqird xalqining tili. Turkiy tillar g`arbiy tarmog`ining qipchoq guruhiga kiradi. Boshqird tilida 1 millionga yaqin kishi so`zlashadi (1992 yildagi ma’lumot). Ikkita asosiy shevasi bor: a) janubiy (yurmata); b) sharqiy (quvaqan). Boshqird tili turkiy tillardan tatar tiliga yaqin turadi, faqat talaffuz va qisman grammatik jihatdan farqlanadi. Yozuvi arab (1929- yilgacha), lotin (1929–1939) va kirill (1940- yildan) alifbolari asosida.
Braxma yozuvi – qadimgi bo`g`inli hind yozuvlaridan biri. Eramizdan avvalgi Hindiston va Hindixitoydagi hozirgi ko`pgina yozuvlarga asos bo`lgan. Bu yozuvdagi yodgorliklar buddiylikka oid oliy farmonlar, shoh Ashok (eramizdan avvalgi 272–232) davriga mansub. Bularning ko`pchiligi qoyalarga va ibodatxonalaning ustun va peshtoqlariga o`yib yozilgan. Braxma yozuvining kelib chiqishi aniqlanmagan. Olimlar finikiya, oromiy, janubiy arab yozuvlari uning paydo bo`lishiga ta’sir etgan deb taxmin qilishadi. Shuningdek, u bilan hozircha o`qishga muvaffaq bo`linmagan ko`hna hind yozuvini bog`lashadi. Braxma yozuvi alifbosida 31 bo`g`in belgisi (har bir bo`g`in bir undosh va “a” unlisi dan iborat), yana 4 ta unlini bildiruvchi alohida belgi hamda “ng” tovushini bildiruvchi maxsus ishora (anus vara) mavjud.
Bo`lishli-bo`lishsizlik shakli – harakatning tasdiq yoki inkorini ko`rsatuvchi fe’l shakli.
Fe’llar bo`lishli yoki bo`lishsiz shaklda qo`llanadi: keldi – kelmadiBo`lishli fe’l harakatning tasdig`ini bildiradi, maxsus ko`rsatkichga ega emas: o`qidi, o`qib, o`qigan, o`qishBo`lishsiz fe’l harakatning inkorini bildiradi. -ma shakli bilan hosil qilinadi: o`qimadi, o`qimay, o`qimasdan, o`qimas, o`qimaslik.
Uslubiy belgilari. Fe’llarning bo`lishli yoki bo`lishsiz ekanligi nutqda -ma shaklini qo`llanish-qo`llanmasligi bilan belgilanmaydi. Nutqda bo`lishsizlik kuchsizlanishi yoki bo`lishlilik yo`qolishi mumkin. Mas., Eshitganini aytmay-qo`ymaydi (bo`lishli); Sizni ketkizarmidik (bo`lishsiz); U sho`rlik qanday kunlarni ko`rmadi? (bo`lishli); Olasaaan (bo`lishsiz); Bolani kim sevmaydi? (bo`lishli).
Bo`g`in – so`zning bir nafas zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovush birikmasidan iborat qismi. Mas., otamiz so`zida uch bo`g`in bor: o-ta-miz. Birinchi bo`g`in tovushdan, qolgan ikkitasi tovush birikmasidan iborat. O`zbek tilida bo`g`in unlisiz tuzilmaydi. So`zda qancha unli bo`lsa, shuncha bo`g`in bo`ladi. Bo`g`in sonini aniqlash uchun unlini sanab chiqish kifoya. Bo`g`in dastlab ikki belgi asosida tasniflanadi:
I. Unli yoki undosh bilan tugashiga qarab: a) ochiq bo`g`in; b) yopiq bo`g`in farqlanadi. Unli bilan tugagan yoki faqat unlidan iborat bo`g`in – ochiq bo`g`in: o­na, o­ta, o­pa. Undosh bilan tugagan bo`g`in yopiq bo`g`in deyiladi: mak-tab, rah­bar, shax­mat.
II. Ikki tomonidan undosh bilan o`ralganiga ko`ra: a) berkitilgan bo`g`in; b) berkitilmagan bo`g`in. Unlining ikki tomoni undosh bilan o`ralgan bo`lsa, berkitilgan bo`g`in: daf-tar, San-jar; bir tomonida yoki ikki tomonida ham undosh bo`lmasa, berkitilmagan bo`g`in: so-at, in-sho, o-i-la.
Bir bo`g`in bittadan to`rttagacha, o`zlashma so`zda beshtagacha tovushdan iborat bo`ladi: ona, bosh, tekst. O`zbek tilida bo`g`in ning quyidagi tipi mavjud: 1. Bir unlidan iborat: u (olmosh), e, o (undov so`z). 2. Bir unli va bir undosh: un, uch. 3. Bir unli va ikki undosh: bur, daf­tar. 4. Bir unli va uch undosh: do`st, mard. 5. Bir unli va to`rt undosh: tekst, punkt. Sof o`zbekcha so`z o`zagida uchtagacha bo`g`in bo`lishi mumkin. Boshqa bo`g`in tipi o`zlashma so`zga xos.
O`zbek tilida bo`g`in ajratish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Undan savod o`rgatishda, she’riy vazn o`lchovini belgilashda hamda yozuvda bir satrdan ikkinchi satrga ko`chirishda foydalaniladi.
Tilshunoslikdagi bo`g`in adabiyotshunoslikdagi hijo tushunchasiga har doim ham to`g`ri kelmaydi. Hijo ham arabcha bo`g`in demakdir. She’rdagi so`zning bir nafas zarbi bilan talaffuz etiladigan qismi, ya’ni she’r o`lchovidagi dastlabgi ritmik birlik hijo. Hijo ba’zan bo`g`indan farqli o`laroq undosh tovushning o`zidan ham tuzilishi mumkin.

Yüklə 145,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin