Oʻzbekistonda maktabgacha ta`lim muassasalarining zamonaviy tizimi
Maktabgacha ta`lim muassasalari, faoliyat yoʻnalishiga koʻra, quyidagi turlarga boʻlinadi:
Bolalar yaslisi, bolalar yasli bogʻchasi, bolalar bogʻchasi, uydagi bolalar bogʻchasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).
Maktabgacha tarbiya va boshlangʻich ta`lim mussasasi (bolalar bogʻchasi-maktab).
Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yoʻnalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta`lim muassasalari.
Tarbiya jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi ogʻishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bogʻchasi.
Tibbiyot gigiena, profilaktika va sogʻlomlashtirish, tadbir va proseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sogʻlomlashtirish bogʻchasi.
Birlashtirilgan turdagi bolalar bogʻchasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bogʻchasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sogʻlomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan koʻrinishda kiradi).
Maktabgacha ta`lim muassasasining ish tartibi va u yerda bolalarning boʻlish davomiyligi davlatning maktabgacha ta`lim sifat va darajasiga boʻlgan talablari, nizom, maktabgacha ta`lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta`sischilar tomonidan belgilanadi.
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta`lim muassasalari tashkil qilingan boʻlib, u yerga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta`limni boshqarish va sogʻliqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy- tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Maxsus maktabgacha ta`lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablagʻlari, maxsus maktabgacha ta`lim muassasasida oʻquv-ta`lim va sogʻlomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta`lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta`lim muassasasining boshqaruvi haqidagi toʻliq ma`lumotlar “Maxsus davlat maktabgacha ta`lim muassasasi toʻgʻrisidagi Nizom” da koʻrsatilgan.
Dostları ilə paylaş: |